Intellekt va kreativlik nazariyasi



Yüklə 0,72 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#168072
интеллект


Osiyo xalqaro universiteti

INTELLEKT VA KREATIVLIK NAZARIYASI


Reja:
1. Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
2. Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi
3. Sun`iy intellekt tushunchasi
Dars Shiori:
Ilmdan bir shu`la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim, ilm bepoyon
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi.
Manbalar:
1.Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-282-303. 2.Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.124-137. 3.David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-327-369.
4.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 y
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin