Biznes jarayonlarini integratsiyalashuvi - bu biznes jarayonlarini yaratish va boshqarish uchun yagona infratuzilma asosida tashkilotning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish.
Ushbu integratsiya quyidagilarga imkon beradi:
•biznes jarayonlarini modellashtirish;
•biznes-jarayonlarni amalga oshirish qoidalariga rioya etilishini ta'minlash;
•foydalanuvchiga biznes jarayonlari doirasidagi vazifalarni bajarish uchun yagona interfeysni taqdim etish;
•biznes-jarayonlarning amalga oshirilishi va auditi ustidan nazoratni ta'minlash;
•biznes-jarayonlarga biznes talablariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritish;
•samaradorlikni tahlil qilish va biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun ma'lumotlarni olish.
Ilova ma'lumotlarini integratsiyalashuvi - bu ilovalar o'rtasida ma'lumotlarni uzatish orqali, hech qanday o'zgartirishlarsiz yoki ilovalarning o'zini minimal o'zgartirgan holda, ilovalarning o'zaro ta'sirini tashkil etish.
Bunday holda, ma'lumotlar asl shaklida ham, kerakli o'zgarishlar bilan ham uzatilishi mumkin.