Noyob kalit nima #agar jadvalda kaliti mazkur kalitga teng ma’lumot yagona bo’lsa
Ketma-ket qidiruv algoritm tartibi qanday #Chiziqli
Binar qidiruv algoritm tartibi qanday #Logarifmik
Xeshlashtirish algoritm tartibi qanday #Konstantali
Chiziqli qidiruv qachon samarali #massiv va ro’yxatda
Ketma-ket yoki chiziqli qidiruv – bu … #Ma’lumotlar butun jadval bo’yicha operativ xotirada kichik adresdan boshlab, to katta adresgacha ketma-ket qarab chiqiladi
Indeksli-ketma-ket qidiruv – bu … #Indekslar jadvalidan gurux topiladi, va unda ko’rsatilgan mos chegaralarda chiziqli algoritm oshiriladi
Binar qidiruv – bu … #Berilgan massiv o’rtasidagi element olinadi va u qidiruv argumenti bilan taqqoslanadi. Topilmasa chegaralar mos ravishda o’zgartiriladi
Xeshlash – bu … #Funksiya yerdamida xesh-jadval to’ldiriladi va undan qidiriladi
Operativ xotirada bajariladigan saralash qanday ataladi #ichki saralash
Saralash usullari orasidan noto’g’risini toping. #dinamik
Berilgan to’plam elementlarini biror bir tartibda joylashtirish jarayoni #Saralash
Saralash usuli … deyiladi, agar saralash jarayonida bir hil kalitli elementlar nisbiy joylashuvi o’zgarmasa #Turg’un (stable)
Qo’yish orqali saralash g’oyasi. #Obyektlar hayolan tayyor a(1),...,a(i-1) va boshlang’ich ketma-ketliklarga bo’linadi. Har bir qadamda (i=2 dan boshlab) boshlang’ich ketma-ketlikdan i-chi element ajratib olinib tayyor ketma-ketlikning kerakli joyiga qo’shiladi.
Tanlash orqali saralash g’oyasi. #Berilgan obyektlar ichidan eng kichik kalitga ega element tanlanadi.Ushbu element boshlang’ich ketma-ketlikdagi birinchi element bilan o’rin almashadi. Undan keyin ushbu jarayon qolgan elementlarda amalga oshiriladi.
Almashtirish orqali saralash g’oyasi. #n - 1 marta massivda quyidan yuqoriga qarab yurib kalitlar jufti-jufti bilan taqqoslanadi. Agar pastki kalit qiymati yuqoridagi jufti kalitidan kichik bo’lsa, u holda ular o’rni almashtiriladi.