Instituti


Ilmiy doklad (ma`ruzalar)ga tezis yozish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy doklad (ma`ruzalar)ga tezis yozish. 
Buhga tayyorlanadigan 
ma`ruzaning modeli (asosi) deb qarash kerak. Tezisda (odatda hajmi 1 yozuv 
varag’iga teng bo`ladi) ma`ruza mavzusining dolzarbligi, bajarilgan ishlar va 
olingan natijalarning qisqacha yozuvi beriladi. 
Dissertatsiya ishi.
Dissertatsiya ilmiy asar hisoblanib, u talabgorning e`lon 
qilgan ilmiy ishlari asosida maxsus tayyorlangan qo`lyozma shaklida yuqori 
malakada bajarilishi kerak.
“Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risidagi nizom”ni tasdiqlash haqidagi 
23.06. 2017 yildagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy 
attestatsiya komissiyasI rayosatining Qarorida dissertatsiyaga va dissertatsiya 
avtoreferatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
dissertatsiya - muallif tomonidan shaxsan olib borilgan, tadqiqot mohiyati 
tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida 
ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo`lyozma 
huquqiga ega bo`lgan ilmiy asar; 
dissertatsiya avtoreferati - dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy 
ma`lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda 
umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamdа nashr etilgan ishlar 
yuzasidan ma`lumotlar berilgan va belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilgan 
qulyozma huquqiga ega bo’lgan ilmiy asar.
54
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya 
bilimlarning tegishli sohasida muhim ahamiyatga ega masalaning yangi yechimidan 
iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik 
yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqilgan tugallangan ilmiy ish bo’lishi lozim. 
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tatsdim etilgan dissertatsiya 
tugallangan ilmiy ish bo’lishi va unda: 

muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan; 
54
 
http://lex.uz/Pages/GetPdfView.aspx?lact_id=3244217
  


128 

yoki tegishli fan 
sohasining istiqbolli yo’nalishini rivojlantirish uchun yirik yutuq 
sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan; 

yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot 
tarmog’ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shadigan nazariy
- metodologik va uslubiy 
asoslar, ilmiy asoslangan texnik, itqisodiy yoki texnologik yechimlar ishlab chiqilgan 
(takomillashtirilgan) bo’lishi lozim.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya kirish 
qismi, kamida to’rtta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 
iborat bo’lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 100 varaqdan 
(varaqning oldi va ortsa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati va ilovalar ko’rsatilgan hajmga kirmaydi). 
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 
kirish qismi, kamida uchta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 
iborat bo’lgan shaklda rasmiylashtiriladi. Dissertatsiyaning matni 60 varaqdan 
(varaqning oldi va ortsa tomoniga matn tushiriladi) oshmasligi kerak (foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati va ilovalar ko’rsatilgan hajmga kirmaydi). 
Dissertatsiyaning mundarijasida boblar va paragraflarning nomlanishi 
hamda ularning beti ko`rsatiladi.
Dissertatsiyaning kirish qismi tadqiqotning mohiyati to`g’risida qisqa, lekin 
yaxlit tasavvur hosil qilishga imkon berishi kerak. Mazkur qismda dissertatsiya 
tadqiqoti mohiyatini tavsiflaydigan asosiy ma`lumotlar puxta tahrir qilingan, qisqa, 
aniq va ravon bo`lishi kerak. 
Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak. 

dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati;

tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy 
ust
uvor yo`nalishlariga bog’liqligi;

dissertatsiyaning mavzusi bo`yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi; 

muammoning o`rganilganlik darajasi; 

dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta`lim va 
ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot 
ishlari bilan bog’liqligi;

tadqiqotning maqsadi; 

tadqiqotning vazifalari; 

tadqiqotning ob`ekti; 

tadqiqotning predmeti; 

tadqiqotning usullari; 

tadqiqotining ilmiy yangiligi; 

tadqiqotning amaliy natijasi; 

tadqiqot natijalarining ishonchliligi; 

tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; 

tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; 

tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; 

tadqiqot natijalarining e`lon qilinishi; 


129 

dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi. 
Dissertatsiyaning asosiy qismida ishning mazmun-mohiyati bayon qilinadi. 
Asosiy qism — boblar va paragraflardan tashkil topadi. 
Dissertatsiya xulosasida dissertatsiya tadqiqoti bo`yicha umumlashtirilgan 
xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq keltiriladi. Xulosa tahririy jihatdan 
puxta, qisqa, aniq va ravshan ifodalanib, bandlangan (raqamlangan) holda 
rasmiylashtiriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati dissertatsiya matnida havola qilingan 
barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro`yxatidan iborat bo`lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati alifbo, sistematik yoki matnda havola 
qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Dissertatsiyada foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni 
ro`yxatga kiritishga yo`l qo`yilmaydi. 
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 
bo’yicha e`lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo’lmasligi 
kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 
1 ta maqola) OAKning dissertatsiyalarni asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya 
etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilishi lozim. 
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy 
konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material 
(maqola, ma`ruza yoki ma`ruza tezisi) xalkaro konferentsiya materiallari to’plamida 
e`lon qilingan bo’lishi shart. 
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya 
bo’yicha e`lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo’lmasligi 
hamda ulardan Ro’yxatga kiritilgan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 
1 tasi tegishli fan tarmog’i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli 
ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e`lon qilingan bo’lishi kerak. 
Dissertatsiya natijalarining xalkaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy 
konferentsiyalarida keng muhokamasi asosida, jumladan kamida 2 tadan material 
(maaola, ma`ruza yoki ma`ruza tezisi) xalqaro konferentsiya materiallari to’plamida 
e`lon qilingan bo’lishi shart 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin