33
Mantiqiy modellardan farqlangan holda
evristik modellar u yoki bu
muammoli soxaga spetsifik xususiyat beradigan turli xil vositalar to‘plamiga ega.
Evristik modellar mantiqiy modellar va imkoniyatlar yoki qobiliyatlarni xolis
namoyon
etishdan kelib chiqadi, ya’ni, muammoli soxa va samarali
foydalanilayotgan chiqarish mexanizmini ko‘rsatishdan.
Evristik modellar
quyidagicha bo‘ladi:
1.
tarmoqli
2.
freymli
3.
ishlab chiqiladigan
Bilimlarni namoyish etishing birinchi turini ko‘rib chiqamiz
4.2. Tarmoqli semantik modellar
Semantik tarmoq bu bilimlarni tasavvur qilishning bir usulidir. Avval
semantik tarmok psixologiyada uzoq muddatli xotirani
tasavvur qilish modeli
sifatida o‘ylab topilgan bo‘lsa, keyinchalik bu ekspert tizimida bilimlarni tasavvur
qilish usullaridan biriga aylandi. Semantika- simvollar va shu simvollardagi
ob'yektlar o‘rtasidagi umumiy alokadorlikni anglatadi.
Ushbu
modellar asosida tarmoqlar, cho‘qqilar, yoylar tushunchalari yotadi.
Tarmoqlar sodda va iyerarxik bo‘ladi, cho‘qqilar esa mohiyat, ob'yektlar, hodisalar,
jarayonlar yoki mavjudlik tushunchalaridir. Ushbu mohiyatlar orasidagi
munosabatlar yoylar orqali tasvirlanadi. Tushuncha
sifatida odatda abstrakt va
konkret ob'yektlar turadi, munosabatlar esa bu,
qismiga ega, tegishli,
sevadi kabi
aloqalardir.
Sodda tarmoqlar ichki strukturaga ega bo‘lmaydi, iyerarxik tarmoqlarda esa
ayrim cho‘qqilar ichki strukturaga ega bo‘ladi.
Semantik tarmoqlarning xarakterli xususiyati bo‘lib uch tur munosabatning
mavjudligi hisoblanadi:
1.
Sinfning sinf-elementi
2.
Xossa-mazmun
3.
Sinf element andozasi
Iyerarxik semantik tarmoqlarda tarmoqlarni tarmoqosti(bo‘shliq)larga
bo‘linishi nazarda tutiladi va munosabatlar faqat cho‘qqilar
orasida emas, balki
bo‘shliqlar orasida ham o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: