Yodgorlik- mamlakat, xalq madaniy merosining bir boʻlagidir. Uning tarkibiga muzeylarda namoyish etiladigan tarixiy va madaniy yodgorliklar hamda qoʻzgʻalmas (bino va boshqa) yodgorliklar kiradi. Umumiy xususiyatlariga koʻra, arxeologik, tarixiy, meʼmoriy va mahobatli sanʼat yodgorliklariga boʻlinadi, shuningdek, tarixiy badiiy qimmatga ega boʻlgan yozma yodgorliklar ham unga taalluqlidir. Tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash vazifasi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, u maʼnaviy tarbiyaning asosiy qismini tashkil qidali.
Yog`- turli xilk o`simliklarning mevasidan olinadi. Yog` turli maqsadlarda ishlatiladi. Iste`mol qilinadigan yog`lar asosan, paxta chigiti, kungaboqar urug`i, zig`r kabi o`simliklardan olinadi.
Yog`in- bulutlardan yog‘adigan yoki havoda suv bug`larining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o‘simliklar sirtiga tushadigan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg‘ir, qor, ho‘l qor va muz donachalari, do‘l va hokazo yog‘adi. Havodagi suv bug‘laridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil bo‘ladi. O‘ta sovigan yomg`ir, tuman yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davomli va o‘rtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yog‘uvchi yog‘inlarga ajratiladi. Davomli va o‘rtacha tezlikda yog‘uvchi yogʻinlari qatlamli yomg‘ir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yog‘adi. Jala bo‘lib yogadigan yogʻinlari yomg‘irli to‘p bulutlardan yirik tomchi yoki pag‘a-pag‘a qor, mayda muz donachalari, yezda esa do‘l shaklida yog‘adi, to`satdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda to`xtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda o‘tadi. Mayda shivalab yog‘uvchi yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yog‘adi. Yog‘inlar tekisliklarning katta qismida, tog‘ oldi va ba’zi tog`li hududlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng ko‘p yog‘adi. Shimoliy va baland tog`li hududlarda esa eng ko‘p yog‘ingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yozda faqat tog`li hududlardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxirasini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega.