Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə80/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Hodisa-
Hosil-
Hovli-
Hovuz- suv yigʻish va saqlash uchun qazilgan chuqur joy, ichimlik suvi saqlanaligan sunʼiy suv havzasi. Hovuzning toʻrtburchak, aylana, koʻp (6— 8) qirrali koʻrinishga ega turlari mavjud. Urta Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan. Hovuzlar, asosan, masjidlar yonida shaharlar maydonlari, bogʻlar, chorbogʻlar, saroy hovlisi va boshqalarda bunyod etilgan. Atrofi toshlar bilan qoplab yoki daraxtlar ekib mustahkamlangan. Hovuzlar favvoralar bilan bogʻliq boʻlgan. H.ning qadimdan meʼmorlikda ahamiyati katta boʻlgan. Qadimgi Misrda toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi hovuz yoʻlkaning 2 tomonida bunyod etilgan. Keyinchalik me`moriy majmualar qurilishida hovuzdan unumli foydalanila boshlangan: Agradagi Tojmahal, Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Labihovuz, bolohovuz va boshqa shular jumlasidan. 18-asrga oid yozma manbalarda qayd etilishicha, Toshkentning markaziy maydoni — Registon va Shayxontohurda eng katta hovuzlar boʻlgan, uning atrofida tut, chinor daraxtlari oʻsgan, qoʻlyozmalarga ishlangan miniatyuralarda ham hovuz oʻz ifodasini topgan.
Hudud-
Husayni- xalq seleksiyasida yetishtirilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Uning vatani Oʻrta Osiyo. Husayni uzum navi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiyaning Stavropol oʻlkasi va boshqa joylarda tarqalgan. Gʻujumlarining shakliga qarab bir necha xillarga boʻlinadi. Moʻrchamiyon husayni, kelinbarmoq husayni, qizil husayni, loʻnda husayni (kadu husayni) xillari, ayniqsa koʻp tarqalgan. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, toʻgarak, 3—5 boʻlmali bo`ladi, oʻrtacha kertikli, usti silliq, mayin bo`ladi. Uzumi avgust - sentabrda pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, ogʻirligi oʻrtacha 300 — 350 g (ayrimlari 1 kg gacha). Gʻujumi oʻrtacha va yirik, tuxumsimon yoki silindrsimon, poʻsti yupqa, sargʻish-yashil, karsillaydi, sershira. Husaynining oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi juda yaxshi. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamsizroq. Yangiligida yeyiladi, mayiz qilinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida yetishtiriladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin