International scientific journal of biruni



Yüklə 368,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.09.2023
ölçüsü368,99 Kb.
#146788
1   2   3   4   5   6   7
munaqqid-oybek-va-o-zbek-adabiy-tanqidchiligi

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
314 
www.birunijournal.uz 
maqolalarida chuqur tafakkur va asosli dalillarga tayanar edi. Uning adabiy-tanqidiy 
qarashlari o‘zbek tanqidchiligi uchun samarali ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, “So‘nggi 
yillarda o‘zbek poeziyasi”, “Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi 
o‘t ochaylik” kabi maqolalari bilan 30-yillar adabiy tanqidi taraqqiyotiga ulkan hissa 
qo‘shdi. Oybekning A.Qodiriy haqidagi monografiyasi zamonaviy adabiyot tarixini 
yaratishdagi ilk qadamlardan bo‘ldi. “Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” (1936) nomli 
kitobida mafkuraviy bosim ostida aytilgan ba’zi fikrlarini hisobga olmaganda, 
A.Qodiriyning romannavislik mahoratiga va o‘zbek adabiyotiga ulkan baho berildi. 
Ushbu tadqiqot ayni “Qutlug‘ qon” va “Navoiy” romanlariga tayyorgarlik ko‘rish 
paytida maydonga keldi. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy ijodining bir talay fazilatlari
adib realizmining o‘ziga xos xususiyatlari katta bilimdonlik, nozik did bilan kashf 
etilgan. Umarali Normatovning ta’kidlashicha Oybek ko‘p o‘rinlarda Qodiriy bilan 
jiddiy bahs olib boradi. “Oybekning tanqidiy mulohazalariga sinchiklab qarasangiz
ulardan kuzatilgan asosiy maqsad Qodiriy romanlarining kamchiliklarini “ochib 
tashlash” emas, ko‘proq adibning o‘z ijodiy prinsplari, konsepsiyalarini belgilashga 
intilishdan iborat ekanligini sezib turasiz; go‘yo yozuvchi Qodiriy romanlariga
realizmiga xos bir qator xususiyatlarni tanqid qilish bilan o‘zining bo‘lg‘uvsi 
romanlariga xos ijodiy prinsplarni bayon etadi…”
5
Chindan ham Oybekning 
“Navoiy” va “Qutlug‘ qon” romanlarida Qodiriyga yaqinlikni sezish mumkin. Oybek 
o‘zining ilmiy tadqiqotlarida tahlil bilan birga, yangi bilim, yangi xulosalarni egallab 
borganki, ular kelgusi ishlarida bir tajriba sifatida xizmat qilgan.

Yüklə 368,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin