Har bir millat o‘zida ma’lum bir milliy an’analarni aks ettiradi. Ya’ni har bir xalqning, millatning o‘z milliy an’analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma’noda har bir inson ana shu milliylikni o‘zida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til, tarix, adabiyotga aloqador bo‘ladi. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaromadaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o‘zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o‘rtasidagi alohida spetsifik yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha - lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Natijada XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammos ini o‘rganishni maqsad qilgan – tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi.
Lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o‘rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o‘rnini o‘rganadi.
Lingvokulturologiyani o‘rganish obyektiga ko‘ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o‘rganish obyektiga bo‘lgan yondoshuviga ko‘ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo‘lishi hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog‘liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o‘rganadi hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o‘ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumki, madaniyat tushunchalar sistemasi, muayyan xalqning hayot obrazi, milliy xarakter, milliy mentalitet sifatida keng etnografik mazmun kasb etadi. N.S.Trubetskiyning yozishicha: “Madaniy konnotatsiyalarsiz biror so‘z bo‘lishi mumkin emas, ya’ni qiyosda, solishtirishda qandaydir umumiy qismlar bo‘lishi shart”2. Til va madaniyatning ana shunday o‘zaro yaqinligi va aloqadorligi ularni yagona metodologik asosda o‘rganish imkonini berdi. Ya’ni, til va madaniyat. “Til va madaniyat” muammosining o‘rganilishida bir qancha yondoshuvlarni belgilash mumkin: birinchi yondoshuv faylasuf olimlar (S.A.Atanovskiy, G.A.Brutyan, E.S.Markaryan) lar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda madaniyatning tilga bir tomonlama ta’siridan borliqning o‘zgarishi natijasida milliy-madaniy tipiklashtirish va tilda o‘zgarish yuz beradi, degan g‘oya yotadi3.
Ikkinchi yondoshuvda esa bu ta’sirning aks tomoni, ya’ni hozirgi kungacha ochiq qolib kelayotgan va munozarali masala – tilning madaniyatga ta’siri masalasini o‘rganish maqsad qilinadi. Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish bu yondoshuvning asosiy g‘oyasi sanaladi.
Tilni ruhiy quvvat sifatida tushunish V.Gumboldt,A.A.Potebnya) asosida Sepir-Uorfning lingvistik aloqadorlik gipotezasi, ya’ni har bir xalq borliqni o‘z ona tilisi orqali ko‘radi, his etadi, his etganini belgilaydi, degan g‘oya yotadi4.
Bu g‘oya keyinchalik, I.L.Vaysgerberning tilni “O‘tkinchi dunyo”, ya’ni “borliqni anglash”, muayyan “mavjudlik va tafakkur” sifatida qaraluvchi g‘oyalarida ilgari surilgan. Uning bu gipotezasi ko‘pchilik olimlar tomonidan inkor etilgan bo‘lsa-da, biroq ular boshqa usullar bilan tushuntirilishi murakkab bo‘lgan hodisalarni anglashga yordam berdi..
Xususan, N.I.Tolstning etnolingvistik maktabi vakillarining ishlari, E.Barminskiy va izdoshlarining lingvoantropologik yo‘nalishdagi ishlari buning isbotidir5.
Uchinchi yondoshuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va aloqadorligi g‘oyalariga asoslanadi. Til milliy mentalitetning spetsifik qirralarini o‘zida namoyon etadi. Boshqa tomondan “madaniyat tilda“ joylashgan, ya’ni u matnda to‘laligicha o‘z ifodasini topadi.
“Lingvokulturologiya” atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliya va V.V.Vorobyov, V.A.Maslova va boshqalarning ishlarida ko‘rindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar6. Ushbu adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi7.
Bu kabi qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet el olimlari tomonidan ham tan olindi. Bunday qarshlarga ko‘ra, til nafaqat madaniyat bilan bog‘liq, balki u o‘zida madaniyatning o‘sishini ham ifodalaydi. Til bir vaqtning o‘zida yaratish quroli,madaniyatning rivojlanishi va
saqlanishini ta’minlovchi uning bir qismidir, shuning uchun til yordamida ma’naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish , materiallari real yaratiladi. Ana shu g‘oyalar asosida ming yillarda chet elda yangi fan lingvokulturologiya vujudga keldi va XX asrning 90-yillarida maxsus soha sifatida shakllandi. Lingvokulturologiya bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:
Lingvokulturologiya yorqin madaniy aloqalarni, lingvomadaniy holatlarni, aniq ilmiy izlanishlarni o‘z ichiga oladigan alohida sotsial guruh.
Diaxronik lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o‘tish vaqtining o‘zgarishlarini o‘rganadi.
Qiyosiy lingvokulturologiya. Lingvomadaniyatda paydo bo‘ladigan turli xil etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug‘ullandi.
Таvsifiy lingvokuturologiya. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar barmoq bilan sanarli. Ular orasida M.K.Golovanivskaning “Rus tilida so‘zlashuvchilar nuqtai nazarida fransuz mentaliteti” nomli ishi kat ta ahamiyatga ega. Ishning obyekti sifatida rus va fransuz tillaridagi abstrakt tushunchalar: taqdir, xavf, omad, qalb, ong, tafakkur, g‘oya va boshqalar olingan.
Lingvokulturologik leksikografiya. Lingvoo‘lkashunoslik lug‘atlarini tuzish bilan shug‘ullanadi8.
Llingvokulturologiyaning bu yo‘nalishi hozirgi kunda boshqa yo‘nalishlarga qaraganda jadal rivojlanib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida D.G.Maltsevaning lingvoo‘lkashunoslik lug‘atini keltirishimiz mumkin. Bu lug‘at 25 bobdan iborat. Unda Germaniya realiyalarida ifodalanuvchi til birliklari, iqlim xususiyatlari, hayvonot va o‘simlik dunyosi, mamlakatlar tarixi, qadimiy urf-odatlar, an’analar; qadimiy afsonalar, son va rangni ifodalovchi simvollar; to‘y, marosimlar, bayramlar; diniy marosi mlar; valyuta tizimining rivojlanishi; uzunlik, og‘irlik, hajm, yuza; savdo-sotiq ishlari, fan, texnika, tibbiyot; pochta xizmati, shaharlar qurilishi va arxitektura tarixi kabilar obyekt sifatida olingan.
Shuningdek lug‘atda berilgan ma’lumotlar ichidan til, kitobatchilik, hattotlik, san’ati, talaba va talabalar hayoti, maktab, milliy kiyimkechak spetsifik
elementlari, milliy taomlar, milliy o‘yinlar, milliy raqslar, an’anaviy ko‘rishish usullari va tilaklar, etiketga xos jumlalar, shaxsiy ism va familiyalar, milliy imo-ishoralar, badiiy ijod namunalari, aforizm, milliy xarakter kasb etuvchi olmon qo‘shiqlari joy olgan.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bunday lingvoo‘lkashunoslik lug‘atlarini yaratishda til va mada niyat munosabati xarakterini to‘g‘ri belgilash o‘ta muhim sanaladi.
23.
Dostları ilə paylaş: |