“
SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT OF REGIONS: INTERNATIONAL
AND NATIONAL CONCEPTS”
International scientific - practical conference
19-20 May, 2023| Samarkand branch of Tashkent state university of economics.
www.sbtsue.uz
540
Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy
vazifalari - kerakli ma‘lumotlarni qidirish, to‗plash, qayta ishlash, saqlash, yangi
ma‘lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini hal
etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan,
ma‘lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki
samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‗lgan yangi ma‘lumotlarni
olish uchun ularni qayta ishlash orqali ham amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun ob‘ektni batafsil
tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini o‗rganish, shuningdek, axborot
oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. So‗rov materiallarini tahlil qilish asosida
axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va
yangi axborot oqimlari o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rnatadi.
Korxonalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishning asosiy
tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Operatsion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga asoslanadi).
2. Boshlang‗ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish ob‘ektining holati
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni to‗plash va tahlil qilish, uning holatini modellashtirish va
prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini rejalashtirish, ularni amalga oshirish
bo‗yicha qarorlarni qabul qilish uchun bevosita qo‗llab- quvvatlash, ijrochilarga
ularning yechimlarini taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta‘siri o‗zgarishini hisobga olib nazorat
qilish tamoyili.
4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining o‗zaro
bog‗liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni boshqarish tamoyili.
Xulosa.
ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP strategiyasini,
ya‘ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni integratsiyalash, mehnat resurslarini
boshqarish, moliyaviy menejment va aktivlar boshqaruvining tashkiliy strategiyasini
amalga oshiruvchi maxsus dasturiy paket.
CRM (Customer Relationship Management) tizimlari. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda CRM – bu xodimni mijozlar bilan
munosabatlarini boshqarish vositasi bo‗lib, tashkilotlarga ularning o‗zaro aloqasini
qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy,
me‘yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
BI (Business Intelligence) korxonaning analitik faoliyati uchun axborotni qo‗llab-
quvvatlash tizimidir. Ushbu tizim analitik ma‘lumotlar to‗plami va axborotni qayta