28
2.
Dastlabki (A1)
xolatni aniqlash, BBda unga oid shart qismida A1 qiymati
mavjud bo‘lgan 1-qoidani topish va yangi A2 chiqarish.
3.
Xar bir navbatdagi (Ai) xolat uchun shart qismida Ai qiymati mavjud bo‘lgan
(Ai
Ai+1) qoidani BBda topish.
4.
Olinadigan joriy (Ai+1) xulosalarni (qoidalar U XOLDA qismi qiymatlarini)
tahlil qilish va qayta ishlash hamda mavjud xolat to‘plamiga yangi
xolat sifatida
(qoidalar AGAR qismi qiymatlariga) qo‘shish. Ya’ni {A1,A2,…, Ai, Ai+1}
to‘plamini shakllantirish.
5.
Algoritmni 2-bosqichiga o‘tish.
6.
Olingan xolatlar to‘plami uchun xech bo‘lmasa shart qismida tegishli xolatni
majud bo‘lgan bitta qoida topilguncha mazkur fikrlashni davom etish.
7.
BMdagi barcha qoidalarni va ulardagi xolatlarni qayta ishlash va tahlil qilish
jaryonni tugatish.
Olingan yakuniy qoidaning ko‘rinishi: AGAR A1 va A2 va ... va An-1, U
XOLDA An .
Misol.
Paydo bo‘lgan dastlabki xolat: “Harakat paytda avtomobil motori
ortiqcha qizib ketayapti (xolat A1)”.
Bu xolat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Ular, masalan,
quyidagi
turdagi xolatlar bo‘lishi mumkin: A2 - motor uchib qoladi; A3 - motorni tamirlash;
A4 - pul xarajati. Oqibatlarni aniqlash uchun BBda mavjud bo‘lgan, oldindan
qurilgan va mazkur xolatlarni o‘z ichiga olgan uchta
qoidani ketma-ket ravishda
qullash mumkin:
1-qoida: AGAR motor ortiqcha qizib ketgan bo‘lsa (A1) , U XOLDA u o‘chib
ketadi (A2) .
2-qoida: AGAR motor o‘chib ketsa (A2), U XOLDA uni tamirlashga topshirish
kerak bo‘ladi (A3).
3-qoida: AGAR motor tamirlansa(A3), U XOLDA bu pul xarajatlariga olib keladi
(A4) .
TFZ mexanizmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlabki A1
xolat
qiymati bo‘icha unga oid bo‘lgan 1-qoida topiladi. Uning bajarilishi navbatdagi A2
xolatni chiqishiga olib keladi. Bundan keyin shart qismda A2 xolati mavjud bo‘lgan
2-qoida topiladi va A3 qiymatli xolat chiqariladi. Bu xolatga oid bo‘lgan 3-qoida
topiladi va A4 qiymatli xolat chiqariladi. Bu xolat qiymatiga oid bo‘lgan qoida BBda
mavjud emas. Shuning uchun fikrlash zanjiri tuxtatiladi. Olingan yakuniy qoidaning
29
ko‘rinishi:AGAR A1 va A2 va A3 , U XOLDA A4 . Oxirgi xulosa: “Motorni
tamirlashi uchun pul xarajati”.
Dostları ilə paylaş: