Zaharli gaz- Zaharli shira- Zamburug`- tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Zamburug`ning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburug` hamma joyda keng tarqalgan. Aksari zamburug`ning tabiatda umri kisqa. Shuningdek,uzoq muddat yashaydigan zamburug`lar ham bor. Bunday zamburug`lar o`n yillab yashaydi. Zamburug` rivojlanishi uchun kislorod zarur. Lekin ayrim zamburug` masalan, achitqi zamburug`iga ozgina kislorod ham yetarli. Koʻp zamburug` turli xil achitish xususiyatiga ega. Zamburug` +20, +25 haroratda yaxshi oʻsadi, baʼzilari +2, +4 da ham oʻsaveradi. Zamburug`ning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va rivojlanishi uchun salbiy taʼsir etadi. Tuproqda yashaydigan zamburug` oʻsimlik qoldiqlarini yemiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak zamburug`i yemiradi. Koʻpchilik zamburug` oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni zamburug` qoʻzgʻatadi. Foydali zamburug` ham koʻp. Achitqi zamburug`i vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida zamburug` ovqatga ishlatiladi. Isteʼmol qilinadigan zamburug`ning turi 100 dan ortadi.
Zang kanali- Surxondaryo viloyatidagi sugʻorish kanali. Uzunligi 96 km. Kanal Arpapoya qishlogʻi yaqinida Surxondaryodan suv oladi. Zang kanali— qadimgi kanallardan biri (taxminan 9—10-asrlarda qazilgan), bir necha marta qayta tiklangan. Hozirgi zang kanali deyarli qadimgi kanal oʻrnida 1912-yil qayta qazilgan. 30-yillarda AngorTallimaron, 50-yillarda Beshqoʻton, Muzrabod massivlari oʻzlashtirilishi bilan kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Tallimaron tarmogʻi Muzrabodsoygacha uzaytirildi, 1967-yilda kanalning bosh qismida Jarqoʻrgʻon gidrouzeli qurildi. 1972-yilda, Amu-Zang kanali qurilgach, Zang kanali Amudaryodan suv ola boshladi. Zang kanali Jarqoʻrgʻon, Termiz, Muzrabod tumanlaridagi 60 ming gektarga yaqin yerni sugʻoradi va Uchqizil suv omborini suv bilan taʼminlaydi. Kanalning 40 km ga yaqin qismiga beton yotqizilgan. Sugʻorish mavsumidan boshqa davrda kanal suvi Uchqizil suv omboriga beriladi.