INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 313
www.birunijournal.uz
Oybek har qanday san’at asari estetik zavq berishi bilan birga, albatta, ijtimoiy
jihatdan ham foydali bo‘lishi kerak, chunki san’at sinflarning mafkurasi, u sinfiy
munosabatlar tarixi bilan birga takomillashib boradi
-
deydi. Ushbu fikrlar yosh
adibning adabiyot borasida chuqur bilim egasi ekanligini namoyon etadi. Oybek
o‘zbek sovet adabiyotshunosligi tarixida birinchilardan bo‘lib adabiy asarni, adabiy
jarayonni sotsiologik metod bilan tahlil etish prinsplarini ilgari surdi. 1927-yilda
“Qizil O‘zbekiston” gazetasida uning “Cho‘lpon shoirni qanday tekshirish kerak?”
nomli maqolasi bosilib chiqdi. Bu maqola Olim Sharafiddinovning “O‘zbek
shoirlari Cho‘lpon” nomli maqolasi munosabati bilan yozilgandi. Shundan keyin bu
ikki maqola atrofida keskin bahslar boshlandi. Ko‘p o‘tmay “Qizil O‘zbekiston”
gazetasining 1927-yildagi 22,23,27-sonlarida Oybekning ushbu maqolasiga qarshi
Usmonxonning “Munaqqidning “munaqqidi” maqolasi e’lon qilindi. Unga javoban
Oybek o‘zining “Munaqqidning “munaqqidi” maqolasi egasiga” nomli maqolasini
e’lon qildi. Ikki maqolada ham yetarlicha asosli fikrlar bor edi. Akademik B.Nazarov
“Bu sehrli dunyo” kitobida ushbu bahslarni tahlil etgan holda Oybek adabiy-tanqidiy
faoliyatini 30-yillarda emas, 20-yillarda boshlagan degan fikrni keladi
4
. Chunki
bunga qadar Oybekning ilmiy faoliyati 30-yillarga kelib boshlangani haqidagi fikrlar
mavjud edi (G‘.G‘ulom. “Звезда Востокa”. 1955. №8). U Oybekning “Cho‘lpon
shoirni qanday tekshirish kerak” maqolasini tahlilga tortadi. Dastlab maqola bilan
chuqur tanishib chiqqan olim o‘z mulohazalarini quyidagicha bayon etadi:
Oybekning fikriga ko‘ra, xalq Cho‘lponning mafkurasini emas, balki yaratgan badiiy
ijod na’munalarini o‘qiydi. Munaqqid bu fikrda ijobiy bahoga loyiq nuqta borligini
ta’kidlaydi va ayrim kamchiliklarni ham keltirib o‘tadi. Ya’ni badiiy asar g‘oyasini,
mazmunini uning tilidan, shaklidan ayricha qabul qilish mutlaq mumkin emas.
Chunki she’rxon avvalambor asarning g‘oyasidan, mazmunidan ozuq oladi. Ana
shundan so‘ngina o‘z qalbi, shuuriga mos tushgan g‘oya va mazmunni ifodalagan
shaklning, tilning totliligiga e’tibor beradi (o‘sha kitob, 28-bet). Oybekdagi bu
yanglishish sababini uning adabiy qarashlari shakllanayotgan ilk bosqichdagi ba’zi
bir cheklanishlar deya izohlaydi. U Oybekning Cho‘lpon bilan Pushkinni
taqqoslashidagi ayrim xatolarini ham tahlil qiladi. 20-yillar Oybek estetikasiga o‘sha
davr rus tanqidchiligi, xususan, Lunacharskiy maqolalarining kuchli ta’siri seziladi.
Bu chog‘ishtirish asosida Lunacharskiyning Gogol ijodi va dunyoqarashiga oid
fikrlari ta’siri yotsa ajabmas deydi. Shu bilan birga adibning yutug‘ini ham e’tirof
etadi: Oybek “adabiyot ijtimoiy hayotning aks-sadosi va davrning mafkuraviy
ko‘rinishi” ekanligini anglab yetdi. Darhaqiqat, Oybek 30-yillardan keyin yozilgan
4
B.Nazarov. Bu sehrli dunyo. T.,1980. 24-bet.