Sehrli tayyoqcha- Magic wand-[W] bir xil rangli sohani tanlash. Tanlangan sohaga qo`shimcha soha qo`shish uchun
Shift tugmasini bosib turib ushbu tugmachadan qayta foydalanamiz. Agar Alt tugmasini bosib soha tanlasak,
u holda
tanlanlgan sohadan olib tashlash tushuniladi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo`ladi:
•
Shift va Alt tugmalar harakatlariga o`xshash holatlarni tanlash.
•
Tolerance – soha tanlashda sexrli tayoqchaning sezuvchaligini o`zgartirish.
•
Anti-Aliased opsiyasi tanlangan sohaning chegaralar rangini ko`zga ko`rinmas qilib bir biriga moslash.
•
Contiguous opsiyasi –tanlangan soha bitta umumiy bo`lishini yoki bir nechta qismdan iborat bo`lishini ta’minlaydi.
•
Use All Layers opsiyasi –sehrli tayyoqchaning soha tanlanganligi xamma qatlamlarga tegishli yoki faqat asosiy bo`lgan
qatlamga tegishligini ta’minlaydi.
Tanlangan soha ustidan biz har xil harakatlarni bajarishimiz mumkin. Masalan, xotiraga qirqib olib yoki nusxa olib, yangi
qatlamga uni qo`yishimiz mumkin. Yoki uning hajmini o`zgartirish va aylantirish mumkin. Va nihoyat uni ish soha bo`ylab
siljitishimiz mumkin.
Siljitish-Move(peremesheniye )-[v]-tanlangan sohani ish soha bo`ylab harakatlantiradi.
Agar Alt tugmasini bosib
harakatlanishni boshlasak, u holda tanlanilgan sohaning nusxasi olinib, u harakatlanadi. Agar Shift tugmasidan foydalansak,
u holda tanlangan soha faqat vertikal va gorizontal harakatlanadi. Tanlangan sohani klaviaturadagi yo`nalish strelkalari orqali
xam harakatlantirish mumkin, shunda har bir strelka bosilganda tanlangan soha 1 pikselga siljiydi.
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
•
Auto Selest Layer sohasi – sichqoncha yordamida faol bo`lmagan qatlamni faol qilish.
•
Show Bounding Box - tanlangan soha chegaralarida ramka xosil qilish. Ushbu ramka yordamida rasmni cho`zish va
aylantirish mumkin bo`ladi.
•
Kadrlovchi –Crop-[c]- faylning kerak emas qismlarini qirqib olib rasmni kichkinalashtirish. Buning uchun kerakli
sohani tanlab olib Enterni bosamiz, agar tanlanishni bekor qilmokchi bo`lsak, ESCni bosishimiz kerak.
Bo`lish pichoqchasi –Slice-[k] tasvirni bir nechta qismga bo`lib, uni Internetda qismlarga bo`lingan holatda chiqarish
uchun tayyorlab qo`yiladi.
Bo`linishlarni sozlash – Slice Selest- [k] bir nechta qismga bo`lingan tasvirni sozlash.
Xususiyatlar qatorida quyidagilar faol bo`ladi:
•
Stule sohasi yordamida tanlash holatini tanlaymiz.
Normal cheksiz soha, Constrained Aspect Ratio –yonlari
ko`rsatilgan proporsiyalardagi soha tanlash, Fixed size -yonlari ko`rsatilgan kattalikdagi soha tanlash.
•
Show Slice Numbers –qismlarning nomerlarini ko`rsatish va ko`rsatmaslik.
•
Line Color –bo`linish chegaralarining rangini o`zgartirish.
•
Promote To User Slice – bo`linishlarni avtomatik gorizontal va vertikal davom ettirish.
•
Slice Options tugmachasi- bo`lakchaning xususiyatlarini o`zgartirish va sozlash.
Dostları ilə paylaş: