Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/7
tarix20.07.2020
ölçüsü1,79 Mb.
#32234
  1   2   3   4   5   6   7
malumot

Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish

28.03.2020



0

64

Gullari turlicha shakl va rangli gul- qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega bo‘lgan, urug‘tangandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar gulli o‘simliklar deyiladi (6-rasm).



6-rasm. Gulli o‘simlik – g‘o‘za: 1-umumiy ko‘rinishi; 2-guli; 3-ko‘sagi; ^-ochilgan ko‘sagi.

Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.

Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘- lardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi.

O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- lanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda (7-rasm).



7-rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklar: 1- nepentes (kuvacha); 2- drosera.

Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. O‘simliklarning xilma-xilt igini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.

Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar, mar- kazida esa urug‘chi joylashadi.

Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan). Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.

Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan.

BO'LIM. MAGNOLIYATOIFA YOKI GULLI O'SIMLIKLAR.

2. GULLI O'SIMLIKLARNMNG KELIB CHIQISHI.

3. GULLI O'SIMLIKLAR KLASSIFIKASIYASI.


MAGNOLIYATOIFA (Magnoliophyta) - GULLI YOKI YOPIK URUG'LI O'SIMLIKLAR

Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250000 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va sporali yuksak o'simliklarni birga qo'shib xisoblaganda ham, gulli o'simliklar ustunlik qiladi. Gulli o'simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar qoplamida muhim rol o'ynaydi.

Gulli (yopik urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' ko'rtaklari mevachi barglar bilan qoplangan. Yopik urug'li o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noqo'lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta'siridan va xayvonlardan) ximoya qilinadi.

Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o'ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning qo'shilib o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopik urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo'qolib ketib, spermalar vujudga kelgan. Yopik urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda qo'sh urug'lanish mavjud. qo'sh urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani murtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi.




GULLI O'SIMLIKLARNING CHIQIB KELISHI.

Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yuk. Shu bone, gulli o'simliklar kachon va qayerda paydo bo'lgan va eng kadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari qaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha gulli o'simliklar bur davrida paydo bo'lgan deb karalmokda. Bu fikrni tasdiklovchi bir qator dalillar mavjud. Demak gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan. Ayrim olimlar gulli o'simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo'lgan deb xisoblaydilar.

Gulli o'simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.


  1. Monofilitik yo'l bilan gulli o'simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqkan deyiladi. (Akad.A.L.Taxtadjyan).


  2. Polifilitik yo'l bilan esa gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas balki, bir nechta kadimiy turlardan kelib chiqkan.


Ingliz botanigi R.Melvilla fikrcha gulli o'simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chiqkan. Bu jarayon urug'li paporoniklargacha davom etib, permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga Gondvan xududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashxur rus botanigi akademik A.L.Taxtadjyan dastlab gulli o'simliklar Janubiy Sharkiy Osiyoda paydo blgan deb karaydi, chunki eng kadimiy oddiy to'zilishga ega bo'lgan gulli o'simliklar shu rigionda uchraydi. Amerikalik olim D.J.Stebbins fikricha dastlabki gulli o'simliklar tez o'sadigan quruqlik xududlarda o'sishga mosashgan ikki urug' pallalilarni o'z ichiga olgan. Bir urug' pallalilar esa suv xavzalarida va soy buylarida o'sgan. Gulli o'simliklar ko'pchilik olimlarning fikriga Karaganda eng sodda to'zilishiga ega bo'lgan butasimon ochiq urug'li o'simliklardan kelib chiqkan. Gulli o'simliklarning qoldiqlari bur davridagi yotkiziklardan topilgan. Lyokin Paleozoy va mezozoy erasida o'sgan ochiq urug'lilarning ayrim belgilari gulli o'simliklarnikiga uxshash bo'lgan. Buni usha davrga xos bo'lgan qazilma holda topilgan materiallar tasdiklamokda. Dastlabki gulli o'simliklarda chang donasi bir poradan (teshikcha) iborat bo'lib, xuddi qirqqo'loq (paporotnik) larning sporasiga va urug'li o'simliklarning changiga uxshash bo'lgan.

Dastlabki gulli o'simliklarda, ya'ni hamma bir urug'pallali va premitiv (sodda) to'zilishga ega bo'lgan ikki urug'pallali o'simliklarning changchilari uxshash bo'lgan. Bundan 120 mln.yil oldin o'sgan gulli o'simliklarda chang 3 porali, ya'ni ikki urug' pallalilarga uxshash bo'lgan. Bundan taxminan 80-90 mln. yil oldin o'sgan yopik urug'li o'simliklar Yer yuzida xukmronlik kilgan.

Gulli o'simliklarning kadimiy vakillarini topish uchun qazilma holda topilgan urug'li o'simliklar asos qilib olingan. Shuningdek, ularning bir-biri bilan bog'liqligi urganila boshlandi. Bu esa ularning filogeniyasini yanada yaxshirok urganish imkonini berdi.

Ta'kidlash joizki, ayniqsa, qirqqo'loqlar (paporotniklar), sagovniklar va qarag'aylarda gulli o'simliklarga xos ba'zi bir belgilarni ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarning filogeniyasini urganishda urug'li qirqqo'loqlar, bennetgitlar va boshqa igna bargli o'simliklarning roli ham katta. Sagovniklar bilan qarag'aylarda yog'ochlik ksilema, traxeid shaklida, ikkilamchi yug'onlashishga ega va urug'lari orqali ko'payadi. Demak, yog'ochlik esa 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.

Qirqqo'loq (paparotniklar) da faqat traxeidlar mavjud bo'lib, yog'ochlik va smola yukllari esa atigi 50 mln yil oldin vujudga kelgan. Hu sababdan bo'lsa kerak, traxeidlarga yog'ochlik va smola yo'llarning gomologi deb karaladi.

Sagovniklar bilan qarag'aylarning qubbalari tashqi ko'rinishidan uxshash bo'lsada, kelib chiqish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan: sagovniklarning qubbasi shakli uzgargan barg bo'lsa, qarag'aylarning qubbasi juda murakkab to'zilishga ega. Shu sababdan bo'larni analogii organlar deb atash mumkin.

1859 yilda CH.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning paydo bulishi» nomli asari vujudga kelishi bilan, olimlar evolyusion tizim (sistema) to'zishga bel bogladilar. Bu borada yirik nemis botanigi A.Engler katta ish qiladi. Engler morfologik belgilar evolyusiyasiga aloxida e'tibor beradi. Uning fikricha eng sodda (primativ) gul, gulqurg'onisiz va bir jinsli bo'lgan.

1875 yili nemis botanigi A.Braun primetiv belgiga ega bo'lgan o'simlikning guli gulqurg'onli, yirik va ikki jinsli bo'lgan deydi. Bunta misol qilib magnoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo'lgan deb xisoblaydi. Bu fikrni ko'pchilik olimlar qo'llab-quvvatlaydi. Nemis botanigi X.Gallir (1912) va Amerikalik CH.Bessi (1915) Ayiqtovonnamolarni kadimiy o'simlik deb karaydilar. Gallir va Bessi tizimi (sistemalari) asosida yirik ingliz olimi D.J.Xatchinson (1926«4936) o'z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.

Akademik A.L,Taxtadjyan ham shu fikr asosida o'z sistemasini tuzadi. Lyokin ayrim botanirlar masalan, R.Dalo'ren gulli o'simliklar qandaydir yuk bo'lib ketgan yana ham soddarok o'simliklardan kelib chiqkan, magnoliyalar esa ulardan keyin paydo bo'lgan, deb tushuntiradi. Lyokin hozirgacha gulli o'simliklarning kelib chiqishi masalasi o'zil-kesil xal qilinmagan. Shu sababdan gulli o'simliklar haqida to'zilgan tizimlar (sistema) 20 ta dan ortib ketdi.

Gulli o'simliklarning kelib chiqishi to'g'risida asosan 3 ta nazariya mavjud.

1. Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari

R. Vettshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha, eng kadimiy sodda to'zilishga ega bo'lgan, o'simliklarning gullari bir jinsli, gul kurgoni ddiy yoki gul kurgonsiz bo'lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o'simliklarga misol qilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.


  1. Ikkinchi-strobilyar nazariya 1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug'lilarning vakili bennettitlarning qoldiqlari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo'lgan. Unga ko'ra bennettitlarning strobillaridan gul paydo bo'lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariya bo'yicha, strobillardan xosil bo'lgan gul ikki jinsli, gulqurg'onli bo'lib, xasharotar vositasida changlangan. Unga misol kiib, magnoliyalarni olish mumkin. Nemis botanigi X.Gallir (1912), ingliz olimlari, A.Arber, D.Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari xisoblanadi.


  2. Tellom nazariyasining asoschisi nemis olimi V.Simmerman (1959) eng kadimiy gulli o'simliklar psilofitlarning tellomidan kelib chiqkan deydi.


1. Ikki urug'pallalilar 429 oila, 10000 turkum, 190000 to'rni o'z ichiga oladi va ular 8 ta sinf (ajdod) chaga bo'lib urganiladi. Masalan:




  1. Magnoliyakabilar sinfchasi


  2. Ayiqtovonkabilar sinfchasi


  3. Chinnigulkabilar sinfchasi


  4. Temirdaraxtkabilar sinfchasi


  5. Dillenilkabilar sinfchasi


  6. Ra'nokabilar sinfchasi


  7. Yalpizkabilar sinfchasi


  8. qoqiutkabilar sinfchasi


II. Vir urug' pallali o'simliklar sinfi 65 oila, 3000 turkum, 60000 turdan iborat bo'lib o'z navbatida 4 ta sinfchaga bo'linadi. Masalan;




  1. Buldurukutkabilar


  2. Lolakabilar.


  3. Palmakabilar.


  4. Triuridkabilar.


Gulli o'simliklarning asosiy evolyusion yo'nalishlari qo'yidagicha sodir bo'lgan.




  1. Daraxtlar-butalar-ko'p yillik o'tlar-bir yillik o'tlar. O'tlar ikkilamchi yog'ochlanuvchi o'simliklar.


  2. Tik o'suvchi poyali o'simliklar - yotib, ilashib va chirmashib o'suvchi o'simliklar.


  3. Doim yashil o'simliklar - barglarini to'kuvchi o'simliklar.


  4. Doyra shaklida joylashgan utkazuvchi naylar-tarkok joylashgan naylar.


  5. Tursimon tomirlangan barglar - parallel tomirlangan barglar.


  6. Oddiy, butun barglar-oddiy, bo'lingan barglar-murakkab barglar. Murakkab barglar - ikkilamchi oddiy barglar.


  7. Ketma-ket joylashgan barglar - qarama-qarshi joylashgan barglar.


  8. Tug'ri (aktinomorf gullar-qiyshik (zigomorf)) gullar.


  9. Oddiy, yakka gullar-to'pgullar (Ko'p gullar).


  10. Gul bulaklari noanik (ko'p) gullar-gul bo'lagi kam va aniq sonli gullar.


  11. Qush gulqurg'onli gullar-oddiy gulqurg'onli yoki gulqurg'onsiz gullar.


  12. Gul bulaklari birlashmagan (erkin) - gul bulaklari qo'shilgan (birlashgan).


  13. Xasharotlar bilan changlanish-shamol yordamida changlanish.


  14. Ikki urug'palali urug'-bir urug'pallali urug'.


  15. Apokarp (tutashmagan) meva-senokarp (tutashgan) meva.


  16. Ko'p sonli changchilar-kam sonli changchilar.


  17. Ikki jinsli gul-bir jinsli gul.


  18. Ko'p urug' ko'rtak-bir urug' ko'rtak.


  19. Ko'p yillik o'simliklar-bir yillik o'simliklar.


Ikki urug' pallali va bir urug' pallalilarning asosiy farqli belgilari quyidagicha. 3-jadvalga karalsin.




Ikki urug' pallalilar

Bir urug' pallalilar


1

Murtagi 2 urug’i pallali urug’pallali

Bir urug’ 1. Murtagi 1-


2

Barglari oddiy va murakkab, aniq oddiy ва, япрокка

Bargli oddiy, bandsiz. ajratilgan


3

Barg yaprog’i to’rsimon yoki panjasimon tomirli.

Barg yaprog’i parallel yoki yoysimon tomirli


4

Poyalari kambiy xisobiga ikkilamchi nishga ega. yo’g’onlashmaydi

Kambiysiz, poyasi




5

Poyabarglari o’tkazuvchi sistema silindr shak sistema poyada tarqoq joylashgan.

O’tkazuvchi poyada


6

Lida joylashgan. Po’stloq va o’zak aniq shakllanmagan

Po’stloq va o’zak shakllanmagan.


7

Yosh ildizcha asosiy (o’q) ildizga aylanib, o’raydi, uning o’rnida kukndan yon ildizlar xosil bo’ladi.

Yosh ildizcha erta quriydi uning o’rnida qo’shimcha ildiz xosil bo’ladi


8

Guli ko’pincha 5, ba’zan 4 a’zoli.

Gulli asosan 3 a’zoli


9

Daraxt, buta yarimbuta va o’t o’simlik ba’zan ikkilamchi yog’ochlanuvchi daraxtsimon o’simlik.

Ko’pincha o’tsimon


10

Chang donachalarining qobig’i asosan donachalarining 3 jo’yakli

Chang qobig’i asosan 1 jo’yakli



O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar aloxida o'rin egallaydi. Ular butun o'simliklar dunyosining yarmidan ko'progini o'z ichiga oladi. Gulli o'simliklar yer sharining deyarli hamma zonalarida uchraydi. Ularni cho'ldan yaylovlargacha bo'lgan joylarda uchratish mumkin.

Gulli o'simliklarning evolyusiyasida oddiydan murakkabga qarab yo'nalishni kuzatish mumkin.

Devon va toshkumir davrida qirqbugimlar, plaunlar va qirqqo'loqlar (paporotniklar) keng tarqalgan va sporali o'simliklar, o'simliklar dunyosida xukmronlik kilgan.

Dastlabki urug'li o'simliklar esa devon davrining oxirlarida paydo bo'lib, mezozoy erasida keng tarqalgan.

Mezozoy erasining oxirlari va bur davrining boshlarida yopik urug'li o'simliklar vujudga kelib, keyinchalik ular yer sharidagi asosiy xukmron o'simlikka aylangan. Umuman yopik urug'li o'simliklarning yoshi taxminan 120-130 mln yilgan to'g'ri keladi.

Yopik urug'li o'simliklarning yer sharida qisqa vaqtda, quruqlikda keng tarqalishiga baxo berib, M.I.Golenkin «Gulli o'simliklar yashash uchun ko'rash goliblaridir» deb ta'rif bergan edi.


REYTING SAVOLLARI.


  1. Gnetsimonlar sinfi nechta qabila va nechta oilaga bo'linadi.


  2. Kizilchadoshlar oilasiga mansub o'simliklar qayerlarda o'sadi, ularning qanday ahamiyati bor.


  3. Velvichiyalar qayerda o'sadi, uning tana tuzilishi qanday.


  4. Ginkchsimonlar sinfiga mansub qayirlarda o'sadi, nima sababdan uni relikt o'simlik deb ataladi.


  5. Igna bargli o'simliklar qanday changlanadi va urug'lanadi. Urg'ochi qubbasining to'zilishini chizib tushuntiring.


  6. Siz yashaydigan tumanda qanday igna bargli o'simliklar uchraydi. Ularning to'zilishi haqida ma'lumot bering.


  7. Kordaitlar qaysi davrda yashagan va ularning filogeniyasi qanday.


  8. Araukariyadoshlar oilasiga kiradigan o'simliklar qayerlarda o'sadi va ularning morfologik to'zilishi qanday.


  9. Volo'hyanamolar va podazamitnamolar qabilalari vakillari haqida nima bilasiz.


  10. Qaragydoshlar oilasiga qanday o'simliklar kiradi va ularning qanday amaliy ahamiyati bor.


  11. Archadoshlar oilasiga mansub qanday turlarni bilasiz. Ular qayerlarda tarqalgan.


  12. Ochiq urug'li o'simliklarning tabiatda va inson hayotidagi rolini tushuntiring.





X MA'RUZA

REJASI



  1. YUKSAK O'SIMLIKLARNING QISQACHA RIVOJLANISHI.


  2. TUR HAQIDA TUSHUNCHA.


  3. RIVOJLANISH TARIXI.



O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI.

O'simliklar sistematikasi biologiyadagi eng qadimgi sohalardan biridir. Albatta bu soha zaruriyat tufayli vujudga kelgan. Hozirgi zamon o'simliklar tizimi (sistemasi) uzoq davom etgan tekshirishlar, kuzatishlar va paleobotanir dalillar asosida shakllangan. Shuni ham aytish kerakki, o'simliklar sistematikasining tasnifini dastlab kishilar turlicha tushungan. Ya'ni o'simliklar ahamiyatiga qarab turli guruhlarga bo'lib urganilgan. Masalan: ozik-ovqat, dorivor, yem-xashak, zaxarli, buyokbop va xokazolar ishlatishga qarab guruhlarga bo'lingan. O'simliklar sistematikasi dastlab mashxur grek olimi Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) o'simliklarni urganish va ko'paytirish bilan shugullanadi. Aristotelning «O'simliklar nazariyasi» nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. U o'z davrida 100 dan ortiq o'simlik turlariga tavsif bergan. O'simliklar sistematikasiga Aristotelning shog'irdi. Teofrast (eramizdan avalgi 371-285 i) asos solgan. U o'simliklarni atroflicha urganib, 10 tomlik «O'simliklarning tabiiy tarixi» nomli asarini yozadi va 450 ga yaqin o'simliklarning hayotiy shakllariga va ekologik xususiyatlariga qarab tuzadi.

U o'simliklarni daraxt, buta, yarim buta va o'tlarga bo'lib urganishni asos qilib oladi. Shuningdek Teofrast madaniy o'simliklarni, tabiiy holda o'suvchi o'simliklardan farqi borligini inobatga oladi. Teofrast yaratgan tizim mazmuniga ko'ra sun'iy tizim edi. Shunday bo'lsa ham bu tizim 1-asrgacha davom etdi. Teofrast shpini Rim oimi Pliniy Starshiy (eramizdan oldingi 79-23 yillar) davom ettirib «Tabiat tarixi» nomli 9 tomli kitob yozadi va uning 6 tomini o'simliklar dunyosiga bag'ishlaydi. Pliniy Starshiy 1000 ga yaqin o'simlik turiga tavsif beradi. Ayniqsa, bu asarda dorivor o'simliklarga keng o'rin berilgan. U o'z ishida 30 ga yaqin olma navlari haqida ma'lumot beradi. Pliniy Starshiy bilan deyarli bir davrda yashagan grek vrachi Dioskarid «Dorivor moddalar» mavzusida yozgan asarida - 600 ga yaqin tur dorivor o'simlikka tavsif bergan. Dioskarid asarlari o'simliklarni tasniflash (klassifikasiya) da prinsipial masalalarni yo'ritishda muhim ahamiyatga ega bulmasa 15 asr davomida eng muhim qo'llanma bo'lib keldi.

O'simliklar to'g'risidagi ma'lumotlar Urta Osiyoda yashagan olimlar asarlarida ham keng bayon etigan.

Muhammad Al-Xoarzmiy (782-847) yilda «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, kitalar, kutblar, ekvator chizigi, gullar, tog'lar, daryolar, urmonlar, qo'llar, o'simliklar haqida ma'lumotlar beradi.

Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) tabiat haqida 33 ta, tabobat bo'yicha 56 ta asar yozgan. Roziy «Al Xoviy» asari hajmi jihatidan, tib konunlaridan katta bo'lgan., uni 15 yilda yozib tugataolmagan, bu asarini uning vafotidan keyin shog'irdlari nixoyasiga yetkazgan.

Abu Nasr Forobiy (870-950) 180 ta asar yozgan. Shulardan 11 tasi tabiatshunoslikga oid bo'lgan.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o'zining «Saydana» nomli asarida dorivor o'simliklarning nomlarini 31 tilda bayon etgan. Bu asar birinchi farmakognoziyaga doyr yirik asar edi. «Saydana» da 1000 ta dorivor usimllikka tavsif berilgan.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozgan, shundan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Asarlari ichida eng mashxuri «Tib konunlari» bo'lib, u 5 jilddan iborat. Bu asardz^Ibn Sino 400 dan ortiq dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Bu asar birinchi marta 1020 yilda nashr qilinadi. XVI asrga kelib kitob 20 marta nashr qilinadi. Umuman Ibn Sino asarlari XVII asrgacha Yevropadagi universitetlar uchun asosiy qo'llanma bo'lgan. Ibn Sino «Tib konunlari» 1954 yilga kelib o'zbek tilida nashr etiddi.

1980 yilda olimning 1000 yillik yubileyi munosabati bilan «Tib konunlari» ikkinchi marta o'zbek tilida nashrdan chiqdi. XVI asrga kelib, o'simliklarga bag'ishlangan asarlar-giyoxnomalar paydo bo'la boshlagan. Giyoxnomalarda asosan dorivor o'simliklar tasvirlanib, ularning mahalliy nomlari va ulardan foydalanish yo'llari yoritila boshlandi.

Un beshinchi asrga kelib o'simliklarga bag'ishlangan asarlar bilan bir qatorda Botanika boglari ham barpo qilina boshlandi. Dastlab universitetlarda dorivor o'simliklar bog'i tashqil etildi. Shunday Botanika boglari Italiya, Germaniya, Fransiya, Golandiya, Angliya, Rossiyada tashqil etila boshlandi.

Petr I ning farmoni bilan Moskvada 1706 yilda dorivor o'simliklar kolleksiyasi tashqil qilinadi. 1805 yilda u Botanika bog'iga aylantirildi 1914 yilda Sankt-Peterburgda dorivor o'simliklar kolleksiyasi tashqil etilib, keyinchalik Botanika bog'iga aylantiriladi. O'zbyokiston Fanlar Akademiyasining Botanika bog'i 1921 yilda barpo etiladi.

Dastlabki ilmiy tizimga(sistemaga) Italiyalik botanir-vrach A.Sezalo'psh (1519-1603) asos soladi. U 1000 tur o'simlikni aniqlab, uni fanga kiritgan. Uning «O'simliklar haqida»(1583), asarida butun usimiklar dunyosini 2 ta bo'limga: !) Daraxt va buta, 2) Yarim buta va o'tlarga ajratadi. Bu bilimlarni meva to'zilishi va ulardagi uyacha hamda urug'larga qarab 15 ta sinfga bo'ladi. A.Sezalo'shn X -sinfga gavzabondoshlar va yalpizdoshlar (labguldoshlar) ni kiritgan bo'lsa, XI sinfga qoqiutdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasini, XV sinfga esa yusinlar, qirqqo'loqlar (paporotniklar), suvo'tlar va zamburug'larni kiritib to'g'ri ish kilgan. Shunday qilib, usimiklar sistematikasining rivojlanishida u katta rol o'ynagan. Lyokin uning tizimi xali kamchiliklardan holi emas edi. Xa, u sun'iy edi. D.Rey (1628-1704) o'zining «O'simliklarning metrdlari» (1682) nomli asarida yuksak o'simliklarning urug'pallasiga katta e'tibor beradi, hamda gulli o'simliklarni ikki urug'pallali va bir urug'pallali sinflarga bulishni birinchi bo'lib taklif qiladi. Shuningdek «O'simliklar tarixi» (1688) nomli asarida tuban o'simliklarni ham sistemalashtirishga harakat qiladi va tur degan tushunchani birinchi bo'lib, fanga olib kiradi. U butun o'simliklarni 33 sinfga bo'ladi.

Fransuz olimi I.Turnefor (1656-1708), ko'p mamlakatlarga (Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Kichchik Osiyoga) sayoxatga chiqib, u yerlardagi o'simliklarni urganadi va o'zining yangi tizimini yaratishda guldagi tojbarglarga aoxida e'tibor beradi. U butun o'simliklar dunyosini daraxt va o'tlarga bo'ladi, hamda 18 sinfga ajratadi. I.Turnefor birinchi bo'lib, turkum (tushunchasini fanga kiritadi).

O'simliklar sistematikasining rivojlanishida Shved olimi (Tabiatshunosi) Karl Linney (1707-1778) ning xizmati benixoya katta bo'lgan. U «O'simliklar turlari» nomli asarida (1753), o'z tizimi (sistemasi) ni ko'payish organlari asosida yaratadi. U barcha o'simliklarni guli (androsey) ga qarab, 24 ta sinfga bo'ladi 1-X sinflarga kiritilgan o'simliklarning changchilari 1-10 tagacha bo'lgan, XI-XII sinflarga 12 dan 20 ta gacha changchilari bo'lgan o'simliklar XIII sinfga changchisi 20 dan ortiq o'simliklar kiritilgan. XIV va XV sinflarga turlicha uzunlikdagi changchilar kirgan. XVI-XX sinfga changchilari turlicha yo'llar bilan uzaro va urug'chi bilan yopishgan o'simliklar kiritilgan. XXI-XXIII sinflarga bir, ikki va ko'p uyli o'simliklar kiritilgan. Oxirgi XXIV sinf yashirin urug'lanuvchi gulsiz o'simliklarni o'z ichiga olgan.

K.Linney sinflarni 116 ta qabila va 1000 ta turkumga bo'lgan U ko'plab tur o'simliklarni fanga kiritgan. K.Linney binar nomenklaturasini joriy qiladi. Ya'ni o'simliklarni qo'sh nom bilan atashda dastlab o'simliklarning turkumini katta xarf bilan undan keyin to'rning nomini kichchik lotincha xarfi bilan yozishni tavsiya etdi. K.Linneyning tizimi ham kamchiliklardan holi emas edi. Xattoki, buni Linneyning o'zi tan olgan. Chunki oltinchi sinfga kiritilgan karam, sholi, piyoz qabilalar sun'iy ravishda birlashtirilgan edi.

Sun'iy tizim (sistema) tanqidga uchragandan keyin, olimlar oldida yangi tabiiy tizimni to'zish zarurati paydo bo'ladi. Bu vazifani fransuz olimi A.Adonson (1727-1806) bajarishga bel boglaydi. U 1763 yilda «O'simliklarning tabiiy oilalari» nomli asarida 58 ta o'simliklar oilasi haqida fikr yuritadi. Lyokin tabiiy tizimning asoschisi Antuan Jyussye (1748-1836) xisoblanadi.

A.Jyussye (1789) «O'simliklar turkumlari» nomli asarida o'simliklar dunyosini 3 ta qatorga ajratadi.




  1. Urug' pallasizlar


  2. Bir urug'pallalilar


  3. Ikki urug'pallalilar


Shuningdek u usimlshsharni 15 ta sinf va 100 ta oilaga bo'lib urganishni tavsiya qiladi. A.Jyussye tizimi tabiiy tizimni yaratshpga qo'shilgan katta xissa bo'lgan. Bu sohada ko'p izlanishlar olib borildi. Masalan, Dekandol o'z tizimida o'simliklarning anatomik to'zilshpiga aloxida e'tibor beradi va o'simliklarni 161 oilaga bo'ladi. Ta'kidaash joizki, bunday tizimlar ko'plab to'zilgan. Birgina gulli o'simliklarning 20 dan ortiq tizimlari mavjud. Tabiiy tizimning takomillashiga J.B.Lamark (1744- 1829) o'zining katta xissasini qo'shdi. U evolyusion nazariyaning birinchi muallifi sifatida maydonga chiqdi.

Mashxur nemis botanigi A.Engler (1844-1930) butun dunyo tan olgan filogenetik tizimni maydonga tashlagan. Bu tizim Englerning, 1887 yilda nashr etilgan asarida bayon etiladi. Bu asar 12 marta nashr etilgan. Engler tizimida barcha o'simliklar dunyosi 17 ta bo'limga ajratiladi. Shundan 13 bo'limi tuban o'simliklarga taallukli bo'lib, 14 chi bo'limi yusinlarni o'z ichiga oladi. 15-bo'lim psilofitlar, psilotlar, plaunlar, qirqbugimlar va qirqqo'loqlarga, 16-bo'lim^ochiq urug'lilarga, oxirgi 17-bo'lim esa yopik urug'lilarga bag'ishla^gan. Filogenetik tizimlardan yana biri Daniyalik botanir YE.Varming va Avstriliyalik botanir R.Vettshteynlarnikidir. R.Vetshteyn o'z tizimida o'simliklar dunyosini 9 ta bo'limga ajratadi. Shundan 8 ta bo'lim tuban o'simliklarga oid bo'lib, 9-bo'lim yuksak o'simliklarni o'z ichiga oladi. Yuksak o'simliklarning filogenetik tizimini yaratishda nemis botanigi V.Semmermaning xizmatlari katta bo'lgan. Uning o'simliklar filogeneyasi (1959) haqida yozilgan asarida o'simliklarni bir necha guruhlarga bo'lib urganish taklif etilgan.

V.Simmerman yuksak o'simliklarning turlarini - teng sporalilarga, har xil sporalilarga va urug'lilarga bo'lib, ularning geologik davrlarda uchrashini foiz xisobida ko'rsatadi. Rossiyada o'simliklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865) katta xissa qo'shadi. U1894-yilda «Tabiat tizimining o'ziga xos kirralari» nomli kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan-murakkabga tomon yo'nalishda borishini va tuban o'simliklardan-yuksak o'simliklar kelib chiqkanligini ta'kidlaydi. P.Goryaninov o'simliklar dunyosini, 12 ta sinf, 48 ta qabila va 187 ta oilaga bo'ladi. Filogenetik sistema to'zishda M.Gorojanin, N.Kuznesov (1914), X.Gallir (1912), A.Vaga, D.Zerov, CH.Bessi (1915), D.J.Xatchinsoy va N.Bushlarning xizmatlari benixoya katta buldi.

Shuningdek filogenetik tizimga bagioshab, A.Kronkvist (1968), R.Dalgren (1880), A.L.Taxtadjyan (1987) kabilar ham qator ilmiy asarlar yaratishdi. A.L.taxtadjyan, A.Kronkvist va V.Simmerman (1966) bilan hamkorlikda yuksak o'simliklarni qo'yidagi bo'limlarga ajratadi.

l.Phyniophyta, 2. Bryophyta, 3. Psilophyta, 4. Lycopodiophyta, 5.

Eguisetophyta, 6. Polypodiophyta, 7. Pinophyta, 8. Magnoliophyta.

1941 yilda taniqli botanir A.L.Taxtadjyan hozirgi psilofitlarni yangi nom bilan psilotlar deb yuritish va uni mustaqil bo'lim sifatida atashni tavsiya qiladi. Hozirgi kunda yuksak o'simliklar qo'yidagi 9 bo'limdan iborat: 1. Phyniophyta 2. Zosterophyta, 3. Bryophyta, 4. Lycopodiophyta, 5. Psilotophyta, 6. Eguisetophyta, 7.Polypodiophyta, 8. Pinophyta, 9. Magnoliophyta.

Qayd etilgan bo'limlar asosida so'nggi yillarda darslik va

Qo'llanmalar yozila boshlandi.

O'simliklar sistemasida tur asosiy sistematik kategoriya xisoblanadi. Karl Linney davrida ham organiq olamni tasnif (klassifikasiya) lashda turkum va tur asosiy sistematik birlik sifatida kqabul qilingan. Lyokin tur to'g'risidagi tushunchani birinchi bo'lib, ingliz olimi D.Rey fanga olib kiradi. Akademik V.L.Komarov tur tushunchasiga geografik nuktai nazardan yondoshadi, u tur cheklangan, muayyan geografik xududdagi nasldir yoki muayyan geografik doirada ko'paytirilgan morfologik birlikdir, deydi.

Akademik V.L.Komarov (1938) bu borada shunday deydi. «Tur bitta ajdoddan tashqi muxit va yashash uchun ko'rash jarayonida boshqa tirik mavjudodlardan ajrab chiqkan nasllar yigindisidir. Shuningdek tur evolyusiya jarayonining ma'lum bir boskichidir» deydi.

Tur to'g'risida ran ketganda qo'yid uxsh agi faktorlarni inobatga olih lozim.


  1. Eng muhim belgilarning ashligi.


  2. Ekologii muxitning uxshashligi.


  3. Areal birligi.


Tur ichida undan ham kichchik toksonomik birlik turcha (kichchik tur), tur xili va formalar bo'ladi. Xar bir turcha ma'lum arayelga ega bo'ladi.



TAKSONOMIK BIRLIKLAR.

Botanirlarning halqaro XI kongressi (1969 yil) da taksonomik birliklarni kattadan kichchikka qarab nomlash tavsiya qilindi.

Botanikadagi asosiy sistematik birliklar qo'yidagilardan iborat: bo'lim-divisio, sinf-(ajdod)-s1az848, qabila -ozdo, oila - familia, bugin - tribus, turkum - genus, seksiya - sectio, tur - species.

Umuman yirik taksonlarni nomlashda turkum nomi oila, qabila, sinf, bo'lim nomlari uchun asos qilib olinadi. Aksariyat oilalarning nomlari turkum nomi bilan ataladi. Masalan: Ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar, magnoliyadoshlar va boshqalar


turkum nomidan olingan. Lyokin ayrim oilalarning nomlari qandaydir sun'iy nomlar bilan atalib kelingan. Masalan: labguldoshlar (Labiatae), dukkakdoshlar (Leguminosae), soyabonguldoshlar (UmbelHfrae), murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar.

Qo'yidagi 8 fa oilaga turkumlarning nomlari asosida berildi.(U.Pratov, T.Odilov, 1995). Shunga ko'ra Apiaceae (Umbelliferae)-ziradoshlar (soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) --qoqiutdoshlar (murakkabguldoshlar), Poaceae (Cramineae) - Bug'doydoshlar (boshoqdoshlar),


Febaceae (Leguminosae) - burchokdoshlar (dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae) -
yalpizdoshlar (labguldoshlar), Brassicaceae (Cruciferae)

Karamdoshlar(krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae)-palmadoshlar (arekadoshlar) deb nomlandi.




REYTING SAVOLLARI.


  1. Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalarni bilasiz.


  2. Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida . I. Golenkin va G. M. Polov nazariyasi


  3. Teofrastning sun'iy sistemasining moxiyati nimada


  4. Dastlabki gulli o'simliklar qayerda bo'lgan va ularning ajdodlari


    qanday to'zilshga ega bo'lgan.
  5. Gulli o'simliklar nechta oila, nechta turkum va nechta turdan iborat.


  6. Gulli o'simliklar nechta sinf va nechta sinfchalarga bo'lib urganiladi.


  7. Karl-Linney sistemasi qanday prinsip asosida to'zilgan.


  8. Gulli o'simliklarning muhim taksonlari haqida nima bilasiz.


  9. Tabiiy sistemaning asoschilari kimlar. U qanday prinsip asosida to'zilgan.


  10. Filoginetik sistema nimaga asoslanadi bu xakda ma'lumot bering.




XI MA'RUZA

REJASI:



  1. SINFCHA (AJDODCHA) MAGNOLIYAKABILAR. IKKI URUG' PALLALILAR.


  2. MAGNOLIYAO'AMOLAR QABILASI.


  3. LAVRNAMOLAR QABILASI


  4. SINFCHA. (AJDODCHA) AYIQTOVONKABILAR.


  5. KO'KNORNAMOLAR QABILASI.


  6. SINF (AJDOD). MAGNOLIYASIMONLAR (MAGNOLIOPSIDA) YOKI IKKI URUG'PALLALILAR (DICOTYLEDONES)

Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan aloxida o'rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod) cha, 128 ta qabila, 429 ta oila, 10000 turkum va taxminan 190000 to'rni o'z ichiga oladi.

Sinf (ajdod) chalar:


  1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae


  2. Ayiqtovonkabilar -Ranunculidae


  3. Chinnigulkabilar - Caryophyllidae


  4. Temirdaraxtkabilar –Hamamilididae


  5. Dilleniyakabilar-Dilleniidae


  6. Ra'nokabilar -Rosidae


  7. Yalpizkabilar (labgullilar) - Lamiidae


  8. Qoqiutkabilar (murakkabgullilar) - AsteridaeG'





SINFCHA (AJDODCHA). MAGNOLIYAKABILAR -MAGNOLHDAE.

Bu sinfchaga 18 ta qabila, 43 ta oila, 340 turkum va 10000 ga yaqin tur kiradi. qo'yida sinfchaning ayrim vakillari bilan tanishib utamiz.

MAGNOLIYANAMOLAR-MAGNOLIALES QABILASI.

Bu qabilaga 3 ta degeneriyadoshlar, magnoliyadoshlar va ximantradoshlar oilalari kiradi.



DEGENERIYADOSHLAR (DEGENERIACEAE) OILASI

Bu oila magnoliyanamolar qabilasining eng qadimgi oilalaridan xisoblanadi. Uning vakillari fidji orolida uchraydi. Eng xarakterli belgisi bu oilaning - changchilari, karpell (meva barglari), chang donachalarining kobigi, urug'i, ogizchasi va utkazuvchi sistemalari sodda (primitiv) to'zilishga ega. Murtagi 3 yoki 4 urug'pallali.

Bu oilaga bitta turkum (DEGENERIA) va bitta tur (D.VITIENSIS) kiradi.

Bu tur 1942 yili Amerikalik botanirlar anatom Irving Beyli va sistematik Albert Smitlar tomonidan kashf qilingan. Degeneriyaning kashf etilishi bu Botanikada katga sensasiya bo'lgan Chunki degeneriyalar eng primetiv gulli o'simlik bo'lib, u yer sharida faqat Fidji orolida uchraydi. Degeneriya baland buyli daraxt bo'lib, tirkishsimon yorilgan pust bilan urulgan. Barglari oddiy, barg yaprogini teng ikkiga bo'lib turuvchi barg tomiri bor. Gullari urtacha kattalikda bo'lib, yakka-yakka holda joylashgan, ikki jinsli, kosacha bargi 3 ta, kichchik, u urug'da saqlanib koladi. Gultoji 12 ta, 3 yoki 4 ta doyra bo'lib joylashgan.

Gultojbarglari gul kosasiga nisbatan ancha yirik, lyokin anatomik to'zilishi jihatidan ular bir-biriga yaqin turadi. Changchilari cheksiz (32 tagacha), 3 qator bo'lib joylashadi. Urug'chisi bitta yoki ikkita mevachi bargdan (karpell) tashqil topgan. Urug'chi
tumshukchasi uncha taraqqiy kilmagan, u asosan tuksimon to'zilishda bo'lib changni ushlab kolishga moslashgan.

Degeneriyalar asosan kungizlar yordamida changlanadi. Shu sababdan degeneriyalar gulida juda ko'p sonda sargish kungir rangli kichkina kungizlarni uchratish mumkin. 16-rasm.

Degeneriya mevasi ancha yirik bo'lib, uning uzunligi 5 sm ga yetadi. Eng kizikarli tomoni degeneriyalar urug'ining murtagi 3 yoki 4 urug'pallalardan iborat.


MAGNOLIYADOSHLAR (MAGNOLIACEAE) OILASI

Bu sila vakillari daraxt va butalardan iborat bo'lib, ularning 12 turkumga mansub, 240 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan Janubi-Sharkiy Osiyoning va Shimoliy Amerikaning Janubi-Garbidagi urmonlarda tarqalgan. Barglari oddiy. Guli to'g'ri, ikki jinsli, gul kurgon bo'laklari 6-12 va undan ham ko'p. Changchi va urug'chilari ko'p. Magnoliyalar doim yashil va bargini tukib turish xususiyatiga ega.

Poyasi ikkilamchi ёg'ochlik mavjud, lyokin traxeya o'rnida traxeidlar bo'ladi. Janubiy Amerikada o'sadigan magnoliyalar doim yashil, Janubiy Osiyoda o'sadiganlari bargini tukadi.

Magnoliya (M.drandiflora) buyi 30 m ga yetadign daraxt. Gullari yirik, kattaligi 10-25 sm ga yetadi. Gul kurgoni 3 qator bo'lib joylashadi. Gultoji 6-12 ta, changchilari ko'p. Magnoliyalar da urug' ko'rtak 6 tagacha bo'ladi. Urug'chisida ustuncha bo'lmaydi, mevasi katta, uzunligi 5-7 sm. (17-rasm). Bu oilaga Lola daraxti (Liriodendron tulipifera) ham kiradi. U buyi 30-40 m li daraxt. Guli lolaning guliga uxshash. Shuning uchun lola daraxti deb nom berilgan. Magnoliya va lola daraxti manzarali daraxt sifatida O'zbyokistonda ko'plab ekiladi.

LAVRNAMOLAR (LAURALES) QABILASI. Bu qabilaga II ta oila kiradi. Ulardan eng yirigi lavrdoshlardir. Qabila vakillari asosan tropik va subtropik xududlarda o'sadi.

LAVRDOSHLAR (1AURACEAE) OILASI. Bu oila 45 ta turkum, 2500-3000 ta to'rni o'z ichiga oladi. Davrlar doim yashil daraxt, buta, ba'zan xlorofillsiz, parazitlik bilan hayot kechiruvchi turlardan iborat.

Lavrlar asosan tropik va subtropik xududlarda o'sadi. Barglari oddiy yoki murakkab, kema-ket yoki qarama-qarshi joylashgan.

Gullari barg qo'ltig'idagi ruvaksimon yoki shingilsimon tupgulda joylashgan, aktinamorf, bir jinsli yoki ikki jinsli mayda,

gul kurgoni oddiy, changchilari 12 ta, 3 qator bo'lib joylashgan, urug'chisi bitta mevachi bargdan iborat. Mevasi danakcha yoki rezavor meva. Bargida efir moylari bor. Ziravor (bargi) sifatida ovqatga ishlatiladi. Madaniy sharoitda oilaning Lauzus nobifis nomli turi ekiladi.

NILUFARNAMOLAR - NUMPHAEALES QABILASI.

Bu qabila 3 ta oilani o'z ichiga oladi. Ular asosan akvarium usimligi xisoblanadi. Bu qabilaning keng tarqalgan oilalaridan biri nilufardoshlar oilasidir.



NILU FAR DOSHLAR (NYMPHAEACEAE) OILASI

Bu oilaga 5 ta turkumga mansub 70 ta tur kiradi. O'zbyokistonda oilaning bitta ok nilufar (Nymphaea Candida) nomli turi qo'llarda o'sadi. Gullari yakka-yakka, ok rangli. Kosachasi 4-(5) ta, gultojibarglari 12 va undan ko'p. Changchisi 20 va undan ko'p. Mevasi rezavorsimon, suv ostida yetiladi.

O'simlikning ildiz poyasida nimfain alkaloidli, oshlovchi moddalar, 20 foiz kraxmal, 5-6 foiz glyukoza, urug'ida 45-47 foiz kraxmal bo'ladi.

Guli kaynatmasi surgi sifatida, sariq kasalligida, uykusizlikda, ildizi kaynatmasi (kandsiz) ichketishga karshi, ildiz poyasi buyrak va siydik pufagi kasalligida ishlatiladi. (18-rasm).

SINFCHA (AJDODCHA) AYIQTOVONkabilar- RANUNCULIDAE

Ayiqtovonkabilar sinfchasi 4 ta qabila, 13 ta oila va 200 taga yaqin turkumga mansub 4000 taga yaqin turlarni birlashtiradi. Ular asosan o'tlardan iborat.

AYIQTOVONNAMOLAR (RANUNCULES) QABILASI

Bu qabilaga mansub o'simliklar asosan ut, ba'zan buta va lianalardan iborat. Barglari oddiy va murakkab yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf. Gulqurg'oni qo'shkurgonli yoki oddiy kurgonli, changchilari ko'p sonli yoki 6 ta (ba'zan 3 ta). Urug'chisi apokarp.

Ayiqtovonnamolar qabilasiga 8 ta oila kiradi. Ular orasida Ayiqtovondoshlar, menispermdoshlar, zirkdoshlar kabi oilalar bor.

Ayiqtovondoshlar - RANUNCULACEAE oilasi.

Bu oilaga 66 ta turkum, 2000 ga yaqin tur kiradi. O'zbyokistonda esa 20 turkumi, 107 tri o'sadi. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o'simliklar asosan ko'p yillik ut va ayrim buta hamda bir yillik o'tlardan iborat. Bu oilaga kiruvchi o'simliklarning barglari oddiy, yonbargchasiz, poyada ketma-ket yoki qarama-qarshi bo'lib joylashadi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf (isfarak va sanchiq o'tlardan tashqarisi).

Ayiqtovon - Ranunculus repens xashorotlar yordamida changlanadi. Mevasi apokarp, ko'p bargakli O'zbyokistonda oilaning urug'ida 1,40 foiz efir moyi saklovchi sedana - Nigella safiva va dorivor isfarak -Delphinium semiborbatum , ok parpi -Aconitum talassicum , sugur ut (Adonis turkerstanica) kabi turlari bor. Ayiqtovondoshlar oilasi 6 ta oilachaga bo'linadi, pgulardan 5 tasining vakillari O'zbyokistonda o'sadi.

Ayiqtovondoshlar oilasining qo'yidagi turlari - Knoring isfaragi (Delphinium knorringianum), Zafarshon parpisi (Aconijum seravschanicum ), ok parpi (Aconitum talassicum), boysun pufanagi (Anemone baissunensis), buxoro pufanagi (Anemone bucharica) cho'zik pufanak (Anemone protracta), tillarang sugurut (Adonis chrysocyathus), tuksiz sugurut (Adonis leiosepala), oltoy trolliusi (Trollius aitaicus), O'zbekeiston Respublikasi Kizil kitobiga kiritilgan (20-rasm).


ZIRKDOSHLAR BERBERIDACEAE OILASI.

Bu oilaning 14 turkumiga mansub 650 taga yaqin turi bo'lib, O'zbyokistonda 3 ta turkumga oid 8 turi o'sadi. Zirklar asosan subtropik va mutadil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan. Ayniqsa, Shimoliy yarim sharlarda zirklar ko'p uchraydi. Zirk barglari oddiy va murakkab bo'ladi. Gullari ikki jinsli, gulkosa va gultoj barglari 6 tadan, changchisi ham 6 ta.

Zirklar tarkibida berberin alkoloidi bo'lib, undan tibbiyotda foydalaniladi. Shuningdek zirk tarkibida saponinlar, organiq kislotalar, kand va buyok moddasi bo'ladi. Kora zirk (Berberis oblonga) dan zirovor sifatida foydalaniladi. Mevasi rezavor meva. 21 -rayem.


SALLAGULDOSHLAR PAEONIACEAE OILASI

Bu sila bitta turkumdan iborat. Unga Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan 35-40 tur kiradi. O'zbyokistonda oilaning Sallagul-deb ataluvchi turi O'zbyokiston «Qizil kitob»iga kiritilgan. Sallagul ildizidan tayyorlangshan kaynatma tabobatda tinchlantiruvchi dori o'rnida ishlatiladi.




KUKNORNAMOLAR PAPAVERALES QABILASI.

Bu qabilaga bir-biriga juda yaqin 3 ta oila: Shotaradoshlar-Fumariaceae, bugimmevadoishar - Niresoaseaye va kuknordoshlar-Papaveraceae kiradi. Bo'lardan eng yirigi kuknordoshlar oilasi bo'lib, unga 24 turkumga oid 250 tatur kiradi. Bu oilaga mansub o'simliklar bir yillik va ko'p yillik o'tlardan iborat. Kuknordoshlarga kiruvchi o'simliklar Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Janubiy Amerikada tarqalgan.

Bu oilaga kiruvchi o'simliklarning barglari odsiy, ketma-ket joylashadi, yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, gul kurgoni qo'sh gulqurg'onli, guli ochilishi bilan kosacha barglari tushib ketadi. Gultoj bargi 4 yoki 5 ta, changchi va urug'chilari cheksiz. Mevasi ko'p urug'li ko'sakcha.

SHOTARADOSHLAR FUMARIACEAE OILASI.

Bu oila morfologik belgilari jihatidan kuknordoshlarga juda yaqin. Lyokin changchisining 6 ta bulishi bilan farq qiladi. Bu oilaga 17 ta turkumga mansub, 470 ta tur kiradi. Barglari asosan ildiz bugizida joylashadi. Gullari shingilsimon tupgulda joylashgan, ikki jinsli, zigomorf, kosachabargi 2 ta, gultojbargi 4 ta, changchisi 6 ta, urug'chisi 2 ta mevachi bargdan iborat. Mevasi ko'sakcha. Ular Urta Osiyo sharoitida baland tog'larda namli yerlarda, eriyotgan kor atroflarida o'sadi. Oilaning Seversov burmakorasi (Corydalis severzowii) va Turkiston shotarachasi (Fumari turkestanica) nomli turlari O'zbyokiston Respublikasi «Kizil kitob» iga kiritilgan.

Mavzu: Gularning kelib chiqishi va tuzulishi Reja: Kirish

Mavzu: Gularning kelib chiqishi va tuzulishi
Reja:
Kirish

  1. Gul qismlarining joylanishlari


  2. Kosacha barglar va ularning vazifasi


  3. Gultoj barglar va ularning vazifasi


  4. Urug’kurtak


  5. Gullash

  6. Changlanish

  7. Urug’lanish




Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Gulli o’simliklarning kelib chiqishi haqida hozircha yagona bir fikr yo’q. Shu bois, gulli o’simliklar qachon va qayerda paydo bo’lgan va eng qadimiy gulli o’simliklarning dastlabki vakillari qaysi o’zimliklar degan savollar paydo bo’lgan. Bu fikrni tasdiqlovchi bir qator dalillar mavjud. Demak, gulli o’simliklar lizozoy erasining trias davrida hattoki, pomozoy erasining perm davrida paydo bo’lgan deb hisoblaydilar.

Gulli o’simliklarning kelib chiqishiga ikki xil fikr mavjud.


    1. Manofilitik yil bilan gulli o’simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqqan deyiladi.


    2. Polifilitik yo’l bilan esa gulli o’simliklar bitta o’simlikdan emas balki, bir necha qadimiy ajdodlardan kelib chiqqan.


Ingliz botanigi R.Melvilla fikricha, gulli o’simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chiqqan. Bu jarayon urug’li paporatniklargacha pelmning oxiri triasning boshlarigacha davom etgan. Unga chondvon hududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashhur rus botanigi A.L.Paxtadjan dastlabki gulli o’simliklar Janubiy- Sharqiy Osiyoda paydo bo’lgan deb qaraydi, chunki eng qadimiy oddiy tuzulishga ega bo’lgan gulli o’simliklar shu regionda uchraydi.Amerikalik olim Dj. Stebins fikricha, dastlabki gulli o’simliklar quruq hududlarda tez o’sishga moslashgan ikki urug’ pallalilarni o’z ichiga olgan, bir urug’ pallalilar esa suv havzalarida va soy bo’ylarida o’sgan.gulli o’simliklar ko’pchillik olimlarning fikriga qaraganda eng soda tuzulishga ega bo’lgan buttasimon ochiq urug’li o’simliklardan kelib chiqqan.Gulli o’simliklarning qoldiqlari bo’r davri yotqiziqlaridan topilgan.Lekin pozamoy va lizazoy

erasida o’sgan ochiq urug’lilarning ayrim belgilari gulli o’simliklarnikiga o’xshash bo’lgan.Buni o’sha davrga xos bo’lgan qozilma xolda topilgan materiallar tasdiqlamoqda. Dastlabki gulli (teshikcha) iborat bo’lib, xuddi qirqquloq (poporotnik) larning sporasiga va urug’li o’simliklarning changiga o’xshash bo’lgan.

Dastlabki gulli o’simliklarda, ya’ni hamma bir urug’ pallali va primitive (soda) tuzulishga ega bo’lgan.Bundan 120 mln. yil oldin o’sgan gulli o’simliklarga chang 3 porali, ya’ni ikki urug’pallalilarnikiga o’xshash bo’lgan.Bundan taxminan 80-90 mln. yil oldin o’sgan yopiq urug’li o’simliklar yer yuzida hukmronlik qilgan.

Gulli o’simliklar qadimiy vakillarini aniqlash uchun qazilma holda topilgan urug’li o’simliklar asos qilib olingan va ularning bir-biri bilan bog’likligi o’rganila boshlagan.Natijada ularning filogeniyasini yanada yaxshiroq o’rganish imkoni yaratildi.

Ta’kidlash joizki, ayniqsa qirqquloqlar (paporotniklar), sagovniklar va qarag’aylarga gulli o’simliklarga xos ba’zi bir belgilarni ko’rish mumkin.gulli o’simliklarning filogeniyasini o’rganishda urug’li qirqquloqlar benettitlar va boshqa nina bargli o’simliklarning roli ham benihoyat katta. Sagovniklar bilan qarag’aylar ikkilamchi yo’g’anlashishiga ega va urug’lari orqali ko’payadi.demak, yog’ochlik ega 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.Sagovniklar bilan qarag’aylarning qubbalari tashqi ko’rinishidan o’xshash bo’lsada, kelib chiqish jihatidan bir-biridan farq qiladi.masalan: sagovniklarning qubbasi shakli o’zgargan barg bo’lsa, qarag’aylarning qubbasi judda murakkab tuzulishga ega, shu sababdan bularni analogik organlar deb atash mumkin.

1859 yilda Ch.Darvinning “tabiiy tanlash yo’li bilan turlarning paydo bo’lish” nomli asari vujudga kelish bilan, olimlar evolutsion

tuzulishi(sistema) tuzulishiga bel bog’ladilar.Bu borada yirik nemis botanigi A.Englaerkatta ish qiladi. Engler marfologik belgilar evolutsiasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, eng soda (primitiv) gul, gulqo’rg’onsiz va bir jinsli bo’lgan.

1875 yili nemis botanigi A.Brauk primitive belgiga ega bo’lgan o’simliklarni gulli gulqo’rg’onli, yirik va ikki jinsli bo’lgan deydi va bunga misol kelib magnoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo’lgan deb hisoblaydi.bu fikrni ko’pchilik olimlar qo’llab- quvvatlaydi, nemis botanigi X.Galler(1912) va merikallik CH.Bessi(1915) ayiqtovonnomalar qadimiy o’simliklar deb qaraydilar. Galler va Bessi tizim (system) lari asosida yirik ingliz olimi Dj.Xaychinson (1926-1936) o’z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.

Akademik A.L.Tajdyadjan ham shu fikr asosida o’z sirtemasini tuzatadi.Lekin ayrim botaniklar masalan, R.Daligen gulli o’simliklar qandaydir yo’q bo’lib ketgan yanada soddaroq o’simliklardan kelib chiqqan, magnomiyalar esa ulardan keyen paydo bo’lgan deb tushuntiriladi. Lekin hozirgacha gulli o’simliklarning kelib chiqishi masalasi uzul kesil hal qilinmagan .Shu sababdan gulli o’simliklar haqida tuzilgan (sistema) 20 dan ortib ketdi.

Gulli o’simliklarning kelib chiqish to’g’risida asosan 3 nazariya mavjuyd.

  1. Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari R.Vattshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha,eng qadimiy soda tuzulishga ega bo’lgan o’simliklarning gullari bir jinsli, gul qo’rg’oni oddiy yoki gulqo’rg’onsiz bo’lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o’simliklarga misol qilib, qizilcha(efedra) va kazuarinlarni keltirishdi.


  2. strobilyar nazariya.U 1905 yilda yaratilgan.ochiq urug’larning vakilli bennetitlarninfg qoldiqlari topilgan keyen bu nazariya paydoi bo’lgan unga


ko’ra bennetitlarning strabiylariddan gul paydo bo’lgan degan xulosaga kelgan bu nazariyasi bo’yicha strabiylardan hosil bo’lgan gul ikki jinsli gul qo’rg’onli bo’lib hasharotlar vositasida changlangan. Unga misol qilib magnoliyalar olingan nemis botanigi X Galler (1912) ingliz olimlari A.Arber D.Tarsinlar(1905) strobiylar yoki chingul nazariyasi asoschilari hisoblanadi.


  1. Telon nazariyasini asoschisi nemis olimi B. Simrenman (1959) eng qadimgi gul osimliklar pisilofiglarning telomidan kelib chiqqan deydi: Bu mavzunio tanlashdan asosiy maqsad guli o’simliklarning kelib chiqishgi va undagi gul organlarning funksiyasi hamda urug’lanishi ahamiyati to’g’risioda atroflicha ma’lumotlar olishga qaratilgan.



Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin