Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə277/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Zar-
Zarafshon daryosi-(forscha zar-oltin, afshon — sochuvchi, ya`ni zar sochuvchi degan ma`noni bildiradi— Tojikiston va O`zbekistondagi daryo. Qadimda bu daryo "Ezgu suv" deb yuritilgan. Zarafshon daryosining uzunligi 877 km. zarafshon daryosi Rabotxoja to`g`oni yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O`zbekiston Respublikasi chegarasiga kiradi va Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan oqib o`tadi. Samarqand shahri yaqinida (sharqrokda), Cho`ponota tepaligi yonida Zarafshon ikki tarmoqqa — Okdaryo (o`ng) va Qoradaryo (chap)ga ajraladi.
Zarafshon kanali-
Zarafshon shahri- Oʻzbekiston shaharlaridan biri, Navoiy viloyatida joylashgan. Shahar 1965-yillarda bunyod etilgan. Zarafshon Qizilqum choʻlida joylashgan. Aholisi 65 ming kishidan koʻproq.
Zarang- (Acer) — zarangdoshlar oilasining bir turkumi. Bo`yining baladligi 6-10 m ga yetadi. Zarangtez o`sadigan va soyaga chidamli bo`lgan daraxt. Zarang chirindiga boy bo`lgan tuproqda yaxshi o`sadi. Urug`i ikki qanotli bo`lib, asosan urug`dan va to`nka bachkisida ko`karish yo`li bilan ko`payadi. Bargi qarama-qarshi joylashgan, tekis qirrali, patsimon murakkab bo`ladi. Guli shingil, sargʻishkoʻkimtir. Mevasi quruq, qoʻshqanotli, ikki urugʻli, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerika va boshqa yerlarda 120 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 14 turi o`sadi, shundan 9 turi park va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Zarang choʻl va adirlarni koʻkalamzorlashtirish maqsadida koʻplab ekiladi. Yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi.
Zararkunanda hasharotlar-
Zarpechak-(Custuta appoximata) chirmashib o`suvchi tekinxo`r o`simlik. Zarpechakning ildizi va yashil barglari bo`lmaydi. U o`zi yopishib olgan o`simlikning shirasini so`rib oziqlanadi. Poya va shoxlari sariq yoki pushti ra ngda bo`ladi, kuchli darajada shoxlanib ketadi. Zarpechakning gullari mayda, oq oqish -pushti rangda bo`ladi. Mevalari mayda ko`saksimon bo`lib, ichida bir nechta urug`i bo`ladi. Bu o`simlik urug`idan va poyasidan ko`payadi. Zarpechak eng zararli begona o`t hisoblanadi. U o`simlik shirasini so`rib, qishloq xo`jaligiga katta zarar yetkazadi. Zarpechak O`zbekistonda asosan, beda, poliz ekinlari va sabzavotlarni zararlaydi. Ba`zi turlari esa uzum va boshqa mevalarni ham zararlaydi. Uni paydo bo`lgan zahotiyoq yulib tashlash kerak.
Zarra-oz sonli elementar zarralardan tashkil topgan modda ulushlari. Masalan, tutun zarralari, chang zarralari va boshqalar. Zarra biror bir moddaning juda kichik qizmi.
Zavod-(ruscha) ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashgan sanoat korxonasi. Zavod va fabrika tushunchalari iqtisodda teng ma`noda (“korxona” ma`nosida) ishlatiladi.
Zaxira- ehtiyot qilib saqlangan narsalar (oziqovqat, pul, buyum, qurolaslaha va boshqalar). O`rta asrlardan boshlab qo`shin ehtiyojlari uchun g`amlangan narsalar ham zaxira nomi bilan yuritilgan.
Zebra- Afrika yovvoyi oti (Equus) ham deyiladi. Tanasining uzunligi 200—240 sm, boʻyi yagʻrinidan 120—140 sm, dumi — 47— 54 sm, vazni 350 kg gacha bo`ladi. Tanasining rangi — oq va qora koʻndalang yoʻl-yoʻl chiziqli (himoya rangi). Yoli kalta va tik, dumining uchida uzun qillardan iborat popugi bor. Zebralar ochiq dashtlarda 10—30 tadan poda boʻlib yuradi. Juda ehtiyotkor, tez yuguradi. Qoʻlga oʻrganadi, tutqinlikda koʻpayadi. Zebraning 4 turi bor. Togʻ zebrasi Janubi-Gʻarbiy Afrikada tarqalgan, koʻrinishi eshakka oʻxshaydi, zebralar orasida eng kichigi. Burchellov zebrasi Sharqiy va Markaziy Afrikada tarqalgan. Grevi zebrasi Sharqiy Afrika (Janubiy Efiopiya, Somali, Keniya)da tarqalgan, ancha yirik, toychasining yelkasidan dumigacha tik va toʻq qizil juni boʻladi. Hozirda qirib yuborilgan kvaggi zebrasi Janubi-Sharqiy Afrikada yashagan, koʻrinishi otga oʻxshagan. Qimmatli terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli zebralar soni keskin kamayib ketgan. Togʻ va grevi zebrasi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin