Presslab toy qilish va saqlash (RP-5,RP-5U, GPV-1)
Kanop fabrikasiga yuborish
Tabiiy ipak jonvorlardan olinadigan to‘qimachilik xomashyosi hisoblanadi. U bo‘g‘imoyoqlilar tipi va hashorotlar sinfiga mansub bo‘lib, ipak qurtining ipak ajratuvchi bezi mahsulidir. Ipakchilik sanoati moziyga borib taqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda, pilladan ipak chuvib olish eramizdan avvalgi III minginchi yillikda Xitoy imperatori Xoangtining rafiqasi Si Lingchi tomonidan tasodifan ochilgan. Issiq choy ichiga tushgan pilladan bir oz vaqt o‘tgandan keyin unda uzun ingichka ipak iplari paydo bo‘layotganini ko‘rgan malika pilladan ip ajratib olish mumkinligini bilib qoladi va qizi Luichen bilan birgalikda eramizdan avvalgi 2698 yilda pillalarni chuvish bo‘yicha ish boshlaydilar. Shu sababli ham Si Lingchini o‘limidan so‘ng ipakchilik homiysi va asoschisi deb atashgan. SHu vaqtdan boshlab Xitoyda ipakchilik kеng rivojlana boshlagan va u doimo davlatning diqqat markazida bo‘lgan, sir saqlangan. Mamlakatdan tashqariga pilla olib chiqqanlar o‘limga mahkum etilgan. Biroq eramizdan avvalgi I-II ming yillikda qo‘shni rivojlangan davlatlar bilan aloqa o‘rnatishga kirishiladi va shuning natijasida qadimgi dunyoning katta davlatlari Rim va Xitoy o‘rtasida dastlabki munosabatlar uchun yo‘l ochib berildi.
Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydan ipakchilik Koreyaga, u erdan yaponiyaga va Eronga, shundan so‘ng Osiyo davlatlari, Afrika va Еvropa davlatlariga tarqagan. O‘rta Osiyoga esa G‘arbiy Turkmanistondan va Eron orqali ipakchilik kirib kelgan. Lekin oxirgi yillar ma’lumotiga ko‘ra ipakchilik va ipak ishlab chiqarish eramizdan avvalgi bir necha ming yillar oldin mavjud bo‘lib, mustaqil ravishda rivojlangan dеgan isbotlar keltirilmoqda.
Pilla va ipak ishlab chiqarish, uni qata ishlash O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy an’anaviy milliy hunardmandchiligi bo‘lib, xususan, mamlakat hududida Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasida kеng rivojlangan.
Qadim o‘tmishda tabiiy ipakdan, qo‘l dastgohlarida ipak matolari to‘qilgan.
Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilgan ipak matolarining mavqei Hindiston, Misr, Eron, Evropa mamlakatlarida yuksak baholangan. XX asr boshlarida pilla etishtirilishiga qaramay sanoat ko‘rinishidagi ipakchilik korxonalari bo‘lmagan.
1919 yilda O‘rta Osiyoda ipakchilik sanoatini tashkil qilish uchun «Turk ipak», so‘ngra «O‘rta Osiyo ipagi» hissadorlik jamoasi tashkil qilindi. Bu jamoa, urug‘chilik zavodlari, ipak qurti ozuqasi tutchilikni rivojlantirishda pillakashlik korxonalarini ishga tushirishga katta hissa qo‘shdi.
Birinchi pillakashlik fabrikasi 1921 yil Farg‘onada qurilib, ishga tushirildi. Bu fabrika 38 ta mexanik pilla chuvish dastgohiga ega edi. Xuddi shunday korxonalar 1927 yil Samarqandda, 1928 Buxoroda, so‘ngra Marg‘ilon shahrida ishga tushirildi. Keyinchalik yuqorida ko‘rsatilgan korxonalar iqtisodiy samaradorlik hisobiga kеngaytirildi va qayta qurildi.
1959 yilda Toshkent pillakashlik fabrikasi, keyinchalik 80-85 yilllarda Urganch, Shahrisabz, Namangan, Buloqboshi, Uychi, G‘ishduvon, Sho‘rchi pillakashlik korxonalari ishga tushdi.
Ipakchilik xomashyo manbasining ko‘payishi pillakashlik korxonalarini quvvatini oshishiga sabab bo‘ldi. Ma’lum davr korxonalarda mexanik dastgohlar qo‘llanilgan bo‘lsa, fan texnika rivoji avtomat pilla chuvish dastgohlarini yaratilishiga va ularni ishlab chiqarishga tadbiq qilinishiga olib keldi. Hozirgi davrda pilla chuvish dastgohlarini 74 % ni avtomatlar tashkil qiladi. Urganch, Shahrisabz, Marg‘ilon, Namangan, Buloqboshi korxonalarida yapon pilla chuvish avtomatlari ishlab chiqishga tadbiq qilingan.
Ipakchilik sanoati O‘zbekistonda asosiy sanoat sohalaridan biri bo‘lib, to‘quvchilik korxonalariga xomashyo tayyorlaydi. Ipakchilik sanoatining asosiy mahsulotlariga: Tut ipak qurti pillasi; Pilladan chuvib olingan xom ipak (1,56; 1,86; 2,33; 3,23; 4,56 teks yo‘g‘onlikdagi) assortimentlari; eshilgan ipak iplari (jarrohlik, tikuv iplari); Shakldor ipak iplari; Yigirilgan ipak iplari; Maxsus sohalar uchun (elektrotexnika, harbiy, kosmos) tayyorlangan ipak iplari.
Shoyi to‘qish sanoati asosan, ipak gazlamalar (xon atlas, krepdeshin, krepjorjet va shifon, tasma, gilam) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.