5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə2/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-ma\'ruza

Kanop o‘simligining tuzilishi.
Kanoppoya bir-biri bilan yondosh turgan alohida hujayralardan iborat bo‘lgan murakkab strukturali o‘simlik. O‘ar qaysi shunday to‘qima xujayralarida yupqa qobiq bo‘lib,u yosh hujayralarda protoplazma,katta yoshli xujayralarda esa sharbat yoki havo bilan to‘lgan bo‘ladi.
Tabiatda juda ko‘p har xil shaklli va hajmli xujayralar uchraydi.SHunga g‘aramay hamma hujayralarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1.PАRENXIMАLI hujayralar - hamma uch tomonga (uzunligiga, eniga va yo‘g‘onligiga) bir xilda o‘sadigan hujayralar.
2.PROZENXIMАLI hujayralar - uchi nayzalashgan,dukka o‘xshash cho‘zilgan hujayralar.
Hamma o‘simlik to‘qimalari hosil qiluvchi to‘qimadan paydo bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimalar poyaning uchi va ildizida, ya`ni o‘sish nuqtasi deb atalgan joyda joylashgan bo‘lib, o‘simlikda birlamchi to‘qimani hosil qiladi.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalardan kelib chiqib, o‘z navbatida ikkilamchi to‘qima deb ataluvchi yangi to‘qimani hosil qilish xususiyatiga ega.
Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalar kambiy deb ataladi.
Birlamchi hosil qiluvchi to‘qimalar tufayli esa eniga o‘sadi (yo‘g‘onlashadi).
Kanoppoyaning tizimi.
Kanoppoya va kanop tolasining strukturasini chuqur ilmiy ravishda 1921 - 25 yillarda M.Magit,1929 - 1934 yillarda А.А.Аrno va E.P.Borshcheva va 1976 - 1978 yillarda N.А.Ordinalar o‘rgandilar.1961 - 1962 yillarda esa E.N.Mixaylova er namligini ko‘k poya tolasining hosil bo‘lishiga ta`sirini o‘rgandi.1960 - 1962 yillarda kanop o‘simligi po‘stloqining strukturasini А.А. Аrno chuqur o‘rganadi.
1978 yilda akademik X.U.Usmonov rahbarligida polimerlar ximiyasining eng yangi metodi - elektron mikroskopiya yordamida po‘stloq tolalari va ularning tuzilishini o‘rganish yuzaga keladi.
Poya to‘qimalarini strukturasini o‘rganishda poyani tashqarisidan markaziga tomon yo‘nalishda qaraladi.
Poya to‘qimalarining miqdori va sifati poyaning pastidan yuqori uchiga qarab o‘zgarib boradi.
Kanoppoyaning birinchi anatomik to‘qimasi po‘st to‘qima bo‘lib,poyaning sirti shu to‘qima bilan o‘ralgan bo‘ladi.Po‘st to‘qima po‘st pardasi 1,epidermis 2 va assimilyatsion parenxima 3 dan iborat.
Po‘st to‘qima mexanikaviy ta`sirlaridan himoyachi rolini bajarib, o‘simlikdan namning tezda bug‘lanib ketishidan va har xil temperatura ta`siridan saqlaydi hamda havo almashinishini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Po‘st to‘qimaning tashqi bir qavati po‘st pardasidan iborat bo‘lib,u suv o‘tkazmaydigan maxsus moysimon modda bilan qoplangan.Bu modda kutikula 1 deb ataladi.Po‘st pardasi va epidermisda teshikchalar (ustida) bo‘lib,ular orqali tashqi muhitdan ichkariga namlik va havo kirib turadi.Po‘st pardasining pastki qismidan ikki-uch qavatli zanjirsimon epidermis 2 hujayralari joylashgan.Epidermis hujayralarda tsellyulozali pardalar bo‘ladi.
Elementar tola.
To‘qimadagi bir-biridan ajralgan yoki dastaga joylagan yagona tola elementar tola deb ataladi.Ximiyaviy jihatdan elementar tola yuqori malekulali polimer modda hisoblanadi.Tola hujayrasining asosiy moddasi tsellyulozadan iborat bo‘lib,u tolaga pishiqlik, egiluvchanlik va elastiklik beradi.
Tola tarkibida tsellyulozadan tashqari pektin,lignin va boshqa moddalar bo‘ladi.Bularning hammasi tsellyulozaning yo‘ldoshi bo‘lib, tolaning qattiqligini oshiradi, pishiqligini kamaytiradi, sifatini pasaytiradi.Elementar tola duk shaklida bo‘lib, o‘rtasi yo‘g‘on va ikki tomoni ingichkalashgan, devori qalinlashgan va o‘rtasida bo‘shliqga ega.Elementar tola uzunligining ko‘ndalang kesim kattaligiga nisbati prozenximalik koeffitsienti deb ataladi.Bu koeffitsient juda katta chegaralarga o‘zgarib turadi.








Kanopning elementar tolasi kalta - 1,5....6,0 mm, o‘rtacha ko‘ndalang kesimi 20 mkm va prozenximalik koeffitsenti 100....150 ga teng.Ular ko‘pqirrali shaklda bo‘lib,dastada zich birlashib turadi.Elementar tola ko‘ndalang kesimlarining ichki tuzilishini elektron mikroskop orqali kuzatilsa,ularda aylana shaklida joylashgan qatlamlarni ko‘rish mumkin.Daraxtdagi yillik xalqalardan farqli ravishda bu o‘sish xalqalari bir yilda emas,balki bir kecha-kunduzda hosil bo‘ladi.SHuning uchun xam ularni “Ko‘ndalang o‘sish xalqalari”deyish mumkin.Elementar tolalarni ximiyaviy jihatdan tekshirish har qaysi elementar tolada 3 ta - birinchi,ikkinchi va uchinchi hujayra devori bo‘lishini ko‘rsatadi. Xujayralarning o‘rtasida bo‘shliq (kanal) bo‘lib,unda hujayra tirikligida protoplazma bo‘ladi.Kanopoyani hosil bo‘lgan elementar tolaning sifati va soni ko‘p faktorlarga:o‘sish va rivojlanishi,yorug‘lik, issiqlik,namlik, oziqa moddalar,selektsiya navi va boshqalarga bog‘liq.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin