Intellekt va kreativlik nazariyalari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#98233
  1   2
Kreativlik ijodiy qobilyat va induval xusuyatlari o’rtasidagi bog’liqlik


Termiz iqtisodiyot va servis universitetining
Xorjiy til va adbiyot 122-guruh 1-bosqich talabasi Bo’ronova Zarnigorning psixologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

Kreativlik ijodiy qobilyat va induval xusuyatlari o’rtasidagi bog’liqlik

Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir .

Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.

 Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin