Monografiya nima va u qanday ilmiy-tadqiqot ishi hisoblanadi? Monografiya – (grekcha
μονοσ —«bir» va
γραφειν — «yozish» bir mavzuni yozish
ma’nosini anglatadi ), bir mavzuni, muammoni chuqur tekshirishga bag’ishlangan
va bir yoki bir nechta muallifga tegishli ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar.
Ilmiy natijalarni tahlil qilish tartibi. Ilmiy natijalarni tahlil qilishda
birinchidan ularga o`xshagan ilmiy natijalar (analog)ning mavjudligi, ikkinchidan
ilmiy tadqiqotlar o`tkazish jarayonida asbob (priborlar) vositasida olingan natija
ko`rsatgichlar, uchinchidan olingan natija ko`rsatgichlarining mavjud natija
ko`rsatgichlaridan ustun yoki kamchiliklari o`rganiladi.
Ilmiy natijalarning quyidagi ko`rsatgichlari bo`yicha tahlil qilinadi:
- muammo; - dolzarbligi; - o`rganilganlik darajasi; - echimlari; - iqtisodiy samaradorligi; - ijtimoiy ahamiyati. Ilmiy natijalarni seminarlar, konferentsiyalar, ilmiy kengashlarda
jamoachilik orqali yuqori malakali tahlil qilish shakli mavjud.
Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash tartibi. Ilmiy natijalar referat, ilmiy
maqola, aftoreferat, monografiya, darslik, o`quv qo`llanma shaklida chop etilishi
mumkin. Ilmiy natijalar qaysi shaklda chop etilishiga qarab tahririyatda o`rnatilgan
talablarga rioya qilingan holda nashrga tayyorlanishi shart.
Ilmiy natijalarni (monografiya, darslik, o`quv qo`llanmalarni) nashrga
tayyorlash tartibi quyidagicha:
-
ushbu soha mutaxassislari tomonidan taqriz (retsenziya)dan o`tkaziladi;
-
OTM ilmiy kengashining ilmiy asarni (monografiyani) chop etish
haqidagi qarori olinadi;
-
tahririyat tomonidan tahrir etiladi;
-
bosmaxonaga chop etish uchun bosma tabog’i va soni ko`rsatilgan
buyurtma beriladi.