53
o‘rganilayotgan bilimlarning tahlil qilish ketma-ketligiga oz miqdorda bog‘liq
bo‘lgan holatlarda qulay hisoblanadi.
Aks holda esa dasturni namunalar bilan boshqariladigan
erkin modellar
majmui sifatida ko‘rib chiqqan ma’qul. Bunday dastur tahlilning xar bir qadamida
qaysi modul ushbu xolatni taxliliga mos kelishini aniqlab boradi.
Ushbu xolatni
taxlil qilishga namunalarni boshqarish moduli mos keladi.
Namunalarni boshqarish moduli bitta
yoki bir nechta strukturani
modifikatsiya qilish va izlanish mexanizmidan tashkil topadi. Xar bir bunday modul
ma’lum bir ishlab chiqiladigan qoidani tashkil qiladi. Bunda boshqaruv vazifasini
interpretator amalga oshiradi. Bilimlarni namoyish
etish nuqtai nazaridan
qaraganda, namunalarni boshqarish moduliga yondashish
quyidagi xususiyatlar
bilan xarakterlanadi:
1.
doimiy bilimlarning ma’lumotlar omborida saqlanuvchi va ishchi xotiradagi
vaqtinchalik bilimlarga bo‘linishi
2.
modullarning strukturaviy erkinligi
3.
muammoli soha haqidagi bilimlarni tashuvchi
modullardan boshqaruv
sxemasining ajratilishi.
Bu boshqaruvning turli xil sxemalarini tashkil etish va ko‘rib chiqish imkonini
beradi, shuningdek, bilimlarni va tizimlarni modifikatsiya qilishni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: