Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida xamda qisman Afrika qit'asining janubiy qismida va Osiyo qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik dini asoschisi Iso MasihHazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e'tiqod talablari, huquqiy va axloq me'yorlari, cheklov va ta'qiqlari ana shu kitobda yozilgan.
Xristianlik diniga dunyoning 1 mlrd. 600 mln.aholisi e'tiqod qiladiXristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos) nomidan olingan.
Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o'rtasida paydo bo'lgan va birinchi o'n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan.
Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko'ngillariga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g'alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Yer yuzida «ilohiy saltanat» o'rnatilishidan umidvor bo'lish hissining jo etilganligidir.
Hazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg'ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar.