Kanop ekish muddatlari. Erning 10 sm chuqurlikdagi temperaturasi 160S bo‘lgan vaqt kanop ekishning eng yaxshi muddati bo‘lib hisoblanadi.Er isimasdan ekilganda urug‘ chiqishi hamda yaxshi unib chiqmasligi mumkin.Kanop urug‘i yaxshi ishlanib,normal namlikda va qizigan erga 3-4 sm chuqurlikda ekiladi.Urug‘ning tez unib chiqishini ta`minlash uchun ekishdan oldin urug‘ 5-7 kun issiq havoda yoyib isitiladi.
Kanop o‘simligi ko‘kpoya uchun va urug‘lik har xil muddatlarda ekiladi.Urug‘lik uchun ekilgan kanopning urug‘ini olib bo‘lgandan keyin poyasidan tola ham olinadi.So‘ngi yillarda kanop ekuvchi xo‘jaliklar ko‘kpoya uchun egat oralarini 60 sm qilib bir qatordan (oralig‘ini 10 sm dan) yoki egatlar oralig‘ini 90 sm qilib ikki qatordan (orasini 15-20 sm dan) ekib yaxshi natija olmoqdalar. Ikki qatorlab ekilgan ko‘k kanop poyasida elementar tola yaxshi o‘sadi. Bunday sharoitda elementar tola devori qalin, o‘rtasidagi bo‘shliq esa bir qatorlab ekilganga nisbatan kichik bo‘ladi.
Urug‘lik kanop uchun egat oralig‘ini 60 yoki 90 sm bir qatordan ekish yaxshi natija bermoqda.Kanop hosiliga ta`sir qiluvchi asosiy faktorlardan yana biri ekish muddati va urug‘ ekish normasidir. O‘zbekiston tolali ekinlar tajriba stantsiyasining ma`lumotiga ko‘ra kanop ekishning yaxshi muddati: ko‘kpoya uchun ekishda 10 apreldan 1 maygacha (bahorning issiq kunlari vaqtli boshlanganda 5-7 kun ilgariroq), urug‘lik uchun ekishda esa 1 apreldan 10 aprelgacha.
Ko‘kpoya uchun har gektar erga 25-30 kg , urug‘lik uchastkalarga esa gektariga 8-10 kg urug‘ ekiladi. O‘uddi shu normada ekilganda gektaridan yaxshi texnologik xususiyatga ega bo‘lgan (uzunligi 250 -350 sm, yo‘g‘onligi 7-11) 650-700 ming dona ko‘k poya (190-230 ts /ga ko‘k poya ) yoki 170-200 ming dona urug‘lik kanop olish mumkin.
SHu davrlarda ekilib, yaxshi agrotexnikaviy ishlov berilganda ko‘k poya uchun ekilgan kanop 130-135 kundan 7 so‘ng, ya`ni 15-20 avgustlarda, urug‘lik kanop esa 5-10 sentyabrlarda etiladi.
Kanop o‘simligining navlari. Tolali o‘simliklar markaziy ilmiy-tekshirish instituti (TsNIILV) 1961 yili 5 ta selektsiya stantsiyasida etishtirilgan 33 ta stantsiya navli urug‘larni tekshirishdan o‘tkazdi. Unda quyidagi navlar tekshirildi: Kubanskiy 333; 388676: CHuyskiy 21; 218; Kavkazskiy 881; 1395; O‘zbekiston 13 (1334) va O‘zbekiston 1407. bu navlarni har tomonlama tekshirish shuni ko‘rsatadiki, Kubanskiy 333 (K-333) va 3876 navlari boshqa navlarga qaraganda ancha afzal ekan.SHuning uchun O‘zbekistonda so‘ngra yillargacha shu ikkala navli kanop o‘stirildi.
Kubanskiy 333 (K-333) navli kanopni shimoliy Kavkaz tolali ekinlar tajriba stantsiyasining Butunittifoq institut yaratgan,u 3876 navga qaraganda tezroq o‘sadi.Ko‘kpoya uchun ekilgan kanoppoyaning balandligi 250 dan 350 sm gacha urug‘lik uchun ekilgan poyalarniki esa 400 sm gacha yo‘g‘onligi 10-15 mm ga etadi.Urug‘ ekilgandan to texnikaviy jihatdan pishib olgungacha o‘tgan vegetativ davr 135-140 kun,biologik rivojlanish davri 145-155 kun.Kanoppoya yashil va ba`zan qo‘nQir tusli bo‘ladi. CHanoqlar usti o‘tkir tikanlar bilan qoplangan.CHanoqda o‘rtacha 15-18 dona urug‘ bo‘ladi.Urug‘ birinchi chanoqda 3-5 ta,eng yuqorisida esa 27 tagacha etadi.
Kanop urug‘ qoramtir - kul rang bo‘lib,uzunligi 4-5 mm,eni 2,5-3 mm,qalinligi 1,5-2 mm dir. 1000 dona urug‘ining massasi 24-50 g ga etadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining navlarini tekshirish Davlat komissiyasining ma`lumotiga ko‘ra,K-333 navi poyasining hosili 3876 navining hosiliga qaraganda 4-6% ko‘p bo‘ladi.Lekin urug‘ hosili jihatidan 3876 navi anchagina yaxshi.3876 navi Butunittifoq o‘simlikshunoslik institutining O‘rta Osiyo tajriba stantsiyasida etishtirilgan.O‘sish sharoitiga qarab,poyaning uzunligi 250-300 sm gacha etadi.O‘sish davri texnikaviy jihatdan etilguncha 134-138 kun,biologik etilguncha 140-150 kun.Poyasining rangi yashil va och qo‘nQir.CHanoqlari mayda,etilganda chanoqlari yorilmaydi.1000 dona urug‘ning massasi 20-24 g.Bu navli kanop ko‘k poya uchun ham ekiladi.
So‘ngi yillarda yuqoridagi navlarga qaraganda birmuncha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yangi selektsiya navi:O‘zbekiston 1574 va O‘zbekiston 1503 yaratildi.
Hozirgi deyarli hamma kanop ekuvchi hujayralar shu navlarni ekib, yuqori hosil olmoqdalar.
O‘zbekiston 1574 navi poyasining ko‘ndalang kesimi yumaloq shakli, rangi to‘q-yashil, bargi oddiy, yashil; gulbarg tojisi och binafsha rangga bo‘yalgan.Urug‘i uch qirrali, rangi to‘q-kulrang. 1000 dona urug‘ning massasi 22 dan 24 gacha o‘zgaradi.Ko‘kpoya uchun ekilgan urug‘ ekishdan to yoppasiga gullashgacha bo‘lgan vaqt 114 kun,texnikaviy pishishgacha-136 kun.Urug‘lik uchun ekilgan kanop yagona qilinganda biologik pishishi 136 kunda boshlanadi.Poyada tola miqdori 24%, po‘stloqida esa 53,7%,pishiqligi 31,2 kgk.Poyaning uzunligi 4 m gacha etadi.Xar gektar erdan 202 ts poya,undan esa 26 ts tola olinadi.
O‘zbekiston 1503 ning bargi oddiy; poyasi och yashil rangli, yashil agrotexnikaviy ishlov berib o‘stirilganda uzunligi 5 m ga etadi;guli och sariq rangli,tumshuQi jigarrang -qizil;urug‘i uch qirrali,rangi to‘q kulrang;1000 dona urug‘ning massasi 20 dona 24 g gacha boradi.Poyadagi tola miqdori-24,3%,po‘stloq esa 55,8%;tolaning pishiqligi-31.5 kgk.O‘zbekiston 1574 ga qaraganda gektaridan po‘stloq bo‘yicha 2,6 va tola bo‘yicha 2 ts ko‘proq hosil olinadi.