Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə274/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Yovvoyi tovuq-
Yoz- toʻrt fasldan bir. Yoz fasli bahor va kuz fasllarining orasida joylashgan boʻlib, eng issiq fasldir. Yoz fasli shimoliy yarimsharda eng uzun kundan boshlab, tengkunlikgacha davom etadi. Bu fasl Shimoliy yarimsharda 22 iyundan 22 sentabrgacha, Janubiy yarimsharda esa 22 yanvardan 21 martgacha davom etadi. Mo`tadil mintaqada (masalan, Oʻzbekistonda) iyun, iyul, avgust oylari yoz hisoblanadi. Xalq orasida yilning issiq yarmi yoz deyiladi. Yoz faslining astronomik davomiyligi 93,6 sutkadan iborat. Baʼzi tarixiy manbalarda, chunonchi, "Bobirnoma"da bahor fasli yoz deyilgan.Yoz fasli inson organizmi uchun eng kerakli fasllardan biridir. Yoz fasli, inson sogʻligʻi uchun juda zarur boʻlgan, suyaklarning rivojlanishi uchun katta dastak beradigan D vitaminiga boydir. Chunki D vitamini eng yaxshi quyosh nurlari bilan insonga oʻtadi. Quyoshda toblanish bod kasali bilan ogʻrigan odamlar uchun ham juda foydali. Meva,sabzavot va boshqa oʻsimliklar ham yoz faslida pisha boshlaydi.Yozning juda qattiq jazirama issiq kunlari inson sogʻligʻi uchun zararlidir, haddan ziyod oftobda toblanish ham inson salomatligiga zarar berishi mumkin.
Yozuvsiz xarita-
Yugurdak kaltakesak-(Eremias velox pall) tanasining uzunligi 85 mm, dumi esa undan bir yarim barobar uzun bo`lgan sudralib yuruvchi. Yosh kaltakesaklarning demining pasti va oyoqlari qizil yoki zarg`aldoq rangda bo`ladi. Yugurdak kaltakesak qum bosgan taqirlarning chekkalaridagi o`simlik lar bilan qalin qoplangan mustahkam qumlarda, daryo bo`ylaridagi siyrak to`qayzor va va sayozliklarda, qiyalik va tepaliklarda yashaydi. Har xil qo`ng`izlar, kapalaklar, chumolilar, kapalak qurtlari, chigirtkalar ari va o`rgimchaklar bilan oziqlanadi. Tuxum qo`yib ko`payadi. Har gal 3-4 ta tuxum qo`yadi. Tuxumdan chiqqan bolalar tez o`sadi.
Yulduz-
Yulg`un- (Tamarix litvinovi) yulgʻundoshlar oilasiga mansub daraxt yoki butalar turkumi. Janubiy Yevropa, Janubiy Afrikaning choʻl, chala choʻllarida va Osiyoda (Hindistongacha) 54 turi tarqalgan. Rossiyaning janubi, Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoning daryo va soy boʻylarida, toʻqay oʻrmonlarida, chakalakzorlarda, koʻl va dengiz qirgʻoqlarida uchraydi. Oʻzbekistonda Androsov yulg`uni (Tamarix androssowii), jingʻil (Tamarix laxa), bunge yulg`uni (Tamarix bungei), egik yulg`un (Tamarix hispida) va shahrik. 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda 250 ming gektar yulg`un changalzorlari bor. Butasimon yulg`unning boʻyi 1—3 m, daraxtsimonlariniki 6— 8 m. Barglari mayda tangacha yoki qipiqsimon, gullari mayda oq, och pushti, binafsha rang, uzun shingilsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 3—5 pallali koʻsakcha. Yulg`un yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka, shoʻrxokka, zaxlikka chidamli oʻsimlik. 40—50 yilgacha yashaydi. 40,2° sovuqqa bardosh beradi. Yuulg`un yoqilgʻi, koʻchma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladi, yogʻochidan tokarlikda va oʻymakorlik ishlarida foydalaniladi, novdasidan turli buyumlar toʻqiladi. Poʻstlogʻida boʻyovchi va oshlovchi moddalar bor. Yulg`un yaxshi asal beruvchi oʻsimlik, baʼzi turlari manzarali. Tez oʻsadi, urugʻi, ildiz bachkisi va qalamchalaridan koʻpaytiriladi.
Yumronqoziq- kemiruvchilar hayvon hisoblanadi. Tanasining uzunligi 14—40 sm, dumi 4— 25 sm gacha bo`ladi. Uning rangi oqish, qum rangda, qoʻngʻir kulrang va boshqalar tusda bo`ladi. Yevrosiyo va Shimoliy Amerika pasttekisliklari, togʻli choʻllari, qisman choʻl, va togʻlarda (3500 m gacha) tarqalgan. Yumronqoziqning 20 dan koʻproq turi bor. Shundan sariq yumronqoziq Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo choʻllarida uchraydi. Hamma yumronqoziq kunduzi faol hayot kechiradi. Qishda uyquga ketadi. Koʻpchiligi katta guruh boʻlib yashaydi. Oʻsimliklarning yer usti va osti qismlari bilan oziqlanadi, urugʻlarini yigʻadi. Yumronqoziq bir yilda 5—8 bola tugʻadi. Koʻpchilik Yu. donli oʻsimliklarning xavfli zararkunandasi bo`lib, turli xil yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Yumronqoziqning yirik turlari terisi uchun ovlanadi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin