“INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE” BELARUS, International scientific-online conference www.interonconf.com
99 PAGE
Inflyatsiyani targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish
Yuqorida keltirilgan rasmdan aniqlashimiz mumkinki, Inflyatsiyani
targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish O‘zbekiston prezidentning 2019-yil
18-noyabrdagi farmonida tasdiqlangan bo’lib, Farmonga muvofiq, Markaziy
bank 2019-yildan 2022-yilgacha7,5 foizgacha va 2023-yilga kelib 5 foizgacha
pasayishini ta’minlaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasiga ko‘ra, O‘zbekiston
Markaziy banki inflyatsion targetlash tizimiga tasdiqlangan muddatda to‘liq
o‘tishiga ijobiy baho berilgan.
Hozirgi kunda inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini olib borishning
eng ommabop usullaridan biri bo'lib, ushbu usul jahondagi 40 dan ortiq
mamlakatlarda qo'llanilmoqda.Inflyatsiyaning maqsadli ko'rsatkichi (targeti)ga
erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu
rejimga o'tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida
foydalaniladi.O'z
navbatida,
ushbu
rejimning
qo'llanilishi
narxlar
barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va
barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.
Shu bilan birga, Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad
(target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash,
iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini
keng yoritish orqali erishadi.
Markaziy bank inflyatsiyaning erishilishi zarur eng mos maqsad
(target)ini (masalan, inflyatsiyaning 5 foizli darajasiga erishish) o'rnatib, ushbu
targetni pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda saqlashi
lozim.