Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə278/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Zeb-ziynat-zargarlik san`atida yaratilgan bezak buyumlari, taqinchoqlar. Zeb-ziynat ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib ko`rsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va boshqalardan yasalib, javohirlar (qimmatbaho toshlar) qo`yib bezatiladi. Taqilishiga ko`ra bosh (tillaqosh), bo`yin-ko`krak (marjon va marvaridlar), quloq-burun (isirg`a) va qo`l (uzuk, bilakuzuk) kabi turlarga bo`linadi.
Zinapoya- bino va inshootlarning yuqoriga chiqib pastga tushiladigan pogʻonali qismi. Vazifasiga qarab zinapoyalarning har xili boʻladi. Asosiy zinapoyadan — qavatlarga chiqib tushiladi. Yordamchi zinapoya — yongʻin, suv toshqini, taʼmirlash ishlari vaqtida kerak boʻladi. Qoʻshimcha zinapoyadan — yertoʻlaga tushiladi, chordoqqa chiqiladi. Zinapoyalar bino va inshootlarni bezaydigan meʼmorlik element ham hisoblanadi. U istirohat bogʻlari, ochiq maydonlarga ham koʻrk berib turadi. Yodgorliklar poyiga ham zinapoya qilinadi. Zinapoyalar gʻishtdan, temirbetondan, taxtadan, metaldan qilinishi mumkin. Gʻishtin va temirbeton zinapoyalar sirti koshinlar va marmar bilan qoplanadi. Eskalator zinapoyalari dvigatel yordamida harakatlanib turadi.
Zira- ko`pyillik, xushbo`y ziravor o`simlik. Ziraning bo`yi 40 – 60 sm bo`ladi. Ildizi tugunakli. Zira O`zbekistonning adirlari va tog` yonbag`irlarida o`sadi. Uning urug`I mayda va xushbo`y. ziradan ziravor sifatida keng foydalaniladi.
Zirk-(Berberis) bo‘yi 3-4 m gacha yetadigan tikanli buta. Tikanlari oddiy yoki uch bo‘lakli bo`ladi. Barglari teskari tuxumsimon, cho‘zinchoq yoki ellipsimon, qalin, tekis yoki tishsimon bo‘lib, poyasi va shoxlarida bandi bilan ketma-ket joylashgan. Sariq rangli gullari oddiy, shoxlangan yoki g‘ovaksimon shingilga to‘plangan. Mevasi - cho‘ziq, cho‘ziq ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, qora, binafsha yoki to‘q-qizil rangli, nordon, ko‘p urugli, sershira rezavor meva. Zirk turlari Markaziy Osiyo tog`larining o‘rta va pastki qismida tosh-tog‘ qiyaliklarida, soylar yoqasida va archazorlarda o‘sadi. Markaziy Osiyoda 8 ta zirk turlari tarqalgan, ularning O‘zbekiston florasida 3 turi tarqalgan va xalq tabobatida keng qoilaniladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin