Intellektual tizimlar


Asosiy terminlar va tushunchalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/104
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
1.1. Asosiy terminlar va tushunchalar. 
“Intellekt” (intelligence) termini lotinchadan (intellectus) so‘zidan kelib 
chiqib - aql, idrok, fikr, mulohaza ya’ni insonning fikrlash qobiliyati ma’nosini 
anglatadi. 
Intellekt - inson miyasining intelektual masalalarni yechish qobiliyatiga 
aytiladi. Ushbu jarayon asosan tajriba asosida ma’lumotlarni qabul qilib, eslab 
qolish va maqsadli bilimlarni o‘zgartirish, hamda har xil sharoitlarda 
moslashtirishga asoslangan bo‘ladi. 
Yuqoridagi ta’rifda keltirilgan “bilim” so‘zi insonning faqat sezish organlari 
orqali olinadigan ma’lumotlar emas, balki bizni qamrab olgan tabiyatdagi barcha 
ob'yektlar bir - biri bilan bog‘liqligi hisoblanadi. 
Har bir inson turgan joyining atrofidagi barcha ko‘zga ko‘ringan va 
eshitayotgan ma’lumotlarni miyasida saqlaydi. Shuning uchun bilim - bu amaliyotda 
tekshirilgan va mantiqiy aniqlangan haqiqat fikr natijasi hisoblanadi. Asosan, bilim 



insondagi tushuncha, fikrlash va nazariya hisoblanadi, hamda hayot jarayonida 
o‘rganish natijasida rivojlanib boradi. 
Sun’iy intellekt (artificial intelligence) esa - bu avtomatik tizimlarning o‘ziga 
inson intellektining alohida funktsiyalarini bajaraolish qobiliyatiga aytiladi.
Masalan, oldin olingan tajriba asosida tanlab va tashqi ta’sirlarni tahlil etib optimal 
savolga javob qabul qilish hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilganlarni amalga oshirish uchun va intellektual masala oddiy 
masalalardan farqini bilish uchun albatta “algoritm” terminidan foydalaniladi. 
Algoritm
- bu har qanday masalani yechish uchun aniq ketma - ketlik yo‘lini 
aniqlab va ko‘rsatib beruvchi qoida hisoblanadi. 
Intellektual masalalar
- bu shunday algoritm yaratish yoki topish kerakki, u 
aniq fikrlash, mantiqiy isbotlangan va juda yuqori darajali aniqlik bilan yechimini 
topish kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin