Vladimir oti- og`ir yuk tortuvchi ot zoti. Rossiyaning Vladimir va Ivanovo viloyatlari xo`jaliklarida 20-asrning 30-yillarida xalq seleksiyasi asosida yaratilgan. 1946-yil zot sifatida tasdiqlangan. Vladimir otining tusi to`riq, peshonasi va oyoqlarida oq belgilari bor. Ayg`irlarining vazni 700 kg, biyalariniki 550 kg, toychalari tug`ilganda 50-60 kg keladi. Bu otlar 16 tonnagacha yukni torta oladi. Bu zot O`zbekistonda ham uchraydi.
Vobkent shahri-(oʻgʻuz shevasidagi "vob" yoki "vahobkent" — "boʻz, qoʻriqdagi qishloq" maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981-yildan). Vobkent tumaning maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-asrda yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Vobkent Buxoroni Samarqand va Toshkent bilan bogʻlovchi avtomobil magistral yoʻli yoqasida joylashgan. Vobkentning oʻrtasidan Zarafshon daryosining irmogʻi Vobkent daryosi kesib oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stapsiyasi — Buxorodan 28 km. Aholisi qariyb 16 ming kishi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, tatar, ozarbayjon va boshqalar ham yashaydi. Tuman tashkilotlari, paxta punkti, hunarmandchilik va badiiy buyuml ar sexi faoliyat koʻrsatadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Vobkent minorasi bor. Vobkentda 1993-yil 120 oʻrinli viloyat sogʻlomlashtirish markazi ishga tushirildi. Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji (600 oʻrinli), umumiy taʼlim maktablari, stadion, dorixona, davolash muassasalari, maishiy xizmat va jamoat ovqatlanish punktlari, novvoyxona, sanoat mollari va bolalar dunyosi magazini, bozor, kutubxona, madaniyat uyi, mehmonxona, yozgi va kishki kinoteatrlar, aloqa boʻlimi, maishiy xizmat punktlari mavjud.
Vodiy- relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik vodiylarga boʻladi. Vodiylarning dastlabki shakli, asosan eroziya(yemirilish) natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Bir qancha shunday jarliklar birlashib suvi havzaga quyilgungacha kattalasha boradi. Vodiy yon bagʻri baland yoki past, tik yoki qiya, yondan qaraganda botiq, toʻgʻri qavariq yoki zina shaklida boʻlishi mumkin. Shakliga qarab vodiy quyidagilarga boʻlinadi: 1) dara— tor vodiy, yon bagʻirlari tik boʻladi, togʻli joylarda uchraydi. Tojikiston va Oʻzbekistonning bir qancha tumanlarida tangi deyiladi. Kanon — tagi ancha tor, yon bag`irlari juda tik, chuqur bo`lgan vodiy, togʻ va platolarda uchraydi. Oʻrta Osiyoda qopchigʻay deyiladi. Koʻndalang kesimi V-simon vodiy, asosan togʻlarda boʻladi. Tagi tekis vodiy, tekisliklarda koʻp uchraydi. Togʻorasimon vodiy - troglar, togʻlarda muzliklarning harakati natijasida vujudga keladi. O`zbekistonda Farg`ona vodiysi va zarafshon voditsi bor.