Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, ob`yektlarning shakli, o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar, fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo’yicha, fazoda mo’ljal olish “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasi”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir.