30
7.
Topilgan umumiy yakuniy xulosa chiqarish
qoidani U XOLDA qismiga
dastlabki (An) xolat qiymati o‘tkaziladi.
Yakuniy xulosa chiqarish qoidani ko‘rinishi: AGAR An-1 i An-2 i … i A1 , U
XOLDA An .
Misol:
“Avtomobil joydan qo‘zg‘almayapti”. Uning sabablarini aniqlash
kerak. Bu uchun quyidagi qoidalardan foydalanamiz:
1-qoida: AGAR akkumulyator o‘tirib qolgan bo‘lsa(A1),
U XOLDA starterga tok
berilmaydi (A2) .
2-qoida: AGAR starterga tok berilmasa (A2) , U XOLDA motor yurgizib
yuborilmaydi (A3).
3-qoida: AGAR motor yurgizib yuborilmasa (A3),
U XOLDA avtomobil joydan
qo‘zg‘almaydi (A4).
Ko‘rilayotgan dastlabki (A4) xolat 3-qoidani xulosa qismida mavjud.
Shuning uchun fikrlashni shu qoidadan boshlab, shart qismdagi A3 xolat A4 oqibati
sababi sifatida chiqariladi. Keyin xulosa qismda A3 qiymati mavjud bo‘lgan qoida
qidiriladi va natijada 2-qoida topiladi. Bu qoidani shart qismidagi A2 qiymat A3
oqibati sababi sifatida chiqariladi. Bundan keyin xulosa qismda A2 qiymati mavjud
bo‘lgan 1-qoida topiladi. Uning shart qismidagi A1 qiymat A2 oqibati sababi
sifatida chiqariladi. Keyingi qidiruvlar BBda A1 (hamda A2, A3 va A4) qiymatlarni
argument sifatida o‘z ichiga olgan qoidalar yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun bu
yerda TskFZ prtseduralari yakunlanadi va ko‘rilayotgan paydo bo‘lgan
xolatni
dastlabki sababi - ”Aakkumulyator o‘tirib qolganligi” bo‘ladi.
Yakuniy qoidani ko‘rinishi:
AGAR motor yurgizib yuborilmasa (A3)
BA starterga tok berilmasa (A2)
BA akkumulyator o‘tirib qolgan bo‘lsa(A1),
U XOLDA avtomobil joydan qo‘zg‘almaydi (A4).
Bu yerda A3 sharti A1 va A2 shartlarini oqibati sifatida ko‘riladi. Ya’ni A3
oraliq xulosa sifatida yakuniy A4 xulosani chiqarishga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: