Gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə4/7
tarix20.07.2020
ölçüsü1,79 Mb.
#32234
1   2   3   4   5   6   7
malumot


Gulli o’simliklarning kelib chiqishi va ularning dunyo bo’ylab shiddatli tarqalishi Darvinni ham qiziqtirgan: hamma narsa shunchalik tez sodir bo’lganki, ular hayotining birinchi qadamlari portlashga o’xshaydi. Ular 250 va 140 mln yil avval orasida paydo bo’lgan deb hisoblanib, ulardan oldin paydo bo’lgan (250–310 mln yil avval) ochiq urug’lilarni tezda siqib chiqarganlar va sayyorada uzoq vaqt davomida ustunlikka ega bo’lishgan. Bugun har 10 ta o’simlikdan to’qqiztasi yopiq urug’lilardir (gulli o’simliklar), ularning xilma-xilligi 300 mingdan ortiq turlar bilan baholanadi. Bu xilma-xillik birgina yagona ajdoddan tarqalgan deb tasavvur qilish qiyin.

Biroq gulli o’simliklarning evolyutsion tarixini anglash qiyinchiliklarni tug’diradi. Ularning boshqa o’simliklardan ajratib turuvchi asosiy tomoni bu ularning o’zidan so’ng “toshqotma solnomasi”ni amalda qoldirmaydigan, juda nafis to’qimalardan shakllangan gul — jinsiy urchish organidir. Hozirgi kunda bizgacha yetib kelgan eng qadimiy topilma bu bir necha yil oldin Ispaniyada topilgan va yoshi tahminan 130 mln yil deb sanalgan, qirilib ketgan Montsechia vidalii suv o’simligining guli hisoblanadi.




Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin