O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2021-yil 16-mart, 140-son
Institut nizomi
Umumiy qoidalar Termiz davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadirlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ289-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Termiz davlat pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda institut deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga binoan oliy davlat ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. Oliy ta’limning asosiy va qo‘shma ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. 2. Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi. Institut hududda pedagogika sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini amalga oshiruvchi, ta’limda axborot texnologiyalarini joriy qilish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yеtkazib beradigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv, ilmiy-metodik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. 3. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi. 4. Institut bakalavriat va magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. Shuningdek, institutda shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olishni tashkil etadi. 5. Institutda ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki). Qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutda ta’lim olishning boshqa shakllari (masofaviy) ham joriy etilishi mumkin. Institutda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 4-kurs talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash shaklida olib boriladi. 6. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o‘ziga tegishli molmulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o‘z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Institut mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqalarga, bank muassasalarida maxsus hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega. 7. Termiz davlat pedagogika institutining yuridik manzili: Indeks: 190100, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi 288b - uy. 8. Termiz davlat pedagogika instituti Internet tizimida o‘zining rasmiy (tspi.uz) saytiga ega. 9. Termiz davlat pedagogika institutining rasmiy nomi: davlat tilida: kirill alifbosida: Термиз давлат педагогика институти -“ТДПИ”; - davlat tili: lotin alifbosida: Termiz davlat pedagogika instituti -“TDPI”; - rus tilida: Термезский Государственный Педагогический Институт (ТГПИ); - ingliz tilida: Termez State Pedagogical Institute (TSPI). II. Institutning asosiy maqsadi va vazifalari hamda funksiyalari 10. Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga so‘zsiz itoat etuvchi hamda xalqaro ta’lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash institutning asosiy maqsadi hisoblanadi. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol pedagog kadrlarni tayyorlashni ta’minlash; - ta’lim va tarbiyaning turli sohalari bo‘yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash; - ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikasiya texnologiyalarni keng qo‘llash; - fanlarni tanlash imkoniyatini ta’minlagan holda Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil etish; - xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish, baholashning zamonaviy shakllari, metodlari, texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; - institutning professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash; - rivojlangan xorijiy davlatlarning yyеtakchi OTMlari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuv mexanizmini ishlab chiqish; - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yеtakchi OTMlari, tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislarini o‘quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish; - tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv majmualarini, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ularni o‘quv jarayonlariga tadbiq etish; - xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga xorijiy pedagog olimlar va mutaxassislarni jalb qilish; - pedagog kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ilmiytadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tadbiq qilish; - ilmiy-tadqiqot va pedagogik tajriba ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish; - «HEMIS» platformasini yoki institutni avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’ektivlik va su’iste’molchiliklardan holi bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish; - talabalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga qarshi kurashish tuyg‘usini shakllantirish hamda rivojlantirish. 11. Institut quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: - davlat ta’lim standartlari asosida mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi; - huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish bo‘yicha choralarni ko‘radi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; - o‘quv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o‘qitish usullarini qoplagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib boradi; - talabalarning mustaqil ta’limni amalga oshirishni chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, o‘quv reja va dasturlar hamda o‘quv-metodik materiallarni o‘quv jarayonida qo‘llaydi; - o‘quv jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi; - professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat o‘quv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag‘batlantiradi; - institut tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijalarini o‘quv rejalari va ta’lim dasturlariga joriy etish uchun fanlarni o‘qitish sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi; - tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislami jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yеtakchi xorijiy ilmiy-ta’lim OTMlari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi; - ijobiy xalqaro tajribani kengroq qo‘llash, shu jumladan, talabalar o‘quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o‘tkazish va jamlash tizimini qo‘llaydi; - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish orqali, fan - ta’lim - ishlab chiqarish integrasiyasini ta’minlaydi; - o‘qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘laydi hamda o‘quv bazasini takomillashtirib boradi; - rivojlangan xorijiy davlatlarning yеtakchi ta’lim va ilmiy OTMlari bilan hamkorlikni, qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘zaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi; - xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi; - falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; - o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o‘quv va moddiytexnik bazani yaratadi, o‘quv, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarini, kafedralarni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta’minlaydi; - O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish hamda rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi; - talabalarni jamiyatning to‘laqonli a’zosi, vatanparvar, vijdonan va halol mehnat qiluvchi, o‘z kasbining yеtuk mutaxassisi bo‘lib yеtishishi uchun kompleks choratadbirlarni amalga oshiradi; - talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish, ularda milliy g‘urur, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish choralarini ko‘radi; - ma’naviy, madaniy, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, talabalarni milliy va jahon adabiyoti durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi; - institut xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi; - Axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borishni ta’minlaydi. III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari Talabalar: 12. Institutga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi. - Institutiga qabul barcha uchun (davlat granti, to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. - Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikqa binoan amalga oshiriladi. - Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar institutda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. - Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun abituriyentlar qabulini institut qabul komissiyasi amalga oshiradi. - Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida to‘lov-kontrakt shartlarini bajargan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinish huquqiga egadirlar. - Institut rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs Termiz davlat pedagogika institutining talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi. 13. Institutning talabalari quyidagi huquqlarga ega: - fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish; - oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim resurslaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish; - bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish; - auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish; - ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklifmulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish hamda ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish; - institut va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish; - ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiya, simpoziumlarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish va ularning natijalarini nashr etish, bu haqda axborotlar berish; - institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish va ular ishida qatnashish; - o‘qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid bo‘lmagan jamoat ishlarida ishtirok etish; - o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash; - yetakchi xorijiy OTMlarida akademik almashinuvda ishtirok etish. - talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib еtishish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanish; - talaba o‘z huquqlarini suiiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart. 14. Talabalarining majburiyatlari quyidagilar: - o‘quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash; - mazkur Ustav, institut ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, Talabalar turar joyi qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish; - institut o‘quv binolari va uning boshqa mol-mulklarini asrab-avaylash, to‘lovkontrakt bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish; - Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli mutaxassis bo‘lib еtishish uchun puxta bilim olish, o‘z kasbiy salohiyatini rivojlantirish; - ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma’naviy qadriyatlariga, qonun talablariga, o‘zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalarga qat’iy amal qilish; - tanlagan ixtisosligi bo‘yicha chuqur nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish; - o‘quv jarayoni talablariga bo‘ysunishi, o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashg‘ulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik; - ta’lim jarayoni bilan bog‘liq vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlarini o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg‘ulotlarga zarur o‘quv qurollari bilan kelish; - tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo‘lish; - bilimlarni egallashda tashabbus va g‘ayrat ko‘rsatish, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik; - barcha bilan hushmuomalada bo‘lish; - institut mol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo‘lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yеtkazmaslik, ziyon yеtkazilgan taqdirda moddiy zarar o‘rnini o‘rnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatiz olib chiqmaslik; - bino ichida, yo‘laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; - institutda kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan tashqi ko‘rinishi va yomon hulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so‘zsiz bo‘ysunishi; - o‘quv mashg‘ulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o‘zi yoxud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko‘rsatish; - xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog‘liq holda chet elga jo‘nab ketishdan avval o‘matilgan tartibda ruxsat olish; - o‘z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo‘lish; - o‘quv intizomiga, institut Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda quyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o‘zining majburiyatlariga rioya etish. - talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. 15. Institut hududida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi: - alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste’mol qilish; milliy, irqiy, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib qilish; - institut binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yеtkazish; - o‘qish vaqtida institut ma’muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish. 16. O‘qish davrida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda OTMning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yеtakchi xorijiy ta’lim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida o‘qishga yuborilishi mumkin. 17. Talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yеtakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Muassasada xorijiy mamlakatlarning talabalari ham o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin. 18. Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan shaklida ta’lim olayotgan talabalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno). Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, nomdor davlat stipendiyalari va OTMning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar. 19. Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga akademik ta’til berilishi mumkin. Ushbu ta’tilni berish tartib-qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan. 20. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga muassasida o‘qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi. 21. Institutning talabalar turar joyi sig‘imidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar muassasa talabalar turar joylaridan sanatoriya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joyi uchun to‘lov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni inobatga olib, institut Kengashi tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar) ga ruxsat etilmaydi. 22. Institutdan chetlashtirilgan talaba Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanish huquqiga ega. Muassasaning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishlarini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun lisenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni Muassasaga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) taqiqlanadi. Talabalar o‘qishini bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (bundan chet el fuqarolarining o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Muassasaga ko‘chirish mustasno). 23. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi. 24. Talaba o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi. 25. Talaba muassasadan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: a) o‘z xohishiga binoan; b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; v) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari hamda odobaxloq qoidalarini buzganligi uchun; g) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; d) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun); e) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; j) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi); z) vafot etganligi sababli. 26. Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba muassasa rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin. Muassasada kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalariga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo‘llaniladi. 27. Muassasa ma’muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 25-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu Ustavning 25-bandi “v” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, ta’lim muassasasining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin. 28. Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan muassasa rektoriga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin. Talabaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi. Talaba OTMdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nus’hasi shaxsiy yig‘ma jildda saqlanadi. Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda hatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bogliq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko‘rish taqiqlanadi. Talaba kasal bo‘lganligi o‘zi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan ma’lum qilinadi va tibbiy ma’lumotnomaning aslini taqdim etadi. a) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar: 29. Institutda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi. Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o‘qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. IV. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar 30. Institut mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi ta’lim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi: - oliy ta’lim; - oliy ta’limdan keyingi ta’lim; Institut oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. Institutda, umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘RQ-637-son Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot oladi. Institut ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo‘yicha «magistr» darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beradi. Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi. 31. Muassasada ta’lim jarayonini tashkil etish, Muassasa tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan o‘quv rejalar, o‘quv dasturlari, malaka talablari, muassasa rektori (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar o‘quv jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi. Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan muassasa talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim. 32. Institutda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg‘ulot (amaliy ijrochilik bilan bog‘liq bo‘lgan san’at yo‘nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qo‘shma ma’ruza) akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, tojik, rus va ingliz tillari hisoblanadi. 33. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi. Institutning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi. 34. Institutda o‘quv yili ikkisemestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi kurslar kesimida 5 baholik (2020/2021 o‘quv yiliga qadar qabul qilingan talabalar uchun) va kredit-modul tizimi (2020/2021 o‘quv yilidan boshlab qabul qilingan talabalar uchun)da olib boriladi. Fanlarni o‘zlashtirgan talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan-kursga shartli o‘tkazish mumkin emas. Institutning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi. Institut bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 35. Institutda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi. 36. Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro‘yxati”ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta’lim muassasasiga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi. 37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23- sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. 38. Institutda Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar bo‘yicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta’minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi. Institutning professor – o‘qituvchilari tarkibi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy - xo‘jalik xodimlari (personali) 39. Institutda professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik - texnika, ma’muriy - xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv - yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Professor-o‘qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) va o‘qituvchi-stajyor lavozimlari kiradi. 40. Professor-o‘qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o‘tkazish natijalari bo‘yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. 41. Institutning professor-o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. 42. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega: belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish; muassasaning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; institutning axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish; o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; institut rahbariyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash; xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish; nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; ilmiy-adqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, Xorijiy ilmiy loyihalar hamda xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish; darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish; tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy- tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtiroq etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’minlashda qatnashish; xorijiy yеtakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtiroq etish; O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish. 43. Professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, mehnat va texnologiya intizomi, muassasa Ustavi, Ichki mehnat-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat’iy rioya qilish; o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik; ish jarayonida muloqat qiladigan institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada bo‘lish; ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan: o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy, o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanma tayyorlash, o‘quv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish; ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integrasiyasini ta’miniashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashish; institut kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzular doirasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish; o‘z malakasini uch yilda bir marta oshirish; mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish; institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish; ish beruvchiga bevosita o‘zining aybi bilan еtkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash; jamoatchilik ishlarida qatnashish; pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash; zamonaviy globallashuv va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini, mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirish; chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi; ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish; “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish; o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan ko‘mak bo‘lish; kiyinish madaniyatiga rioya etish; respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish; institut, fakultetlar, kafedralar tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviyma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish; o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish; darslarni yuqori saviyada, yangi pedagogik inavatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘tish; fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish; har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish; reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish; talabalar bilimini xolisona baholash; yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash; ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish; talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida ma’lumot va tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolaming yеchimiga oid tadqiqot mavzusiga ega bo‘lish; olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida o‘z yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega bo‘lishi; mutaxassisligi bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan o‘tishi; oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish. 44. Institut professor-o‘qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta’minlaydi. 45. Institutning ma’muriy-xo‘jalik, muhandislik-texnika, o‘quv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari oliy ta’lim muassasasining Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi. Institutning tarkibi 46. Institutning tuzilmasiga Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga (ro‘yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladigan boshqarmalar, bo‘limlar, markazlar fakultetlar, kafedralar, ilmiy va o‘quv laboratoriyalari, muzeylar kiradi. 47. Institut fakultetlarini rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi. Dekan lavozimida ishlovchi shaxs mustaqil shtat lavozimida ishlovchi shaxs hisoblanadi va uning o‘rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi. Fakultet dekani o‘z faoliyatida mazkur Ustavga, “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi. “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin. Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi. Kafedra faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlami tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida Muassasaning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi. Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risidagi Nizom” bilan belgilanadi. Institut huzurida yuridik shaxs hisoblangan akademik litseyi faoliyat yuritadi. Institut tasarrufidagi akademik litsey mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, boshqa normativhuquqiy hujjatlarga muvofiq hamda o‘z Ustavi asosida amalga oshiradi. V. Termiz davlat pedagogika institutini boshqarish 48. Institutni boshqarish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va oliy ta’lim muassasasining Kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi. 49. Institutni bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan institut rektori tomonidan amalga oshiriladi. Rektor institut faoliyatiga, shuningdek, Ish yuritish to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma, Ichki tartib qoidalar, Odob-axloq kodeksi, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to‘liq mas’uldir. Rektor O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, instit nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, institutning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag‘lardan o‘rnatilgan tartibda foydalanish bo‘yicha farmoyishlar beradi. 50. Institut rektori vakolati doirasida: Institutning professor-o‘qituvchilari, barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim olayotganlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi va topshiriqlar beradi; fakultet dekanlari, bo‘lim va boshqarma boshliqlari, bosh hisobchini, o‘z nomenklaturasidagi boshqa xodimlarni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi va ularning muayyan vazifalari, mas’uliyatlarini belgilaydi; akademik litsey va texnikumlar faoliyatidagi ishning tashkil etilishi ustidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha prorektorlar kuratorligi-rahbarligi vazifalarini belgilaydi; institut prorektorlari lavozimiga nomzodlami tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi; institut xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi; institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo‘linmalarning vazifalarini belgilaydi, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; instituti xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimchalarni o‘rnatilgan tartibda belgilaydi; kasaba uyushma qo‘mitasi yoki institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodekslarini tasdiqlaydi; Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, ta’rif setkasi doirasida institut professor-o‘qituvchilari tarkibi va Muassasaning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi; Institut Kengashining tavsiyasiga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda tegishli normativhuquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralari ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. Oliy ta’lim muassasasi kafedrasi to‘g‘risida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda institut Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi hamda ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlaydi. Institut rektoriga o‘zi ishlayotgan oliy ta’lim muassasasi va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik rahbarlikdan tashqari) o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas. 51. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq OTM faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rish uchun Kengash tashkil etiladi. Kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari, bo‘lim boshliqlari, institut xodimlari, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Rektor Kengash raisi hisoblanadi. Kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug‘i bilan belgilanadi. Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasining Kengashi to‘g‘risida namunaviy Nizom bilan belgilanadi. Institutda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin. VI. Jamoat tashkilotlari 52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq muassasada samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining institutdagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o‘qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi. Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari: ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimii ravishda monitoring o‘rnatish; Institutga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; Institutdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish. 53. Institutda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning muassasada saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o‘z ish faoliyatini olib boradi. Moliya-xo‘jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi 54. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, Muassasaning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktirilgan. Institut Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar qatoriga kiritilmagan. Muassasaga ajratilgan yеr uchastkalari unga operativ boshqarish (ijara, tekin foydalanish) huquqi asosida biriktirilgan. 55. Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari mablag‘laridan iborat; O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan (xorijiy valyuta) mablag‘lari; byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o‘tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; xalqaro va mahalliy moliya tashkilotlarining grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari; institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o‘quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, Muassasa mol-mulkini ijaraga berishdan, sotilishdan tushgan mablag‘lar; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 56. Institutning ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan talabalarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olingan to‘lovshartnoma asosidagi mablag‘lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. Muassasa asosiy faoliyatiga zarar yеtmaydigan tartibda ta’lim hamda boshqa sohalarda pullik ta’lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Muassasa shug‘ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak. Institut o‘z mulki bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish, pullik ta’lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to‘lovlardan so‘ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega. Institut pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidagi ta’lim faoliyati doirasida va uning o‘rniga amalga oshirishi mumkin emas. Institut O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo‘lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi. 57. Institutda lavozim maoshlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008- yil 24-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-926-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 164-son qarori va Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. OTM xodimiga lavozim maoshi (stavka) o‘z funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadi. Qo‘shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag‘batlantirish tadbirlarining hajmini Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27-avgustdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 517-son qaroriga muvofiq Muassasa mustaqil, moddiy rag‘batlantirish fondi doirasida amalga oshiradi. Institutning moddiy rag‘batlantirish fondidan foydalanish “Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida” gi (ro‘yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentyabr) nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 58. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur bo‘lgan xonalar ajratiladi. Muassasa qoshidagi tibbiyot xonasiga, shuningdek, o‘rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta’minoti bilan taminlangan xonalar ajratiladi. Muassasaning tegishli binolarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta’minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. VII. Xalqaro hamkorlik 59. Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega. Institutda chet el fuqarolarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlaming ta’limini boshqarish bo‘yicha tegishli organlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek Muassasaning xorijiy davlatlaming ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi. 60. Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda Muassasa quyidagi huquqlarga ega: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta’lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo bo‘lish; xorijiy davlatlaming ta’lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professoro‘qituvchilar va olimlarni dars mashg‘ulotlariga, hamkorlikda o‘quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish; xorijiy hamkorlik ishtirokida Muassasa tarkibiy bo‘linmalari (qo‘shma fakultetlar, qo‘shma ta’lim dasturlari, markazlar va boshqa bo‘linmalar)ni qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda tashkil etish; Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, doktorantlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, falsafa doktori (PhD) va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olishlarini ta’minlash; Institut talabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o‘tash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta’minlash; Institut va xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama o‘zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish; xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda Muassasaga o‘qishga qabul qilish va ularning o‘qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Institut qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning institutlari va tashkilotlari bilan boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish huquqiga ega. 61. Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek,<
Institut tuzilmasi
Termiz davlat pedagogika institutining tashkiliy tuzilmasi