Intellektual investitsiyalarning iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati Reja



Yüklə 11,72 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü11,72 Kb.
#197762
Intellektual investitsiyalarning iqtisodiyotini rivojlantirishda-fayllar.org


Intellektual investitsiyalarning iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati Reja

Intellektual investitsiyalarning iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati
Reja
1) Intellektual investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati.
2) Intellektual investitsiyalarning O`zbekiston iqtisodiyotida tutgan o`rni.
Intellektual investitsiya kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish, ta'lim va boshqa ko'rinishdagi intellektual salohiyatlarga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklardir. Ishlab chiqarishning fan va texnikani ta'siri kuchayib borishi bilan intellektual investitsiyalarning ahamiyati yanada oshib boradi. Biz intellektual investitsiyani alohida turga ajratish kerak, degan iqtisodchilar fikriga qo'shilamiz. Chunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti juda tez rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual potensial ishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda. Asosiy fondlar va aylanma mablag'larga investorlar qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi. Hozirgi davrda Respublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga oshirishning zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog'ozlar, muddatli depozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga aytiladi. Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish va Biz intellektual investitsiyani alohida turga ajratish kerak, degan iqtisodchilar fikriga qo'shilamiz. Chunki, ilmiy-texnika taraqqiyoti juda tez rivojlanayotgan hozirgi davrda intellektual potensial ishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash, ilmiy tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy jivojlanishini investitsiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keying yuksalishi investitsiyalarni jalb etish holatiga bog’liq.


«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir. Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir” Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan.
1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:


1) Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
2) Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Investitsiyalar - bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo'lgan aylanma kapitalning o'zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin.
Investitsiya jarayoni - bo’sh sarmoyaga ega bo’lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarning uchrashish jarayoni. Ikkala tomon, odatda, moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan, mulkiy qiymatlar (masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar.
Investitsiya ob’yekti deyilganda, mablag’larni, yaniy qonun doirasidagi barcha boyliklar safarbar qilinayotgan ob’yektlar tushiniladi, ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat yuritayotgan korxonalar, qimmatli qog’ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo’lishi mumkin. Investitsiya subyektlari - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir.
Odatda, har qanday investitsion faoliyat muayyan maqsadga yo’naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi.
Investitsiya loyihasi tushunchasini uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohatlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqilligimizning qisqa davrida investitsion faollikni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni
safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishlarga aylandi.
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini
amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi:
1) Ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi;
2) sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi;
3) respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi;
4) O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi;
5) aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini
kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish
zarurligi va boshqalar.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarini amalga


oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi
va bu iqtisodiyotda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo’lib
xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida Yurtimizga zamonaviy
texnoligiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va modernizatsiyalash
jarayonlarini olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvuz etib bo’lmaydi.
Investitsiya loyihalarini jalb qilish nafaqat davlat iqtisodiyotini yuksaltiradi, balki
aholi turmish darajasini yaxshilashda ham katta samara beradi. Yani maishiy
muhtojliklarning katta bo’limi qanoatlantiriladi, ishlab chiqarish kengayadi, yangi
mehnat kuchlari shakillanadi, eski va og’ir mehnat turmishidan yangi, yengil va
samarali mehnat faoliyatiga o’tiladi. Davlatning kelajakdagi iqtisodiy yuksalish
darajasini bugingi jalb qilingan investitsiya loyihalari va investitsion jarayonlar
belgilab beradi.
http://fayllar.org
Yüklə 11,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin