O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA TA`LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTI RAXBAR VA
MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH
VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
BITIRUV LOYIHA ISHI
Мавзу: 4-5 yoshli bolalar uchun O’zbek milliy raqs elementlari turlarini
ochib berish.
LOYIHA RAXBARI: Katta o`qituvchi M.M.Rizayeva
LOYIHA BAJARUVCHI: Andijon viloyati Xo’jaobod tuman 6-MTT musiqa
raxbari Mamadaliyev Zokirjon
Andijon 2020
R E J A
Kirish
1-bob.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi
.
1.1.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasining vazifalari
.
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni.
2-bob.
4-5 yoshli bolalar uchun O’zbek milliy raqs elementlari turlarini ochib berish
.
2.1. O;zbek milliy raqs namunalaridan foydalanishning samarali usullari.
2.2. Milliy raqs namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini
shakllantirish.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
• Zamonaviy sharoitda maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi maktabga
tayyorgarlik ko'rishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zlikni anglash hissi
rivojlanmasligi uning keyingi rivojlanishiga ta'sir qiladi. Maktabgacha yoshdagi
bolada o’zlikni anglash hissi o'z vaqtida va to'laqonli shakllanishi normal
rivojlanish va shartli ravishda maktabda muvaffaqiyatli o'qishning asosiy
shartlaridan biridir.
• 2020 yil yanvar oyidan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xoreograf
lavozimi joriy etildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib
boruvchi pedagoglarni o’yin shaklidagi yangi pedagogik texnologiyalar bilan
tanishtirish, bolalarda musiqiy qobiliyat va iste’dodni to’g’ri tarbiyalash ishlarini
yo’lga qo’yishga erishish asosiy maqsad qilib olindi.
• Hozirgi kunda ayniqsa milliy musiqa va raqslar maktabgacha ta’limda asosiy
tarbiya vositalaridan biri bo’lib hizmat qilmoqda.
1.1. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHDAGI BOLALAR MUSIQA
TARBIYASINING VAZIFALARI.
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli - emotsional idrok
etishi va bola xarakterining shakillaishiga ta’sir ko’rsatishi uchun musiqa tarbiyasining
maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo’yiladi:
1.Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish.
2.Bolalarni ashula aytish va musiqaviy-ritmik malakalarga o’rganish. Ularda musiqani qabul qilish,
his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash.
3. Bolada badiiy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Bu vazifalarning hammasi bir-biri bilan o’zaro mustahkam bog’langan. Birinchi vazifani ko’rib
chiqamiz. Musiqaviy deganda nimani tushunish kerak? Bu sifat o’z ichiga qimmatli ikki tomonni
oladi:
a) emotsional jonkuyarlilik - musiqa asarining uning obrazli mazmuniga aloqador qayg’ura olish
qobiliyati;
b) Bolalarga juda nozik eshitishni, asarning musiqa-tovush materialini ajratishni ta’minlaydigan
musiqa idroki va musiqaviy qobiliyatlarni rivojlantirish.
Musiqaviylikni har ikkala tomoni ham ajralmas birlikda turadi va bir vaqtning o’zida
tarbiyalanadi.
Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili bo’lib, garmonik rivojlangan
shaxsning kamolotga erishishi uchun unga muhim ta’sir etuvchi jarayondir. MTMda,
oilada musiqa mashg’ulotlarini qoniqarli uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini
boyitish va san’atni to’g’ri tushunishidagi yagona yo’ldir. Musiqa ayni bir vaqtning o’zida
ham fan ham san’atdir.
Musiqaviy estetik tarbiya masalalari bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bola
shaxsining shakllanishi jarayonida uning estetik madaniyat asosidagi har tomonlama
badiiy rivojlanishi tarbiyachidan jiddiy mas’uliyat talab qiladi.Chunki maktabgacha
yoshdagi bolalardagi musiqa tarbiyasi bolaning mehnatga, Vatanga va burchga
muhabbatni shakllantiradi, tarbiyalaydi, hamda uning butun hayoti mobaynida unga
hamroh bo’lib boradi.
Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish
borasida aniq vazifalarni qo’yadi:
- bolalarni tabiat go’zalliklarini, badiiy asarlarni idrok etish;
- estetik did va hissiyotni shakllantirish;
- hayotda go’zallik tushunchasini to’liqligicha anglashni o’rgatish;
- bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy faoliyati mazmuni .
Musiqa tinglash. Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish
ham katta san’at hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan
rivojlana boshlaydi. MTMda amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning
poydevoridir.
Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo’lmaganligi
tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok
etishga qobil bo’ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo’shiqlarni yaxshi idrok
etadilar. Chunki, so’z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok
etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning
tanish ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni
maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo’ladigan zavqlanish,
ajablanish, quvonish holatlarini kuzatish mumkin.
Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy
obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari
kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini
boyitadi. MTM sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at
bilan uzviy bog’langan holda amalga oshiriladi.
Musiqa tinglash faoliyatida musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash shakllanadi.
Bu faoliyatda bolalar musiqa tinglab, uni bevosita idrok eta boshlaydilar. Bu
esa ularning musiqiy tafakkurlarini shakllantiradi, shuningdek, ularda musiqiy
dunyoqarash ham shakllanib boradi. Tinglangan musiqiy asar haqida
mulohaza yurita boshlaydilar Maktabgacha
ta’lim
muassasalari
tarbiyalanuvchisi
shaxsini
shakllantirishda
qo‘shiqlar
o‘rgatish
texnologiyasining o‘rni muhimligi mazkur bitiruv ishi natijalarida yana bir bor
o‘z tasdig‘ini topdi. Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq kuylash bolalarga ijobiy
ta’sir yetibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi
shakllanishiga ham samarali ta’sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va
metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga barqaror
qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz
musiqasini ajratishga o‘rganadilar.
•
Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga
oshirishda o‘yin uslublaridan keng foydalanish tavsiya yetiladi. Ushbu
faoliyatlar zamiri ko‘proq o‘yin xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yangi o‘quv
dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab darajasida berilgan. Bu
rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o‘quv yilining muhim
sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir
paytda rahbar dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy
jihatdan muhim, Bolalarinng kichik yoshlik xususiyatlariga, idrok
amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlaridan keng foydalanish xuquqiga ham
yegadir. Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa
ijodkorligi faoliyatida tavsif yetilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan.
Mashg‘ulot sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu yesa
mashg‘ulotlarni rejalashtirishda va mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda
ijodiy yondoshishni toqozo yetadi.
2.1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’zlikni anglash
hissini rivojlantirishda milliy musiqa namunalaridan
foydalanishning samarali usullari
Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda
musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi.
Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi
metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog’liqdir. Bunda
birinchi manba musiqaning o’zi bo’lishi tabiiy, chunki «faqat
musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu
borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va
kunikmasini orttirib borishga qaratilgan buladi. Bolalarnig yoshi
qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga
ketadigan davr ham shunchalik ko’p bo’ladi. Bilim olishning ikkinchi
manbai pedagog so’zidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz haqida
yaxlit tassavurga ega bo’lishni, muzika asarining mazmunini aniq
tushunib olishini ta’minlaydi.
• Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi
berishning o’zaro uzviy boglangan uchta metodi bor:
1) ko’rgazmali metodi;
2) so’zlab berish metodi;
3) amaliy faoliyat metodi.
Bu
metodlarning
har
biri
ma’lum
spetsifik
xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o’z ichiga oladi.
O’rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan
musiqa mashg’ulotining konkret vazifasi, ijro etilayotgan
musiqa materialining murakkabligi, o’qitishning bosqichlari va
bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
KO’RGAZMALI METOD. Bu metod bolalarga turli hodisalarni, atrof-
muhitdagi voqealarni, kishi va hayvonlarning hissiyoti, harakatni yorqin va
badiiy obrazlarda ko’rsatishga, ularni hayot va turmush jixozlar bilan
tanishtirishga asoslanadi.
AMALIY FAOLIYAT METODI. Bolalarning konkret faoliyati ma’lum
maqsadlarga yo’naltirilgan hamda sistemali mashg’ulotlar tarzida olib
boriladigan ta’lim-tarbiya sifatida qaraladi. Qo’shiq aytish va muzikal-ritmik
harakatlarni bajarishda bolalarga shunday rahbarlik qilish kerakki, ular
topshirikni mumkin qadar ta’sirli va ifodali qilib bajarishga intilishsin. Bolalarni
o’rgatish jarayonida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olib topshiriqlarni
asta-sekin murakkablashtirish mumkin. Bunday murakkablashtirish bolalarning
ko’nikma darajasiga va ta’lim programmasiga xilof bo’lmasligi kerak. Ba’zi qiyin
holatlarga duch kelganda yesa bolalar bilan alohida individual ishlash tavsiya
qilinadi.
• SO’ZLAB BERISh METODI. Bu metod bola ongiga mo’ljallangan bo’lib, uning
faoliyatini ma’noli va mazmunldor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so’zi
musiqa asarining programmasini tushunib olishda bolaga yordam beradi:
uning tasavvurini jonlantiradi, ijodiy aktivligani oshiradi. So’zlab berish
metodini quyidagi usullari bor:
• 1 )tushuntirish. Bu usuldan yangi asarni tinglash, qo’shiq aytish, uyin va
raqslarni qo’yish, mashq qilish paytida foydalniladi. Tushuktirish aniq va qisqa,
ortiqcha qaytariqlarsiz bo’lishi kerak. Musiqa material va topshiriqlar bolalar
tomonidan o’zlashtirila boshlangan dastlabki (birinchi) davrda tushuntirish
yana bir bor takrorlanadi. Obrazli hikoya qilish tipidagi tushuntirishlar
programmali musiqa asarlarini tinglashda va syujetli musiqaviy o’yinlarni ijro
yetishda qo’llanishi mumkin.
• 2) izohlash. Bunday izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarni, qo’shiq aytishnyang
turli yo’llarini ko’rsatishda qisqa va aniq formada beriladi. Izohlarning noaniq
bo’lishi ko’gshncha tushunmaslikka va yomon ijro yetishga sabab bo’ladi.
Izohlash ko’rsatish bilan uzviy boglangan bo’lishi kerak.
2.2. Milliy musiqa namunalari vositasida bolalarda o’zlikni anglash hissini
shakllantirish.
O‘zbekiston Mustaqillikka yerishdi. Istiqlol Sharofati tufayli qadryatlarimiz,
unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz
tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari Shaklan va mazmunan
o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar
quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni. 2. O‘qituvchi
va murabbiylar kuni. 3. Mehrjon bayrami. 4. Yangi yil bayrami. 5. Vatan
himoyachilari kuni. 6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 7. Navro‘z bayrami. 8. Xotira
va qadrlaSh kuni. 9. Gul va quShlar bayrami. 10. Sog‘lomjon va polvonjon
bayram yertaligi. 11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.
Bayram ertaliklari va doimiy musiqa mashg’ulotlarida milliy musiqa
namunalaridan foydalanish orqali bolalarda milliylik va o’zlikni anglash xissini
shakllantirish samarali usullardan biri bo’lib, bugungi kunning talablaridan
biri hisoblanadi.
Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor. Masalan, 1 sentabrda
nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga
munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi
tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston
Respublikasi madhiyasini kuylaydilar.
Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab,
«Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona
yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy
obrazlar orqali chuqurroq idrok yetishlariga yerishish lozim.
Shunday qilib bolaga o’zligini anglashda milliy musiqa namunalaridan
foydalanish MTT musiqa rahbarlarining pedagogik mahoratiga va bilimiga ham
ko’p jihatdan bog’liqdir.
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos
xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi. Bolalar musiqiy estetik
madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb
muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini Shaxs ma’naviyatining
yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik
darajasi tashkil yetadi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida
musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi
bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa maShg’ulotlarini
yanada takomillashtirishga undamoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini
Shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan
taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol
Shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Dostları ilə paylaş: |