International scientific journal 323 noverbal kommunikatsiya – paralingvistikaning o’rganilish tarmog’i sifatida temirova Feruzabonu Temir qizi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#158020
1   2   3   4   5   6   7   8
noverbal-kommunikatsiya-paralingvistikaning-o-rganilish-tarmog-i-sifatida

2022 
№4
327 
muvofiqlik xam og’zaki, xam nutqsiz kommunnikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli 
xisoblangan pedagog uchun juda muximdir. Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya 
jarayonida muxim rol o’ynaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar, 
mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Noverbal belgilar nutqni to’ldiradi, ba’zida 
uning o’rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional xolatini aks ettiradi. 
Shuning uchun muloqot davomida noverbal signallarni kuzatish va ularning mazmunini 
tushunish juda muximdir. Noverbal muloqatda quyidagi belgilar tizimlaridan keng foydalaniladi: 
1.Kinetik belgilar tizimi – imo-ishoralar, mimika va pantomimikdan iborat. Masalan, rost
so’zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko’rsatishdan qo’rqmaydi. Yolg’onchi esa kaftlarini
berkitishga xarakat qiladi. Suxbatdoshdan o’zini yuqori tutish belgilaridan biri – butun kaft
cho’ntakda bo’lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo’yilganidir. Shubxalanuvchanlikni
odatda og’izni qo’l bilan ximoyalash, burunga tegib qo’yish, qovoqlarni silab qo’yish, quloq
ortini yoki bo’yinni qashlab qo’yish bildirib qo’yadi. Daxanni silab qo’yish qaror qabul qilishga
qiynalishni ko’rsatadi. Asabiylik xolati kishining biror narsaga – bilak uzugi, soati va shu
kabilarga xech qanday maqsadsiz qayta-qayta tegib turishi ostiga yashirinadi. Stulning ustiga
“minib” oyoqlarni keng yozib o’tirishdan odamdagi dominantlikka (ustunlikka) moyillikni sezish
mumkin. Oldinga chiqarilgan oyoq, ayniqsa, uning uchi bilan yer depsinayotgan bo’lsa,
dominantlik yaqqol namoyon bo’ladi. Bosh orqasiga chalishtirilgan qo’llar, ayollarda belga
tiralgan mushtlar xam dominantlikka intilish munosabatidan darak beradi. Kiyimdagi yo’q
changlarni qoquvchilar bunday xarakati bilan suxbatdosh fikriga e’tiborsizligini yoki
qo’shilmasligini ko’rsatadi. Agar kishi daxanini kafti bilan tirab o’tirgan bo’lsa, diqqat bilan
tinglayotgani va o’ylanib qolganidan darak beradi.
2. Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvidan
iborat. Muloqot davomida kishilar o’rtasidagi munosabat 4 xil xududdan birida amalga
oshiriladi. Jumladan, intim xudud (oralig’i 15-45sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina
kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muxiti, past ovoz, taktil aloqa. Bu xududga begonalar
kirishi organizmda muayyan fiziologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. (yurak urishi tezlashadi,
adrenalin ajralishi ko’payadi). Shaxsiy xudud (45-120 sm) da tanishlar, xamkasblar muloqoti
amalga oshiriladi. Uning asosiy belgilari: vizual kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal
muloqotning noverbal muloqotdan ustun bo’lish. Ijtimoiy xudud (120-400 sm) da begona
kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning rasmiy xarakterga ega
bo’lishi, suzbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi. Ommaviy xudud (400 sm va undan ortiq) da
kishilarning katta guruxi bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning
yo’qligi, noverbal signallar rolining ortishi.
3. Vizual kontakt ko’zlar orqali amalga oshiriladigan aloqa. Psixologik tajribalardan maьlum
bo’lishicha, suxbatdoshlar bir-birining ko’zlariga tikilishi bilan o’zidagi yoqtirish, sadoqat yoki
tajovuzkor reaktsiyalarga tayyorlikni ifodalaydi. Yoqimsiz mavzudagi suxbat davomida kishilar
ko’zlar to’qnashuvidan o’zlarini saqlaydilar. Ayollar vizual kontaktga ko’proq moyildirlar.
Odamning emotsional xolati ta’sirida ko’z qorachig’i shakli o’zgaradi. Masalan, salbiy
emotsiyalar ta’sirida ko’z qorachiqlari torayadi, ijobiy xolat kuzatilganda esa aksincha
qorachiqlar kengayadi. Mutaxasislar maslaxatiga ko’ra, ijobiy va ishonchli munosabat o’rnatish
uchun suxbatdoshlar vizual aloqa kontakti butun muloqot vaqtining 60-70% egallashi kerak.
Odam samimiy bo’lmasa yoki uyalayotgan bo’lsa vizual aloqa butun muloqot vaqtining 1/3
qismini egallaydi. Agar vizual kontakt butun muloqot vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu xolat


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin