119
Ikkinchi jahon urushi elektrotexnik tizimni integratsiyalashuvi yo`nalishiga
nochiziqli elementlarning katta sinfini qo`shish uchun katta turtki bo`ldi. Murakkab
energetik va axborot tizimilarini endi qo`lda loyihalash usulida talab darajasida
loyihalash uchun imkoniyat bo`lmay qoldi. Loyihalash nazariyasi darajasi va xalq
xo`jaligi talablari orasidagi bu ziddiyatni hisoblash texnikasini rivojlantirish
hisobiga
bartaraf etilib, shu davrdan boshlab loyihalash jarayonlarini
avtomatlashtirishga poydevor qo`yildi. Avval elektron hisoblash mashinalarida
loyihalashning hisob-kitoblarining sodda algoritmini yaratish odat tusiga kirdi.
Keyinchalik differentsial tenglamalar va nochiziqli bog’lanishlarni EHMda
hisoblashning sonli usullari jadal rivojlantirildi. Natijada hatto EHMlarning birinchi
avlodi bilan loyihalash hisoblarini bajarish hisobiga mehnat samaradorligi keskin
oshdi. Lekin EHMlarning loyiha variantlarini katta miqdorini ko`ra
olish
imkoniyatiga ega loyihachilar loyiha variantlarini etkazib berish uchun jismonan
ulgura olmadilar. Bu ziddiyat esa ikkinchi avlod EHMlarini yaratish, loyiha
qarorlarini qabul qilishda kibernetik usullarni rivojlantirish hisobiga bartaraf etildi.
EHMlarning xotira hajmini va tezkorligini oshishi loyihalashda optimallash
masalalarini echish imkonini yaratdi. Loyihalash
davri qisqarib uning sifati
yaxshilandi.
Elektron hisoblash mashinalarining mashina grafikasi va boshqa uskunalar
vositalariga ega bo`lgan uchinchi avlodini yaratilishi loyihalash jarayonlarida
nafaqat hisob-kitob ishlarini, balki loyihalashning konstruktorli texnologik
bosqichini ham avtomatlashtirish uchun imkoniyat yaratdi.
Har xil sohalardagi
loyihachilar (hisobchilar, konstruktorlar, texnologlar) mehnatini bir jamoaga
birlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy texnik vositalarini yaratish keskin
rivojlandi. Hisoblash texnikasi uchun dasturlashtirish umumlashtirilib,
undan
foydalanishda maxsus bilimni talab etmaydigan holga keltirildi.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini yaratish usuli bilan
loyihalashning hamma jarayonlarini konveyer holda avtomatlashtirish muammosi
bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: