Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


To`da- To`dako`l suv ombori-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə230/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

To`da-
To`dako`l suv ombori-
To`g`on-
To`lin oy-
To`ng`iz-(yovvoyi choʻchqa) (lotincha Sus scrofa) Toʻngʻiz ancha yirik hayvon, tanasining uzunligi 2 m gacha, vazni 240—300 kg keladi. U Evropa va Osiyo qitʼasida tarqalgan. Oʻzbekistonda togʻli joylarda va toʻqaylarda uchraydi. Gavdasi katta, boʻyini yo'g'on, boshi oʻrta hol, tumshigʻi konus shaklli koʻndalangdan kesilgan boʻlib keladi. Qulogʻi katta va yalpoq, koʻzi kichkina. Gavdasini qalin jun bilan qoplangan. To`ng`izning tishlari koʻp. Ular ozuqa tanlamaydigan hayvon, yerni kovlab qurt-qumursqa, o'simlik ildizlari, va kichkina sichqonlar bilan ovqatlanadi. Toʻngʻizning goʻshti, terisi va junlaridan foydalanadi. Erkaklarining ozuqa tishlari kattakon va yuqori, sirtiga chiqib turadi. Gavdasini jun bosgan. Voyaga etgan toʻngʻizlarning ranggi qoʻngʻir boʻladi. Toʻngʻiz bolalarining juni yoʻl-yoʻI boʻlganidan ularni oʻtlar orasidan urgʻochilari oson topib oladi. Toʻngʻiz bolalan biror xavf tugʻilganida qattiq chiyillaydi va kattalari ularni himoya qilish uchun tashlanadi. Katta toʻngʻizlarning uzunligi 2 m, og`irligi 300 kg.
To`palang daryo-Surxondaryo viloyatidagi daryo. Bu daryo Hisor tizmasining janubiy yon bag`ridan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv o`ng irmog`i hisoblanadi. Uzunligi 117 km. To`palang daryoning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan — Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km), o`ngdan — Shatrut (25 km), Chosh (37 km), Balandsoy (18 km). To`palang daryo asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan to`yinadi. Havzasida umumiy maydoni 22,5 km² ga yaqin muzlik va qorliklar mavjud. Daryo vodiysida yong`oqzor, archazor, yaylovlar bor. To`palang daryodan chiqarilgan Hazorbog` kanali Denov, Sho`rchi, Qumqo`rg`on tumanlarini suv bilan taʼminlaydi.
To`palang suv ombori- Surxondaryoning oʻng irmogʻi — Toʻpolondaryoda qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Surxondaryo viloyati Uzun qishlogʻidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Suv ombori qurilishi 1983-yilda boshlangan. Sugʻorish va gidroenergetika maqsadlariga xizmat qiladi. Daryo suvini mavsumiy yigʻadi. Suv ombori oʻzanli tipda. Tarkibida tosh-tuproqli toʻgon, suv chiqarish va suv tashtama inshootlari, GES bor. Loyixaga koʻra toʻgʻoni uzunligi 410 m, balandligi 180 m. Surxondaryo viloyatining Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi ekinzorlarni sugʻorishda foydalaniladi, bir qator kanallarga suv beradi, GES quvvati viloyatning janubiy hududlarida elektr energiyasi taʼminotini yaxshilaydi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin