Instituti


Mahsulotni hayot sikli (Zeyd tomonidan tuzilgan)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Mahsulotni hayot sikli (Zeyd tomonidan tuzilgan)
49
 
 
Ushbu sxemada mahsulotni hayot siklini ikki muhim: 
ishlab chiqish va ishlab 
chiqarish bosqichlari
ko`rsatilgan. Ishlab chiqish bosqichi marketing ya`ni bozor 
tomonidan ishlab chiqilgan iste`molchilarning talabidan boshlanib chizmada 
ifodalanuvchi mahsulotning to`liq tavsifini bayon etish bilan yakunlanadi. Ishlab 
chiqarish jarayoni esa texnik talabdan boshlanib tayyor buyumni sotuvga chiqarish 
bilan yakunlanadi. 
48
Кунву Ли. Основы
САПР (CAD/CAM/CAE) (перевод с англ.)

–М.: Питер, 2004.

с
.17. 
49
Кунву Ли. Основы САПР (CAD/CAM/CAE) (перевод с англ.). –М.: Питер, 2004. –
с.
18. 


121 
Ishlab chiqish jarayoniga tegishli bo`lgan operatsiyalar 
sintetik
(umumlashgan) va 
analitik
(tahliliy) larga bo`linadi. Chizmadan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqishning 
boshlang’ich operatsiyalari: 
ishlab chiqish zaruratini aniqlash, texnik talablarni 
bayon etish, mahsulotni yaratish uchun tahliliy ma`lumotlar yig’ish va amalga 
oshirish, shuningdek loyihani asoslash sintetik ya`ni umumlashgan kichik 
jarayonga qarashli bo`ladi. 
Sintetik kichik jarayonning natijasi ishlab chiqarish mo`ljallanayotgan buyumning 
loyihasi bo`ladi. Hayot tsiklining bu qismida mahsulotni ishlab chiqish g’oyasini 
amalga oshirish uchun zarur bo`lgan asosiy moliyaviy mablag’ miqdori belgilanadi, 
shuningdek uning amalga oshirilishi aniqlanadi. Sintez kichiktizimi doirasida 
tug’iluvchi va qayta ishlanuvchi axborotlarning katta qismi asliy hisoblanadi va 
ularni komp’yuterda qayta ishlash noqulay bo`ladi. 
Tayyor asoslangan loyiha tahlil qilinib optimallashtiriladi, bu analitik kichiktizim 
bo`ladi. Avvalo analitik (tahliliy) model ko`riladi, chunki birinchi navbatda loyiha 
emas, balki aynan model tahlil qilinadi. 
Konstruktsiyalashda qo`llanilayotgan kompyuterlar miqdor va sifat jihatidan keskin 
oshib borayotganiga qaramay, yaqin orada abstrakt analitik modellarni qo`llashdan 
voz kechib bo`lmaydi. Agar loyihadan muhim bo`lmagan qismlar olib tashlansa
o`lchash soddalashtirilsa va mavjud simmetriya hisobga olinsa analitik model 
olinadi. O`lchamlarni soddalashtirish deganda, masalan yupqa listni qandaydir 
xususiyati, qalinligi o`xshash bo`lgan boshqa materialga almashtirish tushuniladi. 
Jism va unga qo`yilgan yukning simmetriyasi modelda faqat shu jismning bir 
qisminigina ko`rish imkoniyatini beradi. 
Olinadigan xulosaviy natijalar sifati bevosita tanlangan analitik model sifatiga 
bog’liq bo`lgan tahlil natijasida olinadi. 
Loyihalashni tugatib va optimal parametrlarni tanlab bo`lingach loyihani baholash 
bosqichi 
boshlanadi. 
Buning 
uchun 
prototip 
yasaladi. 
Prototiplarni 
konstruktsiyalashda 
jadal prototiplash
50
deb ataluvchi yangi texnologiyadan 
foydalanish keng ommalashib bormoqda. Bu texnologiya prototipni pastdan 
yuqoriga qarab, yangi faqat konstruktsiyaning ko`ndalang kesimi to`g’risidagi 
ma`lumotlarni talab qiluvchi asl loyihadan bevosita konstruktsiyalash imkonini 
beradi. Agar loyihani prototip asosida baholashda loyiha qoniqarsiz bo`lsa, yuqorida 
keltirilgan ishlab chiqish jarayoni parametrlarni o`zgartirgan holda davom ettiriladi. 
Loyihani baholash qoniqarli bo`lgach, loyihani hujjatlashtirish jarayoniga 
tayyorgarlik boshlanadi. Mahsulotning loyiha hujjati to`liq rasmiylashtirilgandan 
so`ng, barcha hujjatlar mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxonaga beriladi. 
Mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona loyiha hujjatlarda ko`rsatilgan chizmalar va 
hisob kitoblar asosida mahsulotni ishlab chiqarishni rejalashtiradi va bu jarayon 
tayyor namunaviy mahsulotni ishlab chiqarish bilan tugaydi. 
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash
– bu mahsulotni tayyorlash bo`yicha 
texnologik jarayonlar ro`yxatini belgilab ularning parametrlarini beruvchi 
operatsiya. Bir paytning o`zida jamlangan materialdan kerakli shakldagi detallarni 
50
“CAD/CAM & Rapid prototyping application evaluation”, 1st edishion © 2010 Miltiadis A. Boboulos
PhD&bookbon.com.- 
р
.8 


122 
olish uchun texnologik operatsiyani amalga oshiruvchi jihozlar tanlanadi. Ishlab 
chiqarishni tayyorlash natijasida ishlab chiqarish rejasi , uskuna jihozlar uchun 
dasturlar va materiallar ro`yxati tuziladi. Shu bosqichda boshqa maxsus talablar, 
qisqich va bog’lash materiallarining konstruktsiyalariga ishlov beriladi. Ishlab 
chiqarish jarayoniga tayyorgarlik loyihalash jarayonining sintez kichikjarayoni kabi 
mutaxasislarning katta hayotiy tajribasini va sifatli qarorlarni qabul qilishni talab 
etadi. Bu tavsifdan mazkur bosqichni to`liq komp’yuterlashti rish murakkabligi 
ko`rinib turibdi. Texnologik tayyorgarlik tugagach tayyor mahsulotni ishlab 
chiqarishni boshlash hamda ishlab chiqarilgan mahsulot talabga to`liq mos kelishi 
tekshiriladi. Sifat nazoratida a`lo baho olgan detallar bir joyga yig’iladi, ishlashi 
sinovdan o`tkazilib, qadoqlanadi. Tamg’alanib buyurtmachilarga yuboriladi. 
Biz mahsulotning hayot siklini qarab chiqdik. Endi bu siklning barcha bosqichlarida 
CAD/CAM/CAE
- texnologiyalari qanday qo`llanilishini ko`rib chiqamiz. Yuqorida 
aytib o`tgakichikizdek, sintez kichikjarayonida komp’yuterlar keng qo`llanilmaydi. 
Chunki ular bo`lgusi mahsulot to`g’risidagi axborotlarni sifatli qayta ishlash 
imkoniyatiga ega emas. Lekin hatto bu bosqichda loyihachi masalan, tijorat 
ma`lumotlar bazasidan tahlilni amalga oshirish uchun muhim axborotlarni 
muvofaqqiyatli yig’ishi, shuningdek kataloglardagi ma`lumotlardan foydalanishi 
uchun loyihalarni asoslash jarayonida komp’yuterlarni qo`llashini tasavvur etib 
bo`lmaydi, chunki komp’yuterlar hali intellektual ijod uchun kuchli vositaga 
aylangani yo`q. 
Bu bosqichda har xil asoslangan loyihalarni chizmalarini yaratish, hisob kitob 
ishlarini amalga oshirishda komp’yuterlardan keng foydalanildi.
Chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida makrodasturlar, 
shuningdek parametrik va geometrik modellashtirish vositalaridan foydalanish 
foydali bo`ladi. 
Loyihalash jarayonida keng qo`llaniladigan geometrik modellashtirish tizimi bu 
chizmalarni ishlab chiqishning avtomatlashgan tizimida uch o`lchovli ekvivalent
ya`ni uch o`lchamli ishlovchi dasturiy paketdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin