Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON



Yüklə 393,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.06.2023
ölçüsü393,9 Kb.
#129196
1   2   3   4   5
Musoyeva Fazila Oydinovna

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023 
380 
(yaxlitlik) va dezintegratsiya (bo„linish, parchalanish) jarayonlari o„rtasidagi 
ziddiyatlar; – maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ta‟lim jarayonining an‟anaviy 
shakllari, metodlari va innovatsion metodlarini joriy etish o„rtasidagi ziddiyatlarning 
mavjudligi; – maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ma‟naviy-ma‟rifiy, tarbiya 
jarayonining tashkiliy qismi, mazmuni va tarbiya jarayonining metodikasi o„rtasidagi 
nomuvofiqliklar; 
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida integratsiyaning 
qo„llanishini quyidagicha ifodalash maqsadga muvofiqdir: – maktabgacha ta‟lim 
tashkilotlarida integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni 
ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda guruh tarbiyalanuvchilarining yoshi va bilim saviyasini 
hisobga olish; – integratsiyalashgan faoliyatni tashkil etishda maktabgacha yoshdagi 
bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalovchi vosita sifatida qarash; – barcha tarbiyaviy 
tizimlar markaziga bola shaxsini qo„yish; – bolalarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni 
tarbiyalashga insonparvarlik asosida yondashish va ularda umuminsoniy qadriyatlarni 
shakllantirish; – bolaning ijodiy qobiliyatlarini, uning individualligini rivojlantirish; – 
individual va jamoaviy tarbiyani hisobga olish lozim bo„ladi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarda shakllanadigan ma‟naviy-axloqiy sifatlar bevosita ularning yosh va individual 
xususiyatlari bilan chambarchas bog„liqdir. Go„daklik davridan 3-4 yoshgacha bo„lgan 
davrda salomlashish, xayrlashish, minnatdorchilik bildirish, yaxshi va yomon 
to„g„risidagi dastlabki tasavvurlar, mumkin, mumkin emas tushunchalari, ma‟naviy-
axloqiy ko„nikmalari, odatlari, o„zi tug„ilib o„sgan uyi, oila a‟zolariga, atrof-muhitga, 
mehnatga, insonlarga mehr-muhabbat, kabi dastlabki ma‟naviy-axloqiy sifatlar 
shakllantirilsa, 5-7 yoshgacha bo„lgan davrda o„zi tug„ilib o„sgan Vataniga, ota-onasiga, 
do„stlariga mehr-muhabbat shakllantiriladi. Intizom, o„zini tuta bilishlik, kamtarinlik, 
rostgo„ylik, saxiylik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, go„zallikni his qila olish, turli 
salbiy tahdidlarga o„z munosabatini bildira olish, mardlik, shijoat, qat‟iyat, zukkolik
jasorat, go„zallik, oliyjanoblik, mehr-shafqat, oriyat kabi yuksak fazilatlarni jamlab 
olgan ma‟naviy-axloqiy tarbiya tizimi takomillashtiriladi. Maktabgacha ta‟lim 
tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanish sohalariga integratsion 
yondashuv asosida ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni “Til va nutq”; “Qurish 
yasash, konstruksiyalash va matematika”; “San‟at”; “Syujetli rolli o„yinlar va 
drammalashtirish”; “Ilm-fan va tabiat” rivojlanish markazlarida amalga oshiriladi. 
Ta‟lim markazlarida olib boriladigan nutqni rivojlantirish, tasviriy faoliyat, badiiy 
adabiyot, atrofdagi olam bilan tanishish, tabiat bilan tanishish, elementar matematika 
va shu kabi mashg„ulotlar maqsadlariga integratsion yondashish, bola shaxsini 
shakllanishi, ma‟naviy dunyoqarashining rivojlanishi, axloqiy xulq-atvor malakalarini 
hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tasviriy faoliyat jarayonida bola 
atrof-olamni idrok etadi. Rasm chizish, qurish-yasash, applikatsiya, loy ishiga o„rgatish, 
boshqa faoliyat turlari bilan uyg„unlashtirish bolalarning aqliy, ma‟naviy, estetik va 
jismoniy rivojlanishiga olib keladi. Integratsion yondashuv asosida maktabgacha 



Yüklə 393,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin