5-ma’ruza mavzu: Kanop o’simligining agrotexnikasi. Tola sifatini baholash prinsiplari. Kanop poyasini tayyorlash va saqlash. Tut ipak qurti pillasi va pilla ipi xususiyatlari. Pillalarni dastlabki ishlash bazalari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/23
tarix03.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-ma\'ruza

Birlamchi va ikkilamchi tolalar.
Kanoppoyaning ko‘ndalang kesimida tolalar tutami bir necha qatlamda joylashadi.Tashqi qatlam birlamchi tola bo‘lib,pastdan yuqoriga cho‘zilgan.Qolgan qatlamdagi tolalar tutami ikkilamchi tola bo‘lib,poyaning uchiga etmaydi.Qatlamlar soni ham poyaning tagidan yuqoriga qarab kamayib boradi.Demak,ikkilamchi tolalar tutamning uzunligi har xil bo‘ladi.Eng uzun tola tutami birlamchi bo‘lib,ikkilamchi tola tutami esa har xil uzunlikda hamda qatlamlar soni ham har xil bo‘lib joylashgan.Eng qisqasi eng ichkarisidagi qatlamdir (6).Kanoppoyada ikkilamchi tolalar tutami juda o‘sgan:bosh qa tolali o‘simliklarning ikkilamchi tutamiga qaraganda uzun va ko‘p bo‘ladi.
Tolaning pishiqligi hosilni yig‘ish muddatiga bog‘liq. Ilgariroq yig‘ilgan poya tolasining pishiqligi kam bo‘ladi, kechroq yig‘ilib olingan sari pishiqligi ortib boradi.Kanop poyasida 24% gacha tola bo‘ladi.
Birlamchi va ikkilamchi tola dastasining uzunligi bo‘yicha pishiqligi,kgk hisobida (poyaning uzunligi 2,9 m,yo‘g‘onligi - 9,1 mm).
Kanop o‘simligining o‘sish sharoiti.
Kanopning yaxshi o‘sishi olib borilgan agrotexnikaviy tadbirlarga, iqlim va tuproq sharoitiga, ishlov berishga bog‘liqdir.To‘g‘ri oziqlantirish, yorug‘lik, issiqlik va namlik kanopning yaxshi o‘sishida asosiy omillardir.Kanop tolasining sifatigi poyaning uzunligi va yo‘g‘onligi bo‘yicha bir xilligi katta ta`sir qiladi.Poyaning bir xiligi birinchi navbatda, kanopning ekilish zichligi, mineral o‘g‘itlar solish normasi,o‘simlikning kasallanishining oldini olish va zararli hashoratlardan saqlash hamda sug‘orish ishlarini To‘g‘ri tashkil qilish orqali tartibga solinadi.
Kanop o‘sish davrida azod, fosfor va kaliy elementlaridan iborat mineral moddalar bilan oziqlantiriladi.Bunday moddalarga boy o‘g‘itlarni o‘z vaqtida ma`lum miqdorda berib turish kanop ekinini yaxshi etiltiradi hamda hosilni oshiradi.Tajribalarni ko‘rsatishicha,mineral o‘g‘itlarni berish yillik normasini erning strukturasiga qarab quyidagicha belgilash maqsadga muvofiqdir. Ko‘kpoya uchun ekil- gan kanop dalasiga gektariga 220 - 250 kg azot,150 - 190 kg fosfor va 90 - 120 kg kaliy berilganda yuqori ko‘kpoya hosili olinadi.Urug‘lik uchun ekilgan kanop uchun esa bir gektar erga 150 kg azot,150 kg fosfor va 120 kg kaliy berilganda yuqori hosil olish mumkin.
O‘avo temperaturasi oshgan sari kanop tez o‘sadi va yaxshi rivojlanadi.Kanopning umumiy o‘sish davrida hammasi bo‘lib 2950 - 31000S.issiqlik talab qilinadi.
Kanop o‘simligi qancha ko‘p yorug‘lik tushsa shuncha yaxshi rivojlanadi,ko‘p gullaydi va mo‘l urug‘ tugadi,poya ko‘proq shoxlaydi.Tolasi uchun ekiladigan kanop qalin ekiladi.Bunda poya qalin va tik o‘sadi,chanoqlar poya uchidagina hosil bo‘ladi.
Kanop o‘simligi To‘g‘ri va o‘z vaqtida sug‘orilganida yaxshi o‘sadi va sifatli tola hosil qiladi.Kam suv ichganda bo‘yiga o‘sishi sekinlashadi,po‘stloqda tola hosil bo‘lishi kamayadi.Natijada o‘simlikning tolasi uncha pishiq bo‘lmaydi,sifati pasayadi hamda hosil kamayadi.Tuproq sharoitiga va o‘simlikning tashqi ko‘rinishiga qarab kanopning o‘sishi davrida uni quyidagi norma va vaqtda (rejimda) sug‘orish tavsiya etiladi: a) ko‘k poya uchun ekilganda,agar sizot suvi uzoqda bo‘lganda har bir gektar erga 1000 -1300 m kub hisobidan 6-7 marta sug‘oriladi.Iyul va avgust oyining birinchi yarmida sug‘orish oralig‘i 10-12 kun,qolgan oylarda esa 15-20 kun bo‘lib taxminan har gektar erga o‘sish davrida 8000-9000 m kub suv beriladi; b) sizot suvlari er sathidan 0,9-1,2 m chuqurlikda bo‘lganda gektariga 900-1100 m kub hisobidan 5-6 marta sug‘oriladi.Iyul va avgust oyining birinchi yarmida sug‘orish oralig‘i 12-14 kun,boshqa oylarda 20-25 kun bo‘lib sug‘orish normasi 7000-7200 m kub/ga.
Undan tashqari, hosilni yig‘ishdan 7-10 kun ilgari 800-900 m kub/ga normada sug‘oriladi.Bu sug‘orish po‘stloq ajratishni osonlash- tiradi. Po‘stloqda qoldiq yog‘ochlik kamayadi.
Urug‘lik uchun ekilgan kanop sizot suvining yaqin va uzoq joylashiga qarab,har gektar erga 3,5-4,4 ming m kub hisobidan 3-4marta sug‘oriladi.
Kanop o‘simligi er tanlamaydi.Bo‘z tuproq,jigarrang tuproq, o‘tloq-to‘qay va to‘qayli tuproqlarda ham o‘saveradi.Unga oziqa, issiqlik va nam etarli bo‘lsa bas.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin