International multidisciplinary


Tadqiqot natijalari tahlili



Yüklə 133,84 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü133,84 Kb.
#211015
1   2   3   4   5   6   7   8
24-45

Tadqiqot natijalari tahlili
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun faqatgina yuqoridagi qonun va qarorlar emas balki umumiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ham amal qiladi. Biroq normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda aholi boshqa qatlamlariga qaraganda yoshlarning bunday faoliyat bilan shug‘ullanishining o‘ziga xos alohida xususiyatlari mavjudki, bu xususiyatlarni hisobga olmasdan qonun hujjatlarini ishlab chiqish ularning ijrosi va samaradorlik ko‘rsatkichlari pastligicha qolaverishiga sabab bo‘ladi. Yoshlarning tadbirkorlik huquqini ta’minlashda qonunchilik hujjatlarida e’tibor qaratilgan alohida xususiyatlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:
birinchidan, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olinganligi, ya’ni endigina kollej yoki oliygohni tamomlagan yoshlarda innovatsion va startap g‘oyalar mavjud bo‘lsada, ularni amalga oshirish uchun yetarlicha kapitalning yo‘qligi ular uchun eng katta muammo. Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish, erkin iqtisodiy va kichik zonalardagi ob’ektlarni yoshlarga “nol” stavkada ijaraga berish, kichik biznes va tadbirkorlik turlari uchun imtiyozli subsidiyalar ajratish, dastlabki besh yillikda ularni barcha soliqlardan ozod qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga ijara xarajatlarining davlat tomonidan kompensatsiya qilinishi kabi moliyaviy imtiyozlar yoshlar tadbirkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda asosiy o‘rinni egallagan.
ikkinchidan, ularning yosh xususiyatlari va ijtimoiy holatining hisobga olinganligi, yoshlar orasida kam ta’minlangan oila farzandlari, boquvchisini yo‘qotgan, qarindoshlari qaramog‘ida yashayotgan chin etim, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-onalari ajrashgan va ulardan birining qo‘lida tarbiyalanayotgan, oilada yagona boquvchi bo‘lgan yoshlar ham mavjud. Bu turdagi yoshlar uchun alohida tuman, shahar va viloyat boschiqlarida “YOshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar” kabi jamg‘armalar tashkil etilgan bo‘lib, jamg‘armadagi mablag‘lar ayni shu turga mansub yoshlarning bandligini ta’minlash, iqtisodiy tashabbuslari va intilishlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi. Bu turdagi yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun ajratiladigan mablag‘lar kompensatsiya sifatida ajratilishi hamda ularning tadbirkorlik faolyaitidagi ijara uchun to‘lovlari to‘liq qoplab berilishi, kredit to‘lovlari imtiyozli davr bilan eng kam stavkalarda qaytarilishi belgilangan.
uchinchidan, tajriba darajasining hisobga olinganligi, o‘zining innovatsion g‘oyasi va biznes rejasiga ega bo‘lgan biroq hali iqtisodiy sektorda faoliyat olib bormagan, bu sohada yetarli tajribaga ega bo‘lmagan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qiyinchiliklarga duch kelmasliklari maqsadida ularga bu faoliyatni qanday boshlash yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatish uchun quyidagicha tartib qoidalar belgilangan. Yoshlarni Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Tadbirkorlik asoslari” o‘quv kurslariga jalb qilish, joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar, seminar-treninglar o‘tkazish, qayta tayyorlov kurslariga jalb qilish, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus professional o‘quv kurslarida o‘qitish hamda mazkur kurslarni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalarining, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilarini, amaliyotchi-mutaxassislarni, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlarni va chet ellik mutaxassislarni jalb etish kabi elementlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Yüklə 133,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin