ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
1870
AYOLLAR VA BOLALAR SALOMATLIGINI SAQLASH
Ismailova Feruza
Sog’liqni saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash
https://doi.org/10.5281/zenodo.8372337
Annotatsiya.
Maqolada onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash,
sog’lom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy
tadbirlar tizimi bayon etilgan. Bu borada sog’liqni saqlash tizimida onalar va bolalar
salomatligini yanada muhofaza qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar tadqiq etilgan.
Kalit so’zlar:
Reproduktiv salomatlik, inklyuziv ta’lim, “Ona va bola skrining”, “Ayollar
maslahatxona”lari, “Qizlar salomatlik markazlari”, tibbiyot brigadalari, Perinatal markaz.
Insonning
eng katta boyligi bu albatta, uning sog’ligidir. Shu bois, keyingi yillarda
yurtimizda aholining salomatligini yaxshilash va mustahkamlash borasida katta ishlar qilinmoqda.
Ayniqsa, xotin-qizlar sog’ligiga qayg’urish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga
aylandi. Mamlakatimizda bu borada qator vazifalar
va chora-tadbirlar belgilanib, yildan-yilga
ayollarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanmoqda, ajratiladigan mablag’lar ham
sezilarli
oshirilmoqda.
Ayollar salomatligi jamiyat boyligi hisoblanar ekan, demak tug’ilgan kunidan boshlab
qizlarning sog’ligini saqlash va mustahkamlash yo’lida global
va mahalliy miqyosda doimiy
ko’mak va imkoniyatlar berilishi tabiiydir. So’nggi yillarda mamlakatimizda fertil yoshidagi
ayollarning sog’ligini tiklash maqsadida bepul dori va vitaminlar bilan ta’minlanishi yo’lga
qo’yildi. 2021 yilda ushbu vazifalarni bajarish uchun 30 milliard so’m ishlatilganligi, 2022 yil
davomida tug’ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan
ta’minlash uchun 100 milliard so’m ajratilishi ayollar salomatligiga yana bir muhim qadamdir.
Kasallikni davolagandan ko’ra, uning oldini olish ma’qulligi hech kimga sir emas. Shuning
uchun, davlatimiz rahbarining ko’rsatmasiga asosan, 9-12 yoshdagi o’smir qizlarni odam
papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa turdagi vaktsinalari uchun 2022 yilda 200 milliard
so’m ajratilganligi to’g’risida xushxabar xalqimiz tomonidan olqishlandi desak mubolag’a
bo’lmaydi.
Undan tashqari, 3 million nafar xotin-qizlarni onkologik skriningdan o’tkazishni
tashkil etish va bu tadbirlar uchun davlat byudjetidan 40 milliard so’m ajratish belgilandi. Hech
shubhasiz, davlatimizning ayollar o’rtasida kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tizimli va davomli
tadbirlari o’z natijasini beradi.
Onalar va bolalar muhofazasi - onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash,
sogʻlom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy
tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar
mehnatini
muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish,
shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-
profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslangan.
Mamlakat mustaqillikka
erishganidan soʻng onalar va bolalarga qaratilgan keng qamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan
dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan Toshkentda “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata
boshladi. Bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid
muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish
soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib
chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola