SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
378
INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI
MA’NAVIYAXLOQIY TARBIYALASH OMILLARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7834188
Musoyeva Fazila Oydinovna
Buxoro viloyati Romitan tumani 18-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga
integratsion yondashishning mazmuni, vazifalari va omillari xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar. Ma’naviy-axloqiy tarbiya, maktabgacha ta’lim, milliy qadriyatlar, ta’lim-
tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalar.
KIRISH
Mustaqillikka erishganimizdan keyin hukumat tomonidan barcha e‟tibor
milliy
qadriyatlar va madaniyatni qayta tiklashga, ta‟lim-tarbiya tizimini isloh qilishga, milliy
tarbiyani to„g„ri yo„lga qo„yishga qaratildi.
Tarbiya milliy qadriyatlarimiz,
madaniyatimiz va xalq an‟analari ta‟siri ostida samarali bo„ladi, ma‟naviy-axloqiy
barkamollikka erishiladi. Dunyoda maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‟naviy-axloqiy
sifatlarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish
va bu borada tarbiyaga
kompleks yondashuv asosida tarbiyalanuvchilarda ma‟naviy-axloqiy
kompetensiyani
tarkib toptirishning innovatsion-pedagogik modellarini ishlab chiqishga doir qator ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.
Ayniqsa, maqbul diagnostik vositalarni modifikatsiyalash
orqali bolalarning
ma‟naviy-axloqiy tarbiyalanganligini tashxis etishning
pedagogik imkoniyatlarini
kengaytirish, bolalarni dastlabki odob-axloq qoidalariga o„rgatish,
ularga amal qilish
ko„nikmalarini shakllantirishda integrallashgan mashg„ulotlardan
foydalanish
metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga,
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy intellektini rivojlantirishda ma‟naviy va
umuminsoniy
qadriyatlar
uyg„unligini
ta‟minlashning
ijtimoiy-pedagogik
imkoniyatlarini takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etadi.