5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari


Korxonaning kanop etkazib beruvchi xo‘jaliklar bilan aloqasi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə5/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-ma\'ruza

Korxonaning kanop etkazib beruvchi xo‘jaliklar bilan aloqasi.
Korxonaning xom ashyo etkazib beruvchi xo‘jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomasini tuzadi. SHartnomalar bir yil muddatga tuziladi. SHartnomalar tegishli yilning 1 yanvaridan kechiktirilmay tuziladi. SHartnomaga asosan xo‘jalik ma`lum maydonga kanop ekish va xar bir gektaridan ma`lum miqdorda xosil olishni o‘z zimmasiga oladi. SHartnomada xom ashyo turi,sifati,miqdori,narxi,umumiy qiymati,topshirish muddatlari va punktlari ko‘rsatiladi.
Xo‘jaliklarda agranomlar,brigadirlar va zveno boshliqlari bilan yiQilishlar,seminarlar uyushtirib,tushuntirish ishlari olib borish zarur. Kanop korxonai xodimlari kanop dalalarida poya qaysi maqsadda ekilganiga qarab pishganligini belgilashda ishtirok etadilar. Ko‘kpoyadan po‘stloqini ajratish, uni quritish,navlarga ajratish ishlarida jamoaga yaqindan yordam beradilar.
Xom ashyodan sifatli tola ajratib olish uchun u bir xil xususiyatli bo‘lishi kerak. Xosilning xar qaeridan o‘rib, bir xil partiyadagi xom ashyo xosil qilish mumkin.
Xar bir xo‘jalikka korxona tomonidan eng oldin o‘rilgan kanoppoya va po‘stloqlardan standart namuna tayyorlab beriladi. Poya yoki po‘stloq shu namunalarga asosan navlarga ajratilib,korxonaga topshiriladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamoa xo‘jaligi bilan doimiy aloqada ularning ishini nazorat qilib turish kanop hosildorligini oshirishga va sifatli xom ashyo tayyorlashga imkon beradi.
Korxonaning xom shyo saqlash bazasi.
Korxonaga poya va po‘stloq,odatda,avgust, sentyabr, oktyabr, qisman noyabr oylarida keltiriladi va ular bir qancha oylab,ishlashga yuborilguncha maxsus bazalarda saqlanadi. Xom ashyoni saqlashda ma`lum qoidalarga e`tibor berilmasa,xom ashyo chiriydi va tolaning xususiyati buziladi. SHuning uchun xom ashyoni saqlash usulini To‘g‘ri tanlashning muxim axamiyati bor.Kanop korxonalarida poya yoki po‘stloq ikki usul bilan: usti yopiq shiyponlarda (shoxda) va ochiq joyda saqlanishi mumkin.
Xom ashyoni usti yopiq joyda saqlash uchun uzunligi 64 m, eni 16 m va balandligi 8 m bo‘lgan atrofi ochiq,lekin usti yopiq shiypondan foydalanilsa,juda maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bunday shiyponda 400-500 t gacha po‘stloq yoki poya saqlash mumkin. Undan tashqari,xozir zigirpoya korxonalarida katta o‘lchamli temir-beton shiyponlar keng qo‘llanilmoqda.144x24x8,4 m o‘lchamli shiyponga 2500 t, 90x30x6,5 m o‘lchamli shiyponga esa 1500 t xom ashyo joylanadi. Bunday shiyponlar ko‘pga chidaydi, mahsulot sifatli saqlanadi, xom ashyo bazasining maydoni bir muncha qisqariladi,xom ashyo tashishini mexanizatsiyalashtirishga imkon tugiladi.

-rasm. SHipon.

Kanop korxonalari yil bo‘yi ishlaydigan potok lashgan korxonalariga o‘tishi munosabati bilan shiypon juda ham zarur, chunki yogin sochinli davrlarida usti ochiq joylaridagi po‘stloqlarni ishlashga tashishi qiyin. Undan tashqari, usti ochilib qolgan kanop yomgirda qolgan ketishi xamda uning sifati buzilishi mumkin. SHuning uchun kanop korxonalarida kamida 2 ta shiypon bo‘lishi zarur.


Usti ochiq joyda xom ashyo, odatda g‘aram qilib saqlanadi. Bunday saqlash usuli ko‘p yillik tajribalar asosida mukammalashtirildi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, uncha ko‘p mablag saflanmaydi. O‘zbekiston iqlimi uchun bu usul ancha samarali hisoblanadi. Ilgarilari uzunligi 20 m, eni 8 m va balandligi 8 m g‘aramlar bo‘lardi; shunday g‘aramga 80-100 t gacha poya ketadi. Hozir g‘aramning eni va uzunligi kattalash tirilgan (32x10x8 m), natijada g‘aramga ko‘p xom ashyo ketadi.



-rasm. G‘aramlar.

G‘aramning eni janubdan shimolga qaratib joylashtiriladi. Bunda yong‘ingarchilik natijasida g‘aramning ivigan qismlari yomg‘irdan so‘ng quyosh nurida bir xil quriydi. Ba`zan, g‘aramni joylashtirishda shamol esadigan tomon ham xisobga olinadi. g‘aramning yon tomoni shamol esadigan tomonga qaragan bo‘lishi kerak. SHunda xom ashyo yaxshi quriydi va yaxshi shamollaydi.


Xom ashyoni g‘aramlashdan oldin har bir g‘aram uchun maxsus maydoncha tayyorlash kerak. G‘aramning ost qismidan poyalarni namlanish va chirishdan saqlash uchun g‘aramning supachasi erdan kamida 30 sm ko‘tarilib, atrofiga suv ketadigan 20-30 sm kengliklda ariqchalar qilinadi. G‘aramlar yong‘in xavfsizlik qoidalariga asosan gruppa-gruppa qilib joylashtiriladi. Har qaysi gruppada 4 uya bo‘lib, 4 g‘aram bir uyani tashkil qiladi. Uyadagi g‘aramlarning eni tomonidan oralig‘i 15 m gacha,uzunligi tomonidan esa 30 m ga teng bo‘ladi. Gruppadagi ikki uya g‘aramlari oralig‘i 40 m,gruppalar oralig‘i esa-60 m. Hamma korxona xududi kamida balandligi 1,8 mli devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Xom ashyo qo‘yilgan joydan o‘ralgan chegaragacha masofa 10 m bo‘lishi kerak. SHox va g‘aramlar titish-yuvish mashinalari o‘rnatilgan tsexlarda 50 m uzoqlikda joylashishi kerak.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin