Intellektual tizimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/104
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195427
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
 
V. 
BILIMLARNI TAQDIM ETISh MODELLARI (FREYMLI MODEL) 
5.1. Freymli modellar 
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o‘ziga bog‘lovchi namoyishlarni ishlab 
chiqishga intilish, fremli namoyishlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Freym 
(angl. 
Frame - karkas yoki rom
) - bu ayrim standart holat yoki abstrakt 
ko‘rinishlarni namoyish etishga asoslangan bilimlar strukturasidir. 
Har bir freym bilan quyidagi ma’lumotlar bog‘langan:
1. 
Freymdan qanday foydalanish haqida; 
2. 
Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi 
3. 
Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak. 
Freymlarning yuqori bosqichlari fiksirlangan bo‘ladi va o‘zi bilan xuddi shu 
freym bilan tasvirlanish mohiyatini yoki haqiqiy xolatlarni namoyon qiladi. Quyi 
bosqichlar freymni chaqirganda ma’lumotlar bilan to‘ldiriladigan slotlar bilan 
namoyish qilinadi. Slotlar - ayrim atributlarning to‘ldirilmagan mazmunlaridir.
Shuningdek, ko‘rinishni yoki holatni namoyish qilishga yo‘naltirilgan 
modellar ham 
freym
deb ataladi.
Freym strukturasini quyidagi tasavvur qilish mumkin: 
FREYM NOMI: 


43 
( 1-chi slot nomi: 1-chi slot mazmuni), 
(2-chi slot nomi: 2-chi slot mazmuni), 
………………………………………… 
(N-chi slot nomi: N-chi slot mazmuni), 
Odatda freym tizimlari kiritilgan freymni ma’lum bir holatga mos keltirib 
bo‘lmaydigan xollar foydalaniladigan axborot qidiruv tarmog‘i ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi, ya’ni slotlarga ushbu slot bilan bog‘liq bo‘lgan shartlarni qoniqtira 
oladigan lar biriktirilmasa. 
Bunday xollarda tarmoq boshqa freymni qidirish va taklif etish uchun xizmat 
qiladi. 
Fremlar ma’lumotlar omborida saqlanadigan freym-namunalar yoki 
prototiplar va kelib tushayotgan ma’lumotlar asosida haqiqiy holatlarni ko‘rsatish 
uchun yaratiladigan freym-ko‘chirmalarga bo‘linadi.
Freym modeli yetarlicha universal hisoblanadi, chunki u dunyo haqidagi turli 
xildagi bilimlarning hammasini quyidagilar orqali ko‘rsatib berish imkonini beradi: 
1. 
Ob'yektlar va tushunchalarni anglatib beruvchi freym-strukturalar (kiritma, 
garov, veksel); 
2. 
freym-rollar (menedjer, kassir, mijoz); 
3. 
freym-stsenariylar (inqiroz, yig‘ilish, aktsionerlar) 
4. 
freym-holatlar (avariya, qurilmaning ish rejimi) va boshqalar. 
Freymlar nazariyasining muhim xossa semantik tarmoqlar nazariyasidan 
o‘zlashtirishi hisoblanadi. Va freymlarda hamda semantik tarmoqlarda ketma-ketlik 
AKO-aloqalarga (A-Kind-of=bu) bog‘liq amalga oshadi. AKO sloti freymga aniq 
tartiblashmagan iyerarxiyaning yuqori bosqichini ko‘rsatadi, ya’ni analogli 
slotlarning mazmunlari o‘tkaziladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin