qo`lda namunaviy loyihalash deb e`tirof etildi
. Qo`lda namunaviy loyihalash davri 40-60 yillar oralig’ida jadal rivojlandi va u o`z
tarkibiga
guruhli loyihalash, agregatlash va unifikatsiyalash usullarini joriy etdi.
Guruhli loyihalash usulida aniq bir buyum loyihalanmasdan bir-biriga tuzilishi
jihatidan o`xshash bo`lgan buyumlarning mavjud hamda bashoratlanayotgan davrda
nazarda tutilayotgan shart-sharoitlarni qanoatlantiruvchi bir butun turkumning bir
qator parametrlari loyihalanadi.
Alohida buyumlarni yakka tartibli loyihalashdan ko`ra ob`ekt va loyihalash
jarayonlarini bir-biriga o`xshashligi tufayli buyumlarning bir qator parametrlarini
guruhli loyihalash samaradorligi ancha yuqori bo`ladi.
Agregatlash 45 va unifikatsiyalash 46 usullarining mohiyati avval detal va qismlarning
namunaviy konstruktsiyalarini minimal miqdorini ishlab chiqib, keyin har xil
buyumlarni loyihalashda ko`p martalab foydalanish uchun ishlab chiqishda
namoyon bo`ladi. Keyinchalik unifikatsiyalash loyihalashning hamma sohasini, shu
jumladan tashkiliy sohasini loyihalashda, ya`ni buyumning tarkibiy qismlarini
maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishda hal etuvchi ta`sir ko`rsatadi.
Agregatlash va unifikatsiyalash usuli orqali nafaqat loyihalovchilarning ish samaradorligi oshdi,
balki buyumlarning tarkibiy qismlarini funktsional printsiplari va montajiga ko`ra
o`zaro almashuvini amalga oshirish yo`li bilan uning ishonchliligi va barqarorligini
oshirishning yangi imkoniyatlari yuzaga keldi.
XX asrning 50 yillariga kelib konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish hamda
unga murojaat etishni muvofiqlashtiruvchi
konstruktorlik hujjatlarini yagona tizimi (единая система конструкторской документации - ЕСКД)