Ma’lumotlar va bilimlar.
MA’LUMOTLAR VA BILIMLAR BAZASI, ULARNI BOSHQARISH TIZIMLARI
Ma’lumotlar ombori, ularning turlari Ma’lumotlaming axborot modellari, axborotni strukturalash va tasvirlash muammosi, ma’lumotlaming tarmoqli, relyasion va ierarxik modellari, ma’lumotlar bazasi va uni loyihalash
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari Ma’lumotlar bazasi elementlari orasidagi boglanishlar va ulami tashkil etish, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, Microsoft Access haqida umumiy ma’lumot, Microsoft Access ning asosiy ob’ektlari.
Bilimlarning kategoriyalari.
Masalavi tafsiflash. Bilimlar muxandisi kar bir kategoriya ga mos keluvchi tipik masalalar tafsifini oladi. Bu eT tomonidan ma’lum bir masalani xal etishda kullaniladigan masalar prototipini shakillantirishga yordam beradi. Ushbu yondashuv asosan tashxizlash masalalarida kul keladi.
Bilimlarning xususiyatlari
Ma’lumotlar bazasidan bilimlar bazasiga o’tish.
Bilimlarni tushunish darajalarini klassifikasiyalash.
Sun’iy intellektda bilimlarni tasvirlash modellari.
Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Kompyuter da aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp’yuter tushunadigan tilda dastur tuziladi. Bu sohada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni Kompyuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dasturlashtirishga o'tishdir.
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish usullarini EHM yordamida o'rganuvchi fanning hayotda qo'llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar — odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi.
SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil qilish, robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish.
Dostları ilə paylaş: |