Intellektual mulk huquqi



Yüklə 64,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü64,78 Kb.
#205928
1   2   3   4   5
Allayorova Muattar Choriyorovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1567 
- elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; 
- seleksiya yutuqlari; 
- oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau). 
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlari, ishlar va xizmatlarning xususiy 
unsurlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan bo‘lgan huquqlarga ham mutlaq huquqlar 
haqidagi qoidalar qo‘llaniladi. Ma’lumki, fuqarolik muomalasida turli-tuman subyektlar 
ishtirok etadi, ayni vaqtda, muomalada xilma-xil mahsulot va xizmatlar harakatda bo‘ladi. 
Mana shunday sharoitda subyektlar, ular ishlab chiqargan tovarlar va ko‘rsatadigan 
xizmatlar alohida farqlash belgilariga ega bo‘lishi shart, aks holda, turli anglashilmovchilik, 
qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Ana shunday farqlash belgilari fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining o‘zlarini, uning ishlab chiqargan tovarlari, bajaradigan ishlari va 
ko‘rsatadigan xizmatlarining xususiy alomatlarini (individual belgilarini) aks ettiruvchi 
vositalar hisoblanadi. Bunday alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud: 
- firma nomlari; 
- tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); 
- tovar chiqarilgan joy nomi. 
Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik jarayon 
hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon natijasida intellektual 
faoliyatning yangi mahsullari vujudga kelmoqda. Masalan, topogral va integral 
mikrosxemalar. Garchi ular mavjud qonunlarda nazarda tutilmagan bo‘lsa ham ularga 
nisbatan O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksining 1031-moddasi uchinchi qismida 
belgilangan qoidalar mazmunidan kelib chiqib, intellektual mulk haqidagi qoidalar 
qo‘llaniladi. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, 
ko‘rsatadigan xizmatlarining yangi farqlash belgilari vujudga kelishi mumkin va bunday 
holda ham ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksining IV bo‘limiga 
tegishli qoidalar qo‘llaniladi. 
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda bu obyektlarga 
nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy jihatdan qo‘riqlashini vujudga 
keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy 
muhofaza ostiga olinmaydi, balki bu obyektga nisbatan sub’ektiv huquqlarga ega bo‘lgan 
shaxslar muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari, litsenziya 
asosida foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanuvchining huquqlari va shu kabilar 
huquqlari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi. 
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish: 
- ularning yaratilganlik fakti asosida; 
- O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksida yoki boshqa qonunlarda nazarda 
tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati 
berilishi asosida vujudga keladi. 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 64,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin