Strategik maqsad:Bankni raqobatbardosh, mijozlarga yo‘naltirilgan, bozor mexanizmlari asosida faoliyat yuritadigan, mijozlar va sarmoyadorlar uchun jozibador bo‘lgan bankka aylantirish.
Bankni 2021-2023 yillarda rivojlanish strategiyasi - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ni rivojlanishning yangi modeliga asoslangan holda zamonaviy, mijozlarga yo‘naltirilgan bankka transformasiya qilishga yo‘naltirilgan. Bunda biznes yo‘nalishlar Ekotizim biznes modeliga uyg‘unlashgan holda shakllantiriladi.6 Bankni rivojlantirish strategiyasi 2021-2023 Strategik maqsad: Mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelni joriy etish va xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlarini taqdim etish, bankning moliya bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash, daromadligi va rentabelligini oshirish.
Korporativ mijozlar uchun. Mijozlarga individual yondashuv, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, ish haqi loyihalari, strukturalashtirilgan moliyalashtirish yo‘nalishida maslahatlar.
Kichik va o‘rta biznes uchun. Alohida yondashuv, yuqori tezlikda xizmat ko‘rsatish, parametrlangan va maxsus kredit hamda depozit mahsulotlar, ish haqi loyihalari, individual takliflar.
Jismoniy shaxslar uchun. Zamonaviy onlayn bank, multivalyuta omonatlari, kredit kartalari, rejali to‘lov kartalari.
“O’zsanoatqurilishbank” ATB yashil iqtisodiyotni mamlakatimizda rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlarni bosqichma-bosqich amalga muvaffaqqiyatli ravishda amalga oshirib kelmoqda:
“yashil” tarmoqlarni investisiya-kredit jihatidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;
Kam energiya sarflanuvchi maishiy texnikalar sotib olishni moliyalashtirish (energiya sarflash darajasi «A» va undan past bo‘lgan texnikalar);
“greenbond” shaklidagi innovasion moliyaviy vositalarni muomalaga chiqarish;
energiyani iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish orqali yashil bino konsepsiyasini amalga tatbiq qilish maqsadida, bankning barcha binolarini energiya auditidan o‘tkazish;
atrof muhitga ta'siri juda kam bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish;
aholining yashash sharoitlarida energiya samaradorlikni oshirish dasturlarini amalga oshirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, resurs va energiya sarfi samaradorligini oshirish, chiqindilarni qayta ishlash yo‘nalishlari uchun investisiyalarni jalb qilish;
barcha turdagi resurslar iqtisod qilinadigan va atrof muhitga g‘amxo‘rlikni o‘zi mujassam etgan ekologik xavfsiz binolarni qurish va yashil ofislarni tashkil qilish;
ekotizim doirasida mijozlarimiz bo‘lgan korxonalarning asosiy vositalarini yuqori darajadagi texnologiyalar bilan modernizasiyalash va yangilash, shu orqali chiqarilayotgan mahsulotlarni tannarxini pasaytirish va raqobatbardoshligini oshirish;
bankning barcha kredit-investisiya amaliyotlariga ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish proseduralarini joriy qilish;
CO2 gazlari chiqishini 163 kilo-tonnaga kamaytirish.
Rivojlanishning asosiy vektori — korporativ mijozlar bilan tashkil etilgan bank xizmatlarining ekotizimi orqali bank faoliyati ko‘lamini yanada kengaytirish va bunda asosiy e'tiborni kichik va o‘rta biznesni hamda chakana biznesni rivojlantirishga qaratish.
Biznes-yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar:
Korporativ biznes – mijozlar ehtiyojlarini va tarmoqlar xususiyatlarini o‘rganish asosida har bir mijozga alohida yondashuvga e'tibor qaratgan holda, mavjud biznes model yanada rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi sharoitlarga tezkorlik bilan moslashish, yangi shakldagi mahsulot va servislarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘linadi va mijozlarning bank bilan munosabatlari yanada soddalashtiriladi.
Kichik va o‘rta biznes – mijozlarning bizneslari rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi, kichik va o‘rta biznesning qator mahsulotlari takomillashtiriladi. Yetkazib beruvchilar zanjirini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi (Supply Chain Finance).
Chakana biznes – butun e'tibor mavjud mijozlar bazasi hamda muhim segmentlar hisoblangan ish haqi kartalaridan foydalanuvchilar va hamkorlarning xodimlari bilan ishlashga qaratilgan holda chakana biznes yanada rivojlantiriladi. Mavjud marketpleys tizimi va boshqa xizmatlar kengaytiriladi. Elektron tijoratni rivojlantirish birinchi o‘ringa chiqariladi.
Strategiyaning eng muhim moliyaviy maqsadlari:
Bozorni egallash bo‘yicha 2023 yilgacha maqsadlar quyidagilar:
Bank reytingi:
2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashda boshqaruvining samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan:
1. Bankda korporativ boshqaruvni tartibga soladigan qonunchilik asoslarni takomillashtirish.
2. Bankda korporativ boshqaruv haqidagi tushuncha va korporativ madaniyatni shakllantirish.
3. Bankda kuzatuv kengashining bank faoliyatining samaradorligidagi mas’uliyatini oshirish.
4. Bankda ichki auditni to‘la mustaqilligini ta’minlash.
5. Bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash.
6. Bank korporativ boshqaruvi bo‘yicha reyting tizimini amalda tadbiq tish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini yanada oshirish borasida amaliyotga yangi yo‘nalishlarni joriy qilish va yuqori samaradorlikka erishishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamiz moliya-bank tizimining uzluksiz isloh qilinishi uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini xalqaro me’yorlar va andozalarga asosan baholashga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortib borishi tijorat banklarining qator ko‘rsatkichlar tizimiga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z faoliyatlarini nazorat qilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Xulosa Milliy ta’lim tizimini mustaxkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog’langan bo’lishi kerak.
Bank tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ilmiy faoliyat bo’yicha amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shundaki, ilmiy faoliyat bo’yicha amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan bog’lanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab ko’radi. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo’ldim va buning natijasida bank faoliyati to’g’risida etarli darajada dunyoqarash shakllandi. Ilmiy faoliyat bo’yicha amaliyotda tijorat banki faoliyatidagi amaliy ma’lumotlar bilan tanishdim. Amaliyot vaqtida kerakli amaliy ma’lumotlardan foydalanadim. Ilmiy faoliyat bo’yicha amaliyot vaqtida bevosita tijorat banklarining jamoat hayotida ishtirok etdim va bank ichki tartibiga qat’iy amal qildim.
O’zbekiston bank tizimini izchil rivojlantirish oorishka iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bo’lib, uning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda respublikada bank tizimi shakllanishi va rivojlanishi tarixiga doir masalalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan yoritib berishda, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish va ayrim aniqliklarni kiritish lozim.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy majlisga murojaatnomasida “Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz.
2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida samarali va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga asosiy e’tiborni qaratish zarur” deya ta’kidlab o’tgan edi. Mamlakatimizda zamonaviy bozor iqtisodiyotini barpo etish borasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirilayotgan bo’lib, tadbirkorlik va xususiy mulkka asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar tizimining yaratilayotganligi buning yaqqol isboti bo’la oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sektori dunyoning deyarli barcha mamlakatlari va mintaqalarida asosiy rivojlanish manbaiga aylangan.
Bankning kelajakdagi rejalari, moliyaviy prognozlari bilan tanishdik. Bunda bankning 2023 yilning har bir oyi uchun moliyaviy rejalari mavjud bo’lib, unda bankning sof foydasini, avkivlarini oshirib borish ko’zda tutilgan. Bankning ko’p yillik rivojlanish strategiyasida esa 2019-2022 yillar davomida bankning mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, boshqa banklar bilan bo’ladigan munosabatlarni yaxshilash, bank ishchi hodimlar ishining sifatini oshirish, bankning moliyaviy holatini yaxshilash ko’zda tutilgan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bankda o’tkazgan 15 haftalik ilmiy faoliyat bo’yicha amaliyotim maroqli, foydali va yangi bilimlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida yetarlicha ko’nikma va malakaga ega bo’ldim, shu bilan birga bank sohasiga bo’lgan qiziqishim ham yanada ortdi. Qolaversa, magistrlik dissertatsiyam ustida amaliyot bilan bog’lagan holda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldim.
Amaliyot o’tash davrida bankning moliyaviy holatini uning kapitali, aktivlari miqdori haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdik va bankning uch yillik moliyaviy natijalari, daromad harajatlar miqdori va ularning o’zgarish dinamikasini o’rgandik. Bunida bank holati barqaror bo’lib, bankning aktivlari, kapital hajmi, sof foyda miqdori o’sib boorish tendensiyasiga ega.