NIZOMIY TDPU
FIZIKA VA MATEMATIKA FAKULTETI
MI 103-GURUX TALABASI
ABDURAXMANOVA DIYORANING
Psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
◦
Intellektni o'lchashda zamonaviy
testlar
tarixi
◦
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida
bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni,
qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini
ifodalaydi.
◦
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan
ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan,
xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining
miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini
ajratish qobiliyat bilan
mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-
qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60
-yillariga
kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratis
h
mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni
mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi),
innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki
ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini
-
o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va
“Ideal – Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni
masalalar yechish jarayoni
deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik – divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham
mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil
ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish)
◦
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning
akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning
fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa,
demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga
moslashishning asosiy omili shaxsdagi
umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib,
qobiliyatlar bir-
biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha
qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli
odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin
lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.